TAJRIBA ISHI № 1.
MIKROIQLIM SHAROITI KO‘RSATGICHLARINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi:
Ish joylarida mikroiqlim ko‘rsatkichlarini asboblar yordamida o‘lchash va ularni sanitariya me’yorlari bilan solishtirib tahlil qilish usullarini hamda asboblar bilan ishlash tartibini talabalarga o‘rgatishdan iborat.
Bajarish uchun topshiriqlar
1.Mikroiqlim ko‘rsatkichlariga kiruvchi, havoning harorati, nisbiy namligi, va uning harakat tezligi hamda atmosfera bosimi kabi atamalarni fizik mohiyatini tushunib olish;
2.Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchash asboblari bilan tanishish va ularni tajribada qo‘llashni o‘rganish;
3.Tajriba sharoitida psixrometr yordamida havoning haroratini va nisbiy namligini aniqlash;
4.Animometr yordamida ish joylarida havoning harakat tezligini aniqlash;
5.Tajriba natijalarini sanitariya me’yorlari bilan solishtirib tahliliy xulosa qilish;
6.Xonadagi havoning mo‘‘tadil ekvivalent haroratni aniqlash va berilgan tartibda hisobot tayyorlash.
Nazariy qism
Qurilish korxonalarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi sharoitlar bilan ta’riflanadi: havoning harorati, nisbiy namligi, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimi.
Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish uchun, me’yoriy iqlim sharoitlarini yaratish muhim rol o‘ynaydi. Ish joylarida mo‘‘tadil iqlim sharoiti, sanitariya me’yorlari va GOST 12.1.005-88 bilan quyidagi ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi:
a) bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasi;
b) ishchi muhitda havoga ajralib chiqayotgan muayyan issiqlik va namlik miqdorlari va havoning harakat tezligi yil fasllarining iqlimiy ko‘rsatkichlariga mos ravishda me’yorlanadi.
Binoda mu’tadil mikroiqlim sharoitini yaratish uchun undagi iqlim ko‘rsatkichlari sanitariya talablariga mos kelishi shart. Bunday sharoitda odam organizmida harorat almashinish jarayoni ko‘p quvvat sarflashni talab qilmaydi va yurak-qon tomir tizimi zo‘riqmasdan ishlaydi. Buning natijasida inson tanasining harorati uni o‘rab turgan havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar 36,6oS miqdorida o‘zgarmay saqlanib turadi.
Organizmdan ajralib chikarayotgan issiklik mikdori uni o‘rab turgan muxitning issiqlikni yutish ehtiyojiga mos tushishi lozim. Agar mexnat jarayonida muxitning xarorati, havoning nisbiy namligi va bosimi hamda harakatlanish tezligi sanitariya me’yorlari talabiga mehnatning turiga mos ravishda mutanosib bo‘lsa, ya’ni organizmda charchoqni kechikib kelishini ta’minlasa, bunday mikroiklim sharoiti «komfort», ya’ni eng qulay sharoit hisoblanadi. Ish joylaridagi mehnat sharoiti rasm 11 da keltirilgan nomogrammadan foydalanib aniklash mumkin, u asosan quruq va nam termometrlarning ko‘rsatkichlari yordamida havoning tezligini qanday tanlash mumkinligini belgilab beradi. Inson o‘zini yaxshi xis qilishi, yuqori mehnat unumdorlik berish uchun qo‘yidagi shart-sharoit mavjud bo‘lishi kerak . Havo xarakati 12-20 S da havoni, nisbiy namligi 40-60 %, havoni xarakat tezligi 0,2-0,5 m/s bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Meteriologik sharoit kishi organizmiga ta’sir qilib, bu ta’sir termoregulyasiya jarayonini sodir bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon kishi organizmi va atrof muhit o‘rtasida teng muvozanatlik sodir qilish xarakatida organizdan qo‘shimcha energiya (quvvat) sarflashni talab qiladi. Bu esa mehnat qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Inson tinch holatda o‘rtacha 2400-2700 k.kal/kun issiqlik sarflab, bu issiqlik ovqat, ichimlik va havoga sarflanadi. Mehnat qilayotgan ishchi esa 6000 k.kal/kun ga teng issiqlik sarflaydi. Bu esa bajarilayotgan ish turiga va muhitga bog‘liqdir.
Jismoniy mehnat qilishda organizmda qo‘shimcha issiqlik ishlab chiqarilishi natijasida, issiqlik chiqarish qiyinlashadi va bu sharoitda qon tomirlarning ish rejimi o‘zgaradi, ularni badanning yuqori qismidagilari kengayadi va qon ichkariga qarab harakat qila boshlaydi. Buni natijasida chiqariladigan, o‘tkaziladigan va bug‘lanish natijasida boriladigan issiqliklar nisbati o‘zgaradi. Bu nisbatni aniqlash murakkab masaladir.
Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda engillik va kuch-quvvatni oshiradi.
Havoning nisbiy namligi deb, havoni suv bug‘lari bilan to‘yinish darajasiga aytiladi va u mutloq namlik qiymatini quruq termometr ko‘rsatgan maksimal qiymatga nisbatini foizdagi ifodasi bilan aniqlanadi, Namlikni aniqlash uchun psixrometr tekshirilayotgan nuqtacha poldan 1,5 m balandlikda osib qo‘yiladi. Asbob ko‘rsatgan raqamlar yoz kunlar 4-5 minutdan keyin kishda esa 15-20 minutdan so‘ng yozib olinadi.
Absolyut namlik qo‘yidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
bu erda Rn - nam termometr haroratidagi suv bug‘larining
maksimal kuchlanishi;
- quruk termometrning ko‘rsatgichi 0S;
- nam termometrning harorati 0S;
V - namlik aniqlanayotgan vaqtdagi barometr bosimi, mm.sm. ustunni 0,5- doimiy psixrometrik koeffitsienti;
Nisbiy namlik qo‘yidagi formula yordamida aniqlanadi
bu erda: Ra - absolyut namlik;
- quruq termometr haroratidagi suv bug‘larining maksimal kuchlanishi
Xavoning absolyut va maksimal namligi ma’lum xaroratdagi suv bug‘larining xavodagi bosimini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |