Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Pulemyot seksiyasining hujumdagi jangovar tartibi (variant)



Download 15,2 Mb.
bet22/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Pulemyot seksiyasining hujumdagi jangovar tartibi (variant).

Tank guruhi, piyodalar jangovar mashinalaridagi motoo‘qchi guruh to‘liq tartibda yoki ayrim mashinalar tarzida dushmanning kuzatilayotgan o‘t ochish vositalarini hujumga o‘t ochish tayyorgarligi davomida to‘g‘ri nishonga olib, o‘qqa tutish bilan yo‘q qilish uchun ajratilishi mumkin.



3.1.Guruhning hujumdagi o‘rni va roli.

Hujumda guruh-ning o‘rnini katta komandir belgilaydi. Lekin bu faqat sub’ektiv faktorlarga bog‘liq, degani emas. Guruhning hujumdagi o‘rnini belgilashga uning to‘liqliligi, shaxsiy tarkibni bilim mahorati, komandirining jangovar tayyorgarliga va tajribasi hamda boshqalar alohida ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, motoo‘qchi (tankchi) guruh hujumda o‘z vazifalarini vzvod tarkibida bajaradi, ammo ba’zida, turuh batalon rezervini tashkil qilganda, jangovar razvedka dozorida, shturmchi guruhda mustaqil harakat kdlishi ham mumkin. Bundan tashqari motoo‘qchi guruh taktik havo desantining zarbdor guruhi tarkibida ham harakat qilishi mumkin.

Motoo‘qchi (tankchi) guruh motoo‘qchilar vzvod tarkibida bo‘lganda batalonning asosiy kuchlari jamlab yo‘naltirilgan birinchi eshelonda hujumga o‘tishi mumkin. Bunday holatda nafaqat vzvod, balki batalonning jangovar topshiriqni bajarishi guruhning muvaffa-qiyatli xarakatiga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi eshelon bo‘linmalarining yutuklarini mustahkam, birinchi eshelon, batalon oddida turgan vazifalarni nihoyasiga etkazishda guruh ikkinchi eshelon bo‘linmalari tarkibidagi bo‘linmachar bilan birgalikda ham hujumga o‘tishi mumkin.

Odatda, motoo‘qchi (tankchi) guruh 200 metrgacha frontda hujumga o‘tadi.

Motoo‘qchi vzvod tarkibidagi o‘t bilan madad guruhining granatomyot seksiyasi (raschyotlari) asosiy kuchlar jaxmlangan yo‘nalishda hujumga o‘tgan motoo‘qchi guruh-ning jangovar tartibidan 300 metrgacha orqada, jangovar tartibda, oraliqlarida eki qanotlarning birida hujumga o‘tadi. Zarurat tug‘ilib qolsa, hujumiga madad berayotgan bo‘linmaning jangovar tartibiga bevosita qushilib harakat qilishi mumkin. Pulemyotchilar seksiyasi, (raschyotlari) odatda, vzvodning asosiy kuchlariga jamlangan yo‘nalishda, motoo‘qchi turuhning jangovar tarkibida, orasida yoki vzvod qanotida hujumga o‘tadi.

Guruh batalon rezervi tarkibida harakat qilganda turli xil to‘satdan yuzaga kelgan vazifalarni ham bajarishi mumkin. Batalon kuchlari faoliyatini kuchayti-rishda birinchi eshelon bo‘linmalari bilan dushman qarshi hujumini qaytarishda, ko‘p talafot ko‘rgan bo‘linmalarni almashtirishda, dushman qanotlardan yorib kirish xavfi yuzaga kelganda va dushmanning razvedka, Qo‘poruvchi guruxlari bilan jang qilishda guruh jangga kiritiladi. Rezervning birinchi eshelon bo‘linmalaridan uzoqlik masofasi 1,5-2 km bo‘lishi mumkin. Bunda batalon komandiri bilan guruh o‘rtasida barqaror adoqa bo‘ladi va guruhni tezlik bilan jangga kirishi ta’minlanadi.

Dushman mudofaasining ichkarisiga kirib borganda batalonning hujum doirasini va joylarni razvedka qilish maqsadida guruh jangovar razvedka dozori etib tayinlanishi mumkin. Bunday holda guruh bilan birinchi eshelon bo‘linmalari o‘rtasidagi masofa 10 km ga etishi mumkin.

SHaharga (aholi ttunktiga) hujum qilinganda yoki mustahkamlangan rayonda mudofaaga tayyorlangan alohida muhim inshoot va binolarni egallashda motoo‘qchi guruh, shturmchi guruh tarkibida ham harakat qilishi mumkin. SHturmchi guruh tarkibiga motoo‘qchi guruhdan tashqari tank, o‘ziyurar to‘p (gaubish), minomyotlar, ognemyotlar hamda muhandis-sapyor bo‘linmalari portlovchi zaryadlari bilan kiritilishi mumkun.

Taktik havo desanti ilg‘or guruhi tarkibida harakat qshtishga ajratilgan motoo‘qchi guruh, odatda, parashyutdan sakrash maydonini egallash va asosiy kuchlarni erga tushishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Motoo‘qchi guruh tank bo‘linmasiga, tank guruhi esa motoo‘qchi bo‘linmaga berilishi mumkin va bir-birlari bilan uzviy hamkorliqda hujum vazifalarini bajarishi mumkin.

Guruhning jangovar imkoniyatlari o‘ztarmas kattalik emas, balki o‘zgarib turadi. Guruh shaxsiy tarkib, qurol-yarog‘, va texnika bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lsa ham, uning jangovar imkoniyatlari, qurol-yarog‘ va texnikaning holatiga, shaxsiy tarkibning jangovar, axloqiy-ruhiy holatiga, jangchilarning kasbiy mahoratiga va boshqa faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari guruhning jangovar imkoniyatlariga ob-havo, yil fasli, tabiiy sharoitlar, dushmaning qarshi harakati va boshqa faktorlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Har qanday sharoitlarda ham guruhning jangovar imkoniyatini aniqlashning asosiy mezoni, guruhning jangovarligini saqlagan holda, vazifani to‘liq bajarishi bilan belgilanadi. Guruhning jangovar imkoniyatlarining asosini o‘t ochish quvvati, zarbi kuchi va manyovrchanligi tashkil etadi.

Guruhning jangovar imkoniyati shtatdagi va berilgan o‘t ochish vositalari tomonidan bajarilgan o‘t ochish vazifalari umumiy yig‘indisi bilan ifodalanadi. Jangovar imkoniyatning natijasi yakson etilgan eki jangovarligini yo‘qotgan dushman kuchlariga berilgan talofatga qarab belgilanadi.

Jangovar imkoniyatlarining ko‘rsatkichlariga dushmanni yakson qilingan zirhli texnikasi, tanklari soni va o‘qotar qurollardan yo‘q qilingan tirik kuchlari miqdori kiradi.




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish