(tekislik joy uchun ko‘rsatkich 1.0 ga teng)
Ko‘rsatkich
|
O‘rta tog‘lik
|
Balandtog‘lik
|
Ekspluatatsiya sabablariga ko‘ra buzilishlar soni:
- kuchlanish qurilmasi
- transmissiya
- yurish qismi
- maxsus eletr jixozlari
|
1.2
1.3
1.3-1.5
1.0
|
1.4-1.5
1.5
1.6-1.8
1.1
|
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning davomiyligi
|
1.1-1.2
|
1.2-1.9
|
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning xajmi
|
1.2
|
1.3-1.4
|
Evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyatlari
|
0.7-0.9
|
0.4-0.8
|
Ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyatlari
|
0.8-0.9
|
0.3-0.8
|
Vodiylar va daralarda ko‘rishni cheklanganligi, qalin o‘rmonzor, qalin tonggi va kechki tumanlar, qishki vaqtdagi qor bo‘ronlari jang maydonidagi mashinalarni kuzatishni qiyinlashtiradi, tog‘larda orientirlashning qiyinligi safdan chiqqan mashinalarni koordinatasini aniqlash vaqtini ko‘payishiga, bu esa texnik razvedka olib borishning samaradorligini kamayishiga olib keladi.
Tog‘larda harakatlanishda murakkab tiqilib qolishlar tez-tez uchrab turadi, bu esa ularni evakuatsiya qilish vaqtini oshishiga olib keladi. Tik ko‘tarilish va tushishlarning mavjudligi, dvigatellarning quvvatini kamayishi shikastlangan tankni evakuatsiya qilish uchun kamida ikkita tank shatagini jalb etishni talab qiladi, bu esa bir sutka jangovar harakatlar davomida evakuatsiya qilingan tanklar sonini kamayishiga olib keladi.
SHuningdek shataklarning bir qismi o‘tish qiyin uchastkalardan o‘tishni ta’minlash va dovonlarda, defile va daralar tangida navbatchilik qilish uchun jalb etiladi. Yo‘l tarmog‘ining rivojlanmaganligi shikastlangan qurol-aslaha va texnikani ta’mirlash joylariga evakuatsiya qilish uchun qulay yo‘llar tanlashni cheklaydi.
Transport kelishining murakkabligi bo‘linmalarni ZTMM bilan ta’minlashni tashkillashtirshda ham bazi qiyinchiliklar tug‘diradi.
Mashinalar elementlarining ekspluatatsiya sabablariga ko‘ra buzilishlari va nosozliklari sonini ortishi ularni bartaraf etish uchun kerak bo‘lgan ehtiyot qismlar sonini oshirishni talab etadi, shuning uchun ham tog‘larda jangovar harakatlar olib borish vaqtida ta’mirlashni ta’minlash uchun ZTMM umumiy zahiralarini ko‘paytirish kerak.
Tog‘lar bo‘linmalarning ta’mirlash-tiklash bo‘linmalarini himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa qilishning alohida xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ochiq vodiylar va daralarda joylashmaslik kerak, ularda o‘tishda esa iloji boricha tezroq o‘tish kerak. Tog‘larning ekranlovchi xossalari ular ortidan kelib ataka qiluvchi samolet va vertoletlarni ko‘rishni qiyinlashtiradi.
Tog‘larda dushmanning razvedka va qo‘poruvchi guruhlarini kirib kelishi havfi yuqori bo‘ladi, bu esa texnik ta’minot bo‘linmalari va ta’mirlash fondini bevosita qo‘riqlashni puxtaroq tashkil etishni talab etadi.
Tog‘li sharoitda texnik ta’minotni boshqarishni tashkil etish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |