Tajriba ishi №2 termoelektrik termometrlar. Termoeyuk ni ikkilamchi asboblar bilan o’lchash



Download 417,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana15.07.2021
Hajmi417,17 Kb.
#120313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tajriba ishi 2

 

2. Suyuqlikli termometrlar 

Suyuqlikli  termometrlarning  ishlash  prinsipi  termometr  ichiga  о’rnatilgan  termometr 

suyuqligining  hajmi  harorat  kо’tarilishi  yoki  pasayishida  о’zgarishiga  asoslangan.  Suyuqlikli 

termometr  shisha  ballon,  kapillar  naycha  va  zahira  rezervuaridan  iborat.  Termometrik  moddaning 

ballon,  qisman  kapillar  naychada  va  zaxira  rezervuaridagi  bо’sh  qismi  inert  gaz  bilan  tо’ldiriladi 

yoki vakuumda bо’lishi mumkin (harorat +100 °C dan past bо’lganida). Tо’ldirilgan kapillar  yoki 

shkala  bо’linmasining  yuqori  bо’linmasidan  chiqib  turgan  kapillar  naychaning  bir  qismi 

termometrning  о’ta  qizib  ketishidan  va  buzilib  qolishidan  himoya 

qiladi. Rezervuar va kapillarning bir qismi tushirilib, о’lchanayotgan 

muhitning  harorati  Selsiy  gradusida  darajalangan  kapillardagi 

suyuqlik sathining holatiga kо’ra aniqlanadi. 

Konstruksiyasi  jihatidan  suyuqlikli  termometrlar  ikki  turga, 

tayoqcha  shaklidagi  va  shkalasi  ichiga  о’rnatilgan  termometrlarga 

bо’linadi (1 - rasm). SHkalasi ichiga о’rnatilgan termometrlarda (1-a 

rasm) kapillar naychasi ingichka bо’lib, rezervuari 1 kengaytirilgan. 

SHkala  darajalari  sut  rang  shisha  plastinka  3  da  joylashgan  bо’lib, 

kapillar  bilan  birgalikda  rezervuarga  yopishgan  qobiq  4  ichiga 

о’rnatilgan. 

Tayoqcha  shaklidagi  termometr  (1-b  rasm)  qalin  devorli, 

tashqi  diametri  6—8  mm  ga  teng  qilib  tayyorlangan  kapillar 

naychadan  iborat.  Ularning  shkalasi  bevosita  kapillarning  sirtida 

darajalanadi.  Suyuqlikli  termometrlar  orasida  eng  kо’p  tarqalgani 

simobli  termometrlardir.  Kimyoviy  toza  simob  termometrik  modda 

sifatida  qator  afzalliklarga  ega:  haroratlarning  keng  oralig‘ida 

suyuqlik  bо’lsa-da,  u  shishani  hо’llamaydi,  toza  holatda  esa  oson 

olinishi mumkin. Simobning kengayish koeffitsienti kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning 

kamchiligi hisoblanadi, bu esa termometrlarning kapillari ingichka qilib tayyorlanishini talab etadi.  

Simobli termometrlarning о’lchash chegarasi -35°C

+600 °C. 



Normal  sharoitda  simobning  qaynash  harorati  356,58  °C  ni  tashkil  etishini  inobatga  olsak, 

yuqori haroratlarni о’lchash uchun mо’ljallangan termometrlarda simobning va kapillar naychaning 

ustidagi bо’shliq joy odatda inert gaz bilan tо’ldiriladi. Simobdan tashqari, shishali termometrlarda 

termometrik modda sifatida metil va etil spirti, kerosin, petroley efiri, pentan kabi organik moddalar 

ham ishlatiladi. 

Organik termometrik suyuqliklardan iborat shisha termometrlar asosan -200 °C dan +200 °C 

gacha  harorat  intervalida  ishlatiladi.  Ammo  bu  suyuqliklar  shishani  hо’llaydi  va  shuning  uchun 

diametri nisbatan katta kanalli kapillarlarni ishlatishni talab qiladi. 

Suyuqlikli shishali termometrlarning afzalliklariga о’lchashning yuqori aniqligi, soddaligi va 

arzonligi  kiradi.  Kamchiliklari  shkalaning  nisbatan  yomon  kо’rinishi,  kо’rsatuvni  amalda  uzoq 

masofaga uzatib bо’lmasligi sababli ularning avtomatik qayd qilib bо’lmasligi hamda sinishi tufayli 

termometrlarni ta’mirlab bо’lmasligidir. 

Hozirgi vaqtda shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi. 

1. Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlar. 

2. Tayoqcha ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari. 

3. Suyuqlikli tayoqchali (simobli emas) termometrlar. 

4. Simobli yuqori aniqlikli va namunali termometrlar. 



 

5. Simobli elektr kontaktli termometrlar. 



 

Maxsus  termometrlar:  tibbiyot  (maksimal),  meteorologik  (maksimal,  minimal, 

psixometrik, tuproqqa oid va h.k.) va boshqa maqsadlarga mо’ljallangan turlari. 

Texnik  termometrlarning  yо’l  qо’yiladigan  xatoliklari  shkalaning  bо’linmasidan  ortmasligi 

lozim.  


Download 417,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish