Ushbu maqsadda:
- mashinalarni ta’mirlash uchun dushman tunggi ko‘rish asboblari va mo‘ljallash qurilmalari yordamida ko‘ra olmaydigan joylarni tanlash;
- dushmanni infraqizil va teplovizion asboblarining ish samaradoligini pasaytiruvchi tutun pardalari qo‘yishdan foydalanish;
- tanklar va boshqa mashinalarni brezentlar va palatkalarda ta’mirlashdan keng foydalanish;
- kuzatuv, patrullik, dushman yashirin kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yo‘nalishlarda qo‘riqlov postlari qo‘yishni tashkillashtirish kerak.
13. MODDIY TA’MINOT
Umumiy holat
Bo‘linmalarni jangda, marshda va joyda joylashganda moddiy ta’minoti, ularni qurol-yarog‘, texnika, o‘q-dorilar, yoqilg‘i, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalash vositalari, oziq-ovqat, shuningdek turli texnik, kiyim-kechak, tibbiy, ma’rifiy, uy-joy va boshqa mulklarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirish maqsadida tashkillashtiriladi.
Moddiy ta’minotni tashkillashtirish, bo‘linmalarni moddiy vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashga qaratiladi; ko‘rsatilgan kerakli moddiy vositalar zaxiralari o‘lchamlari, ularni amaliy tuzish muddatlari; o‘q-dorilarni sarflanish me’yorlarini aniqlash va moddiy vositalarning sarflangani va yo‘qotilganini o‘rnini uzluksiz to‘ldirib borishni amalga oshirish.
Jangda (marshda) yoki ma’lum bir mavsumda bo‘linmalarni moddiy vositalarga bo‘lgan talabini asosan harbiy qismning tegishli xizmat boshliqlari tomonidan aniqlanadi. Ammo ba’zi bir hollarda bu vazifa batalon (vzvod) qo‘mondonligi zimmasiga yuklatilishi mumkin. SHuning uchun batalon komandiri, shtab boshlig‘i, batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari va vzvodning tegishli mansabdor shaxslari o‘zlarining bo‘linmalarining moddiy talablarini aniqlay olishlari kerak.
Jangni (marshni) front orti ta’minotini rejalashtirishda batalon (vzvod) ehtiyojlarini jang (marsh) oxirigacha o‘rnatilgan zaxiralarni yaratish va sarflarini o‘rnini to‘ldirishda batalonning (vzvod) hamma bo‘linmalariga ketadigan ehtiyojlar summasi aniqlanadi.
Moddiy vositalar sarfi - bu doimiy hajm emas. U jangovar faoliyat turi va batalon (vzvod) oldiga qo‘yilgan vazifalarni xususiyatidan, yadro qurolini ishlatilishidan, bo‘linmalarning jangovar va hisob tarkibidan, uning shaxsiy tarkibini tayyorgarlik darajasi, qurol-aslaha, texnikalarni texnik holati, dushman qo‘shinini jangovar qobiliyati, hamda joylarni sharoiti, yilning vaqti va ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Jangovar faoliyat turi va batalon (vzvod) vazifasining xususiyati moddiy vositalarni sarfiga, eng avvalo jangovar harakatalar keskinligi orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Jangovar harakatalar qancha keskin bo‘lsa, qurol-aslaha, texnikalar shunchalik jadal ishlatiladi va ko‘proq o‘q-dori, yoqilg‘i va boshqa moddiy vositalar ayni bir vaqtda sarflanishi mumkin. Demak, jangning bir kunida hujumda bevosita dushman bilan to‘qnashganda teng sharoitlarda o‘q-dorining sarflanishi, shiddatli hujumga joydan o‘tishdan ko‘proq sarflanishi mumkin.
Marshda o‘q-dorilarning sarflanishi, mudofaa yoki hujumga qaraganda ancha kam sarflanadi. Hujum va mudofaada eng ko‘p o‘q-dorilar sarfi asosiy yo‘nalishdagi birinchi eshelonda harakatlanayotgan bo‘linmada kuzatilishi mumkin. YOnilg‘i marshda hujumda, mudofaaga qaraganda ko‘proq sarflanadi.
YAdro qurolini ishlatilishi tanklar, artilleriya va minometlar jangovar vazifalar hajmini kamaytiradi. SHunday ekan, dushmanga qancha ko‘p yadro zarbalari berilsa, ular qanchalik samarali bo‘lsa, jangni ta’minlashda odatiy o‘q-dorilarga bo‘lgan ehtiyoj shunchalik kam bo‘ladi.
Batalon (vzvod)ning jangovar va son tarkibining oshishi yoki kamayishi uning moddiy ehtiyojlariga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi yoki bo‘linmalarning jangovar va son tarkibini kamayishi o‘q-dorilarni, yoqilg‘ini, oziq-ovqat va boshqa moddiy vositalarni umumiy sarflanishini kamaytiradi.
Qurol-aslaha va texnikalarni foydali qo‘llash ekipajlar, hisoblar, pulemetchilar, avtomatchilar va haydovchilarni tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda, demakki moddiy vositalarni sarflanishiga ham olib keladi. Qanchalik shaxsiy tarkibning o‘quv darajasi yuqori bo‘lsa, shunchalik o‘q-dorilar, yoqilg‘i, texnik va boshqa mulklar sonining sarflanishi kamayadi.
Bo‘linmalarning tog‘larda, cho‘llarda, shimoliy tumanlarda va yo‘llar yo‘q joylarda harakatlanganida, hamda qishda va qalin tuman bilan qoplangan mavsumda yonilg‘ini sarflanishini yuqoriligini hisobga olib, qurol-aslahalarni va texnikalarni ishdan chiqishi va texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun turli texnik mulklarga bo‘lgan talablarning oshishi ham hisobga olinadi. Bunday sharoitlarda bo‘linmalarni qo‘shimcha kiyim-kechak va muhandislik mulklari, yonilg‘i, maxsus suyuqliklar va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash, oxir oqibatda bo‘linmalarni moddiy ehtiyojlarining o‘sishiga olib keladi.
Qo‘shinlar moddiy vositalarni ko‘rsatilmagan hajmda sarflay olmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nazoratsizlik oqibatida zaxiralarni oldindan sarflanishi va oxir oqibatda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Mana shuning uchun barcha vaziyatlarda moddiy vositalarning ishlatilishini yuqori qo‘mondonlik tomonidan ko‘rsatilgan me’yorlarda sarflanish miqdorini belgilab qo‘yishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |