Тактиканинг фан сифатида вазифалари



Download 15,2 Mb.
bet184/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

Texnik tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarning mavzusi mexanik-haydovchilarning (haydovchilarning) tajribasidan kelib chiqib belgilanadi va quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi: qurol-aslaha va texnikani tog‘larda ekspluatatsiya qilishning alohida xususiyatlari; tog‘ yo‘llari va kolonna yo‘llarida haydash qoidalari, yo‘l yo‘q hollarda tog‘ etaklaridan o‘tish, tubi toshli va qirg‘oqlari tik tez oqar tog‘ daryolaridan o‘tish va h.k. barcha turdagi mashinalarni haydashni mashq qilishga alohida e’tibor qaratiladi (nafaqat haydovchilar, balki jangovar mashinalarning mexanik-haydovchilari ham).

Texnik ta’minot bo‘linmalari bilan mashg‘ulotlar texnik razvedka, evakuatsiya, ta’mirlash, texnik mol-mulk bilan ta’minlash, himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa etishni tashkil etishning alohida xusuiyatlarini hamda jangovar harakatlar davomida texnik ta’minot organlarini boshqarishni o‘z ichiga oladi.

Vaziyat va vaqtning mavjudligiga qarab iloji bo‘lsa texnik ta’minot shaxsiy tarkibi 5-6 kun davomida bo‘lajak jangovar harakatlar rayonidan 500-1000 m. yuqori balandliklarda pog‘onama-pog‘ona akklimatizatsiyadan o‘tishi kerak. Ta’mirlovchilarga yilning faslidan qat’iy nazar issiq kiyim, qora ochki hamda choy va “S” vita’minli maxsulotlardan iborat maxsus oziq-ovqat payogi berilishi kerak. SHaxsiy tarkibga tog‘ kasalligiga qarshi maxsus dorilar va uglekislo‘y gaz qo‘shilgan (3-5%) havo bilan aralashtirilgan (40-60 %) kislorod berilishi kerak.

Jangovar mashinalarni tog‘ sharoitida ekspluatatsiya qilishning keskin sharoitlari ularni bo‘lajak jangovar harakatlar (marsh) davomida ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularni tayyorlashga yuqori talablar qo‘yadi.

Qurol-aslaha va texnikani tayyorlash barcha agregatlar, uzellar va mexanizmlarni har tomonlama tekshirish, navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, ushbu sharoitda mashinani ishonchli ishlashini oshiruvchi qo‘shimcha ishlarni bajarishdan iboratdir.

Jangovar mashinalarning texnik holatini tekshirishda dvigatel, agregatlarning va transmissiya uzellarining qotirilganligi, qurol-aslahalar, nazorat o‘lchov asboblari (NO‘A) sozligi sinchkovlik bilan tekshiriladi. Burish mexanizmlarining, uzatmalar qutisining va tormozlarning sozligi, boshqarish tyagalarining ulanishi va ularni ishonchli qotirilishi va shplintlanganligi (stoporga qo‘yilganligi) alohida sinchkovlik bilan tekshiriladi.

Yurish qismining sozligini tekshirishda barcha traklarda yoriqlar bor-yo‘qligi tekshiriladi, g‘ildiraklarning tishli toj (venets) larini va zanjirlarning barmoqlarini eyilganligi tekshiriladi. YUrish qismining nosoz detallari majburiy ravishda yangilariga almashtiriladi.

Barcha mashinalarda (zanjirli va g‘ildirakli) okop kovlash instrumentlari va o‘tuvchanlikni oshiruvchi vositalarning mavjudligi tekshiriladi. Barcha mashinalar ularni tormoz tizimi ishdan chiqqanda zanjirni yoki g‘ildirakni tagiga qo‘yiladigan va mashinani to‘xtatishni kafolatlovchi maxsus taxta kolodkalar bilan ta’minlanadi. SHuningdek barcha mashinalarda shataklash troslarining (po‘lat arqonlarni) va ulash sirg‘alarining (koushlar) mavjudligi tekshiriladi.

Texnik xizmat ko‘rsatish davrida dvigatelni ishonchli ishlashini ta’minlovchi va yonilg‘i sarfini kamaytiruvchi qo‘shimcha ishlarni o‘tkazish kerak. Bunday ishlarga yonilg‘ini etkazib berish burchagini ko‘paytirish (2500 m va undan yuqorida joylashgan rayonlar uchun); asosiy jiklerning kesimini kamaytirish (karbyuratorli dvigatellar uchun), o‘t oldirishni oktan-korrektor bo‘yicha oshirish. Sovutish suyuqligining sarfini kamaytirish uchun zarur hollarda bug‘ klapanlar va ventilyatorning muruvvatlari rostlanadi. Barcha mashinalarda xattoki yoz vaqtida ham soz isitkichlar va isitish gilamchalari va kapotlari bo‘lishi kerak.

Mashinalarni ta’mirlash bo‘yicha barcha ishlarni, batalon jangga (marshga) shay bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqtga, shunday hisob bilan yakunlash kerakki, toki dastlabki rayondan chiqishda batalonning va unga qo‘shib berilgan ta’mirlash-tiklash vositalari to‘liq tarkibda o‘z bo‘linmalari bilan ketishlari mumkin bo‘lsin.

Tog‘larda marsh bajarishda yo‘l tarmog‘ining rivojlanmagani sababli tankchi (motoo‘qchi) batalon, avtomobil transporti (transporti) uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin bo‘lgan marshrut bo‘yicha harakatlanadi. Bunday holda batalonning ichkarisi va TXM lari (MTO) g‘ildirakli mashinalar uchun yo‘nalishdan yuradilar, bu esa BKQABO‘ ishida qo‘shimcha qiyinchiliklar hosil qiladi.

Harakat davomida safdan chiqqan qurol-aslaha va texnikani, u kolonnani o‘tishiga xalaqit bermasligi va harakatning o‘rtacha tezligini pasaytirmasligi uchun, yo‘nalish bo‘ylab oldinga, shikastlangan mashinani yo‘ldan tashqariga chiqarish imkoni bor birinchi joygacha (uchastkagacha) evakuatsiya qilish maqsadga muvofiqdir.

Jang boshlanishi bilan batalonning jangovar tartiblari ortidan batalonning TKP va TEGlar (Ta’mirG) tashkil etiladi va brigadaning texnik ta’minot organlari bilan birgalikda o‘z ishini boshlaydi. qator hollarda vzvodlarda TKP tuzish zarur bo‘ladi, shunda batalon BqO‘i vzvodlarning TKP tarkibini, ularni harakatlanishi uchun transport va batalon TKP ga paydo bo‘lgan ta’mirlov fondi haqida axborot berish uchun aloqa vositalarini ko‘zda tutishi kerak.

TKP, TEG lar (Ta’mirG) joylashishi uchun joylar, shikastlangan mashinalarni ta’mirlash uchun pana joylarni batalon KQABO‘ ri ko‘chkilar, tosh ko‘chkilari, qor ko‘chishi havfini, dushmanning snaryadlari va minalari portlashi natijasida toshlarni uchishini hisobga olgan holda odamlar va texnikani osilib turgan harsanglar ostida, daryolarning qurigan o‘zanlarida va boshqa havfli joylarda joylashmasligiga qarab tanlaydi.

Mashinalarni ta’mirlashda batalonning TXS ni, brigadaning ta’mirlash guruhidan ajratilgan ta’mirlash seksiyalari va ta’mirlash fondini himoyalash, qo‘riqlash va mudofaasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish kerak.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish