SURUNKALI GASTRIT - SURUNKALI GASTRIT– bu oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi va distrofik o’zgarishlari oqibatida fiziologik regeneratsiya jarayonining buzilishi va bezlar atrofiyasi hamda uning motor,sekretor,inkretor faolyatining o‘zgarishi bilan kechadigan surunkali kasallik.
TASHQI FAKTORLAR: - Oshqozonning Helicobacter pylori va boshqa bakteriyalar yoki zambrug’lardan zararlanishi;
- To‘g‘ri ovqatlanishning buzilishi;
- Zararli odatlar: alkogolizm va chekish;
- Dorilarni uzoq muddat isteʼmol qilish;
- Shilliq qavatning radiatsiya va kimyoviy moddalar bilin taʼsirlanishi;
- Parazitar invaziya;
- Surunkali stress
ICHKI FAKTORLAR: ICHKI FAKTORLAR: - Irsiy moyillik;
- Duodenogastral reflyuks;
- Autoimmun jarayonlar;
- Gipoksemiya;
- Surunkali infeksion kasalliklar;
- Moddolar almashinuvining buzilishi;
- Endokrin disfunksiyalar;
- Vitaminlar yetishmovchiligi
ETIOLOGIK FAKTORLAR
- Surunkali gastrit – bu uzoq vaqt rivojlanuvchi kasallik bo‘lib, oshqoz shilliq qavati va shu bilan birga xlorid kislota,pepsin va shilliq ajratuvchi bezlarning zararlanishi bilin kechuvchi kasallik
SURUNKALI GASTRITNING TASNIFI - Autoimmunn (Gastrit A) 5%
- Helikobakterli (Gastrit B) 85-90%
- Ximik: reflyuks-gastrit (Gastrit С) 5-10%
SURUNKALI GASTRITNING TASNIFI - A tip (autoimmun,atrofik,anatsid) — fundal gastrit; oshqozonning qoplovchi shilliq qavatini antitanachalar taʼsirida yallig‘lanishi;
- B tip (bakterial, Helicobacter pylori ) — antral gastrit, oshqozon shilliq qavatining Helicobacter pylori bakteriyalari tomonidan zararlanishi bilan bog‘liq
- S tip (ximik,reflyuks gastrit) — O‘t suyuqligi va lizoletsitinni duodenogastral reflyuks yo‘li bilan oshqozonga tushishi yoki baʼzi bir dorilarni qabul qilish natijasida (NYaQPlar va boshqalar) rivojlanadi
;
Gastritning A tipi (autoimmun) - Oshqozonning tana va fundal qismida joylashgan asosiy bezlarning zararlanishi;
- Oshqozon shilliq qavatining tez rivojlanuvchi diffuz atrofiyasi,
- Ichki Kasl omilining yetishmovchiligi oqibatida vitamin B12 tanqisligi kamqonligi rivojlanadi.
Gastrit B tipi (bakterial) - Helicobacter Pylori taʼsiri natijasida rivojlanadi. Helicobacter Pylori asosan oshqozonning antral qismi shilliq qavatini zararlaydi;
- Oshqozon antral qismi shilliq qavati epiteliysida eroziya kuzatilib, shu bilan bir vaqtda Helicobacter Pylori ga nisbatin spetsifik antitelalar paydo bo‘ladi
Gastrit S tipi(ximik) - Gastritning bu tipi o‘t suyuqligining oshqozonga duodenogastral reflyuksi natijasida rivojlanadi. O‘t suyuqligi gastrin ishlab chiqarilishining kuchli stimulyatori hisoblanib, o‘t kislotalari esa kuchli detergent (tozalovchi) hisoblanadi va bu oshqozon shilliq qavatining himoya funksiyasini sezilarli darajada pasaytirib, uning o‘tkazuvchanligini oshiradi va uni zararlaydi. Natijada distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar rivojlanishiga olib keladi
Gastrit simptomlari - Surunkali gastrit (kislotalik oshganda): qorinnig yuqori qismida og‘riq, ochlikda kuzatiladigan va ovqat yegandan so‘ng og’riqning yo‘qolishi; zarda qaynash, kekirish, qabziyatga moyillik.
- Surunkali gastrit (kislotalik pasayganda): to‘qlik hissi; ko’ngil aynishi, kekirish, qorinning dam bo‘lishi, ich ketish; ovqat yegandan keyin epigastral sohada simillovchi og’riq, yurganda kuchayuvchi og‘riq.
Ezofagogastroduodenoskopiya (EGFDS) diagnostika
EGFDS yordamida tekshirish gastritlarni tashxislashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uning yordamida nafaqat oshqozon shilliq qavatidagi anatomik o‘zgarishlarni o‘rganish, balki uning funksional xolatini baxolash hamda ko‘rsatmalar bo‘lganda biopsiya olish va baʼzan, kasallik etiologiyasini aniqlash mumkin.
Ezofagogastroduodenoskopiya (EGFDS) diagnostika Surunkali gastritni davolash: - Hayot tarzini yaxshilash (zararli odatlarni tashlash,rejim bilan dieta qilish);
- farmakologik terapiya;
- fizioterapiya;
- fitoterapiya;
- Sanator kurort davo.
Surunkali Gastritni davolashda ishlatiladigan dori vositalari: - Antatsid dori vositalari xlorid kislota bilan bog‘lanib,pepsin aktivligini pasaytiradi (Almagel, Maaloks, fosfalyugel)
- H2-gistamin blokatorlari (ranitidin, famotidin)
- Proton pompa ingibitorlari (Omeprazol, Lansoprazol, Pantoprazol, Rabeprazol)
- Gastroprotektor dorilar (De-nol, sukralfat)
- Antibiotiklar (amoksitsillin,klaritromitsin, metronidazol)
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |