Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig huquqiy asoslari
Belorus Respublikasi Konstitutsiyasi, Belorus Respublikasining xalqaro shartnomalari, Belorus Respublikasi fuqarolik kodeksi, joriy Qonun va ayrim me’yoriy huquqiy dalolatnomalar, safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig muvofiqlashtiruvchi masalalari Belorus Respublikasida safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig huquqiy
asoslari xisobalanadi. _
Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig asosiy tamoyillari
Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig asosiy tamoyillari quyidagilar:
markazlashgan rahbarlik vaqtni to’g’ri taqsimlash. rejalilik va nazorat;
komplekslilik va kelishuvchanlik.
Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikniig mazmuni
quyidagilardan iborat:
Belorus Respublikasi iqtisodi, Belorus Respublikasi qurolli Kuchlari, boshqa qo’shinlar, harbiy , shuningdek, maxsus tuzilmalarning safarbarlik rejalarini ishlab chiqish;
safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasidagi me’yoriy- huquqiy muvofiqlik ish sharoitlarini aniqlik va davlat organlari, tashkilotlarni safarbarlik davrida va urush vaqtida xam ishga tayyorlash.
safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikning ilmiy va uslubiy ta’minoti;
urush vaqti uchun safarbarlikning moddiy ehtiyojlarini aniqlik va davlatning mudofaa buyurtmasini shakllantirish;
Belorus Respublikasi iqtisodiyotini safarbarlik davri va urush vaqti sharoitlariga tayyorlash;
qo’shin safarbarligini o’tkazishga tayyorlanish va uni o’tkazish; Belorus Respublikasi ehtiyojlari, Belorus Respublikasi boshqa qo’shinlar, harbiy va maxsus tuzilmalar va axoli ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan maxsulotlarni ishlab chiqarish ob’ektlarini saqlash, mavjudlarini rivojlantirish, urush vaqtida yangi safarbarlik quvvatini yaratish;
Belorus Respublikasi mudofaasi va iqtisodiyoti uchun urush vaqtida foydalanishga mo’ljallangan maxsus tuzilmalarni yaratish va tayyorlash;
safarbarlik davrida va urush vaqtida Belorus Respublikasi Qurolli Kuchlari boshqa qo’shinlar, harbiy va maxsus tuzilmalarni to’ldirish uchun mo’ljallangan texnikalarni tayyorlash;
safarbarlik va davlat darajasidagi qimmatli moddiy zaxiralarni yaratish, yig’ish, saqlash va o’z vaqtida yangilash.
qurol-aslaxa va harbiy texnikalarni xujjatlashtirish fondini yaratish va saqlash, yuqori xavfli ob’ektlar, muxim iste’mol maxsulotlari, axolining turmush tarzini ta’minlash tizimlari va milliy boylik xisoblanuvchi ob’ektlarni xujjatlashtirish fondini yaratish va uni saqlash;
safarbarlik davrida va urush vaqtlarida axolini asosiy ozik-ovqat maxsulotlari va eng zarur boshqa tovarlar, tibbiy xizmat, shuningdek, aloqa va transport vositalari bilan me’yoriy ta’minlashga tayyorgarlik ko’rish va tashkillashtirish;
urush vaqti sharoitlarida vazirliklar va boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi boshqaruv organlari va o’z-o’zini boshqaruv organlarshshng zaxira boshqaruv punktlarini yaratish va ularni ishga tayyorlash;
safarbarlik davrida va urush vaqtlarida ommaviy axborot vositalarini ishga tayyorlash;
davlat organlari va tashkilotlarida harbiy xizmatni o’tashga majbur fuqarolar va harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni ro’yhatga olishni tashkillashtirish;
tinchlik davrida va urush vaqtlarida Belorus Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo’shinlar, harbiy va maxsus tuzilmalar tarkibini to’ldirish maqsadida harbiy mutaxassisliklar bo’yicha fuqarolarni tayyorlash;
safarbarlik davrida va urush vaqtlarida davlat organlari, tashkilotlarida xizmat qilayotgan va zaxirada turgan fuqarolarni band qilish;
Belorus Respublikasining safarbarlik tayyorgarligi xolatini baxolash;
safarbarlik tarqatuvi va safarbarlik rejalarini bajarish bo’yicha mashqlar va mashg’ulotlar o’tkazish;
urush vaqti sharoitlarida davlat organlari, tashkilotlarini ishga o’tkazish bo’yicha tadbirlar uyushtirish;
harbiy safarbarlik o’tkazish urush vaqti sharoitlarida Belorus Respublikasi iqtisodiyotini ko’chirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish;
safarbarlik organlari xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish;
safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik soxasida xalqaro xamkorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |