Tog‘larda texnik ta’minot
O‘zining fizikaviy-geografik sharoitlariga ko‘ra tog‘li joylar hilma-hildir. Ular relefining murakkabligi, tabiiy-klimatik sharoitlari, o‘simliklar dunyosining xususiyatlari, ertuproqlarning turli-tumanligi, iqtisodiy o‘zlashtirilganligi va bo‘linmalarning nafaqat jangovar harakatlar olib borish usullariga, balki texnik ta’minotni tashkil etishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar bilan ham ajralib turadilar.
Tog‘lar dengiz sathidan absolyut balandligi bo‘yicha past (500m. dan 1000m. gacha), o‘rta balandlikdagi (1000m. dan 2000m. gacha) va baland (2000 m. dan yuqori) tog‘larga bo‘linadi.
Past tog‘lar silliq relefga ega bo‘lib ko‘pincha o‘rmonlar bilan qoplangan bo‘ladi. Balandliklarning nisbiy o‘zgarishi 200-500m atrofida bo‘ladi, yonbag‘rining qiyaligi 5-200 tashkil etadi. Sutka mobaynida harorat o‘zgarishi uncha katta farq qilmaydi. Ko‘pincha pasttog‘li joylarda temir yo‘l, shosse va tuproq yo‘llari tarmog‘i rivojlangan bo‘ladi.
O‘rta balandlikdagi tog‘lar (pologie i okruglo‘e formo‘) yotiq va gumbazsimon relefga ega bo‘lib, yonbag‘rining qiyaligi 10-250 tashkil etadi, bundan ham tik va jarliklari bor qiyaliklar ham uchraydi. Bunday tog‘larda dovonlar 700 m. va undan yuqorida bo‘lib cheklangan o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi. Sutka va yil mobaynidagi harorat o‘zgarishlari o‘rtasida katta farq bo‘ladi. Yo‘l tarmog‘i sust rivojlangan. Yo‘llar asosan yaxshilangan va tuproq yo‘llardan iborat, daryo vodiylari va bunday tog‘larning tepasidan ko‘pincha barcha qo‘shin turlari o‘ta oladi.
Baland tog‘lar qoyali tepalar va chuqur jarlik va kanonlari bor tik va juda tik yonbag‘irliklardan iborat bo‘ladi. Bazi joylarda muzliklar, morenalar (morena – bu siniq qoyatoshlarni muzlikning ustida to‘planib qolishi), qorli va firnli (firn – bu qordan muzga aylanish arafasida turgan, dona-dona qor) maydonlar uchraydi. Balandliklarning nisbiy o‘zgarishi 1000 m gacha etishi va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Dovonlar asosan 1000-3000 metr balandliklarda bo‘ladi. Yo‘llari tarmog‘i juda sust rivojlangan, past o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega va ko‘p sonli tonnel, serpanchiq ko‘tarilish va tushishlarga to‘la bo‘ladi.
Balandga ko‘tarilgan sari haroratni pasayishi (har 1000 m. da tahminan 6,50S) baland tog‘li rayonlarda tushish uzoq davom etishiga sabab bo‘ladi.
Qishda tog‘larda katta miqdorda yog‘ingarchilik bo‘ladi. qor qatlamining qalinligi 4-6 m. daralarning tangida esa 10-12 m gacha etishi mumkin.
1500 m dan yuqoridagi tez-tez tushadigan tuman va bulutlar, qish vaqtidagi qor bo‘ronlari ko‘rish uzoqligini 3-5 m gacha cheklanishiga olib keladi.
Tog‘ relefining murakkabligi bo‘linmalarning qurol-aslaha va texnikasini ekspluatatsiya qilish keskinligini oshiradi. Ko‘p sonli tik burilishlar, ko‘tarilish va tushishlar tog‘larda harakatlanayotganda burish va tormozlash mexanizmlaridan tez-tez foydalanish zaruratini tug‘diradi, bu esa friksion elementlarni oshiqcha eyilishi olib keladi hamda o‘rtacha harakat tezligini kamaytirib va mexanik-haydovchilarning charchashini tezlashtiradi. SHuning uchun ham tormozlash tizimi va burilish mexanizmlarini (rul mexanizmlarini) boshqarish muruvvatlarini tekshirish va rostlash mashinalarni tekis joyda ekspluatatsiya qilgandan ko‘ra tezroq (chahe) o‘tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |