Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Unda quyidagilar aniqlashtiriladi



Download 15,2 Mb.
bet214/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Unda quyidagilar aniqlashtiriladi:

- yonilg‘i quyiluvchi mashinalar soni;

- yonilg‘i quyish hajmi va buning uchun kerakli bo‘ladigan yonilg‘i soni;

- yonilg‘i quyish tartibi va o‘zining va biriktirilgan yonilg‘i quyish vositalarini ishlatish;

- yonilg‘i quyish joyi va vaqtini;

- bo‘linma komandirlarining yonilg‘i quyish vositalarini kutib olish joyi va vaqti;

- yonilg‘ini etkazib keltirishi uchun ma’sul shaxs va har bir bo‘linma mashinalariga yonilg‘i quyishni amalga oshirilishi.
Batalon komandiri ushbu qarorni qabul qilishdan avval o‘zining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari va shtab boshlig‘i yordamida quyidagilarni aniqlashtirishi kerak:

- har bir bo‘linmadagi yonilg‘i quyilishi kerak bo‘lgan mashinalarning haqiqiy sonini;

- har bir bo‘linmaga yonilg‘i quyish uchun, yonilg‘i sonini (litrda);

- mashinalarda o‘rnatilgan qo‘shimcha yonilg‘i idishlarining sig‘imini, va undagi yonilg‘i zaxiralarining borligini;

- batalon transportida bor yonilg‘i zaxirasi o‘lchammini, kutilayotgan yonilg‘i va yonilg‘ini sarflanishini;

- harbiy qism komandiri tomonidan tayinlangan mashinalarga yonilg‘i quyish tumanini va vaqtini;

- o‘zining va biryonilg‘i quyish vositalarining imkoniyatlarini;

- batalonni jangovar vazifalarni bajarishiga texnikalarga yonilg‘i quyilishini ta’sir ko‘rsatish darajasini.

Texnikalarga yonilg‘i quyishni tashkillashtirish uchun qaror qabul qilganda ushbu vazifalarni hal qilish uchun ketadigan vaqtni aniqlash.

Bu muddat yonilg‘ini berishga va yonilg‘i quyish vositalarini mashinalarga kelishi, ushbu vositalarni yoyilishi (yig‘ilishi) va yonilg‘i quyish uchun

(mashinalar yonilg‘i baklarini to‘ldirish) ga ketadigan vaqt ham hisoblanadi. YOnilg‘i tarqatish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish yonilg‘i quyish vaqtida bajariladi. Mashinalar yonilg‘i baklarini to‘ldirishga kerakli vaqt, yonilg‘i quyishni boshida ulardagi yonilg‘ini borligidan, birdaniga yonilg‘i quyiladigan mashinalar sonidan, yonilg‘i quyish vositalarini bori va ishlab chiqarish imkoniyatidan, yonilg‘i baklarining sig‘imidan, yonilg‘i quyishda qatnashadigan shaxsiy tarkibni o‘qitilganligi va amaliy ishlaridan iboratdir.

Texnikalarga yonilg‘i qo‘yishni tashkillashtirib turib, avtoyonilg‘iquyish agar uni bir vaqtning o‘zida to‘rta yoki ikkita tankni to‘rtta yonilg‘i shlangasini yonilg‘i quyish uchun ishlatilsa ko‘proq unumli ta’sir berishi mumkin. Ammo, lekin jangovar vaziyatlarda bunaqangi imkoniyatlar bo‘lishi mumkin, faqatgina marshda.

Avtoyonilg‘iquyish tezroq birta mashinaga yonilg‘i quyadi. Bunda 60% ishlash vaqtini bir mashinadan ikkinchi mashinaga o‘tishga va operasiyalarga tayyorlashga sarflaydi. Vaqtni tejash maqsadilda yonilg‘ini bochkalardan quysa juda foydali bo‘ladi. Lekin bunday variant bochkalarga va yonilg‘ini tashib keltiruvchi avtmobillarga bo‘lgan talablarni oshiradi. Demak shunday ekan, ham guruhli, ham o‘ziga xos yonilg‘i quyish vositalarini bir vaqtda ishlatish uchun harakat qilish kerak.

Batalon komandiri texnikalarga yonilg‘i quyishni tashkillashtirish uchun qaronr qabul qiladi. uni shtab boshlig‘iga va o‘zining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosariga to‘liq hajmda, bo‘linma komandirlariga va qismda tegishlilarga etkazadi.

Batalon komandirining ko‘rsatmasiga binoan uning front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari batalon yonilg‘i quyish shaxobchasi boshlig‘iga va batalonga biriktirilgan yonilg‘i quyish vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi shaxsiy tarkibga kerakli bo‘lgan farmoyishlarni beradi. Bir vaqtning o‘zida vzvodlar komandirlariga aloqaga chiqib, barcha savollarga aniqlik kiritadi, bevosita mashinalarga yonilg‘i quyishni tashkillashtirib va uni boshqaradi. Texnikalarga yonilg‘i quyilgandan keyin haydovchi-yonilg‘i quyuvchi yoki yonilgi quyishni amalga oshirgan boshqa shaxslar tomonidan sarflanish vedomostlarini rasmiylashtiriladi. Bu vedomostlarga (maxsus qog‘ozga) quyidagi yozuvlar qayd qilinadi: kimga, qachon, qancha va qanaqangi yonilg‘i (shuningdek surtiluvchi va maxsus suyuqliklar) berilgani. Olingan yonilg‘i uchun vedomostga yonilg‘i quyilgan mashinalar haydovchilari yoki ularning bo‘linma komandirlari imzo chekadilar. Quyilgan yonilg‘ini hajmi va quyilgan vaqti haqida yo‘l varaqasiga ham yoziladi.

YOnilg‘i quyish davomida yong‘in xavfsizligiga, niqoblash va yonilg‘i quyish shaxobchasida qattiq intizomni saqlanishiga rioya qilinishi shart. Harorat ko‘tarilganda yonilg‘ini kengayishi uchun yonilg‘i bakida joy qoldirish, bakni yonilg‘i bilan to‘ldirmaslik lozim.

YOnilg‘ini ko‘pirtirish va to‘kilishiga, hamda yonilg‘i bakiga mexanik aralashmalar va suvni tushishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ushbu talablarni bajarilishini bo‘linma komandirlari ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari, yonilg‘i quyuvchi shaxslar va yonilg‘i quyilayotgan mashina haydovchilari qat’iy rioya qilishlari lozim. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mashinalarni mexanizasiyalashtirilgan yonilg‘i quyishda (masalan, avtoyonilg‘iquyish yoki avtomoyquyish ishlatilganda yonilg‘ini yo‘qotilishi taxminan 0,06%, qo‘l nasoslarini ishlatganda bu yo‘qotishlar 0,1 % gacha, yonilg‘ini chelak va voronkada quyilganda 1 % gacha quyish uchun berilgan yonilg‘i yo‘qotiladi. SHuni ham esda tutish kerakki chelak va voronkada yonilg‘i quyganda yonilg‘ini ifloslanishi va unga suv tushishiga olib keladi. SHuning uchun bunday yonilg‘i quyilishiga faqatgina zaruriyat tug‘ilsagina, qachon boshqa quyish vositalari bo‘lmasa yoki etarli bo‘lmaganda.

Bo‘linmalarni marsh va turli turdagi janglarning uchun mashinalarga yonilg‘i quyish uchun, yonilg‘i bilan ta’minlashni tashkillashtirishda ularni xususiyatiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Marshdayonilg‘i quyishni tashkillashtirib harakatlanishning uzoqligiga, marsh sharoitlarini, batalondagi mashinalar sonini va yonilg‘i quyish vositalarining borligi hisobga olinishi lozim.

Batalonni maksimal avtonom yutuqa erishishi uchun marshdan oldin barcha mashinalarini (yonilg‘i baklari va qo‘shimcha idishlarga) yonilg‘i bilan ta’minlash uchun yonilg‘i soni shunday joylashtirilishi kerakki, sutkalik o‘tishga va o‘rnatilgan tushirilmaydigan zaxiralarni tuzishga etarli bo‘lishi kerak. Kerakli yurish zaxirasini ta’minlash maqsadida harbiy qism komandirining qaroriga asosan zanjirli mashinalarga bir nechtadan bochkalar, g‘ildirakli mashinalarga – ma’lum sonli bidon va kanistralar yonilg‘i va moy bilan qo‘yiladi. Bu yonilg‘ili idishlarni batalon komandirining talabnomasiga asosan qism omboridan brigada yonilg‘i-moylash xizmati boshlig‘ining raznaryadkasi asosida beriladi.

Mashinalardagi qo‘shimcha yonilg‘ili idishlar borligi yonilg‘i quyish vaqtini ancha qisqartiradi, bo‘linmalarning yonilg‘ini tashib keltirish sharoitlaridan qaramligi yuqori bo‘lib va shu bilan birga ularning jangovar qobiliyati oshadi. Butun marsh davomida batalonga kerakli yoki alohida davrlarda yonilg‘i bilan avtomobil va yonilg‘i quyish vositalari berilishi mumkin.

YUrishda ular batalon front orti ta’minoti kolonnasi tarkibida harakatlanadi. Ammo mashinalardagi bor qo‘shimcha yonilg‘i zaxiralari ham ko‘pchiligi (asosan tanklardagi) marshning oxirida to‘liq sarflanishi mumkin. SHuning uchun, batalon komandiri marshni tashkillashtira turib, faqatgina mashinalarga yonilg‘i bilan ta’minlashni o‘ylamasdan ularga yonilg‘ini yo‘lda quyishni ham ko‘zda tutishi kerak, marsh yoki qarshi jangga kirishish uchun maksimal jangoar shay holda bo‘lishni ham bilishi lozim. Ushbu maqsadda u qism komandirining ko‘rsatmasiga binoan yonilg‘i quyish joyi va vaqtlarini, buni amalga oshirilishini aniqlashtirishi kerak. Batalon texnikasiga marshda yonilg‘i quyish privallarda va kunduzgi (tungi) dam olish vaqtlarida amalga oshiriladi. Dam olish joylarida yonilg‘I quyishni qo‘shimcha idishlardan amalga oshirilishi mumkin, dam olish tumanlarida esa – batalonning shtatdagi va biriktirilgan barcha avtoyonilg‘iquyish, avtomoyquyish, avtosisternalar va yuk avtomobillardagi bochqalardan foydalanish mumkin.

Marsh davom ettirilsa birinchi navbatda bo‘sh idishlarni qism yonilg‘i moylash xizmati boshlig‘i tomonidan to‘ldiriladi yoki to‘liq idishlarga almashtiriladi.

YOnilg‘ini hisoblash va baholashi zaruriyati uchun, hisoblash- ta’minotga oid birligi-quyish- vazni qo‘llanadigan yonilg‘i zaxiralari me’yori va o‘lchovi belgilanishi quyidagicha aniqlanadi:

tanklar, o‘zi yurar artilleriya (raketalar) uskunalari, piyodalar jangovor mashinalari, zanjirli artilleriya va boshqa zanjirli mashinalarni shatak oluvchilar, g‘ildirakli harbiy muxandislik texnikalar uchun – mashinalar bazasi va maxsus asbob-uskunalari ko‘ra yonilg‘i tizimiga kiruvchi bo‘chkalar va baklarni sig‘imi bo‘yicha;

g‘ildirakli zirxli transparter va avtomobillar uchun- 500 kmga zaxira yurishiga mo‘ljallangan hisobot bo‘yicha ta’minlanishi, ular uchun ekspluatasiya qilish bo‘yicha yonilg‘isi sarflash me’yori belgilangan bo‘yicha;

aviasiy shturmiga oid, qiruvchi samalyotlari uchun - asosiy baklarni sig‘imi bo‘yicha va 60 foizi ilinib turgan baklar sig‘imi bo‘yicha;

aviasiya harbiy – transport samalyotlari uchun – asosiy baklar hajmi bo‘yicha;

vertalyotlar uchun - asosiy baklar hajmi va ilinib turgan baklar sig‘imi bo‘yicha;

kuchli tok chiqaradigan dvigatellar va issiqlikka oid agregatlar uchun yonilgini ekspluatasiya me’yorlari sarfi bo‘yicha agregatlarni 50 moto/soat ishlashini ta’minlashi hisobi bo‘yicha;

harbiy texnikalarni shassi bazasini maxsus asbob-uskunasi orqali ishlab chiqarish quvvati borligi bo‘yicha yonilg‘i qo‘shimcha hisoblanadi, yonilgini ekspluatasiya me’yorlari sarfi bo‘yicha maxsus asbob-uskunasi 5 moto/soat ishlashini ta’minlashi hisobini kerakligi bo‘yicha.

Avtomobillarni va g‘ildirakli zirxli trasporterlarni yoqilg‘i baklari yonilg‘ini bir marta joylashtirishni imkoniyati bo‘lmasa, bu hollarda, har bir avtomobil (g‘ildirakli zirxli trasporter) yoqilg‘i bakini umumiy sig‘imidan kam bo‘lmasligi uchun kanistra yoki bochka beriladi. Agarda harbiy texnikani alohida namunalari uchun kanistra yoki bochkalarni o‘rnatishi joyi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holda yoqilg‘ilar harbiy qism transporti yordamida tashiladi. Texnikani baza shassisidan maxsus asbob-uskunasi orqali ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha, kuchaytirilgan dvigatellar va issiqlikka oid agregatlarni yonilg‘isi zaxirasini saqlanishi uchun harbiy qismni shtat – tabeliga ko‘rsatilgan ehtiyojidan ustun bo‘lsa kanitra yoki bochkalar beriladi.

Og‘ir jangovar vaziyatlarda texnikalarga yonilg‘i quyishni tashkillashtirganda yonilg‘i va yonilg‘i quyish vositalari mashinalar turish joylariga olib keltirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHuningdek aralash yonilg‘i quyish tartibi ishlatilishi ham mumkin, qachon jangovar mashinalarga yonilg‘i quyish vositalari oldiga borib yonilg‘i quysa boshqalari o‘zlari ushbu vositalarga qarab harakatlansa (1-rasm).




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish