Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


O‘quv-metodik topshiriqlar



Download 0,66 Mb.
bet36/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

O‘quv-metodik topshiriqlar


  1. Psixolingvistikaning tadqiqot obyektini aniqlang.

  2. Ingliz tili oʻrgatish metodikasida til va nutq tushunchalari qanday farqlanadi?

  3. Nutqning tashqi va ichki tomonlarini aniqlashtiring.

  4. Ingliz tili oʻrgatishda qanday psixik jarayonlarni hisobga olinadi?

  5. Ongning muayyan obyektga yoʻnaltirilganligini bildiradigan psixik faoliyat shakli qanday nomlanadi?

  6. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar uchun nutqiy faoliyat vaositasi nima va u qanday talqin etiladi?

  7. Oʻquvchilarning ingliz tilidagi nutqini rivojlantirishda qiyinchiliklarning oldini olish usullarini aniqlang.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar


    1. Зимняя И.А. Психология обучения иностранным языкам в школе.

  • М.: Просвещение, 2001. – 228 с.

    1. Синельников А. П. Психология обучения иностранным языкам. – Х.: Основа, 2009. – 128 c.

    2. Dorney Z. The Psychology of the Language Learner: Individual Differences in Second Language Acquisition. – NJ.: Taylor & Francis e-Library, 2008. – 270 p.

    3. Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p.

    1. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning yoshga oid hususiyatlari




Kalit so‘zlar: bilish jarayonlari, tafakkur, diqqat, qisqa (uzoq) muddatli xotira, egosentrik nutq, ko‘rgazmalilik, analizator, turg‘un birikma, muloqot modellari

XXI asr – intellektual avlod asrining kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan xarakterli jihatlari ko‘p. Bugungi davr bolalari qobiliyat, zehn-zakovat, tirishqoqlik borasida ustunlik qilishadi. Ya’ni bolalar juda erta yoshdan intellektual imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga intilishadi va o‘zlariga nisbatan kuchli e’tibor talab qilishadi, atrofdagi olamni tezroq anglashga urinishadi. Kichik maktab yoshidagi bugungi davr(indigo) bolalari o‘zlarining giperfaolligi va o‘ta ta’sirchanliklari bilan o‘tgan asrdagi tengdoshlaridan farq qilishadi. Bunday giperfaollik natijasida bolalar kinestetik, tez toliqadigan va diqqatni jamlab, ma’lum nuqtada uzoq saqlab tura olmaydigan bo‘lib qolishgan.


Bugungi davr bolalari tug‘ma o‘tkir zehn sohiblari bo‘lib, ular axborot olishga juda o‘ch. Agarda ularning axborot qabul qilishga kuchli ehtiyojlari vaqtida qondirilmasa, ular injiq va jahldor bo‘lib qolishadi. Axborotga o‘chlik televizor va kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirilishi natijasida shakllangan. Ayniqsa, reklamalar
dinamik va zich axborot taqdim etish xususiyati bilan bolalar e’tiborini ko‘p tortadi.
Bugungi davr bolalarida uzoq muddatli xotira qisqa muddatli xotiraga nisbatan mustaxkamroq bo‘ladi. Bunday layoqat bolalarga kompyuter texnologiyalari asridagi yuqori axborot tezligi oqimida ortda qolib ketmasliklari va katta miqdordagi axborotni operativ qabul qilib uni tez fursatda qayta ishlashlari uchun inom etilgan.
Zamonaviy metodik adabiyotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini nimani qila olmasliklariga emas, balki nima qila olishlari mumkinligiga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilini o‘rganishdagi asosiy ustunligi ular mazkur predmetni o‘rganishda ikkilanmaydilar, ya’ni ularda jur’at yuqori bo‘lib, mavjud ijtimoiy nutq vaziyatlarida obro‘sizlanib qolishdan cho‘chishmaydi. Ular ingliz tilini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun yaxshi shakllangan instinktlar, til tajribalari va o‘zlariga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, 1-2 sinf o‘quvchilari:

    • til qonuniyatlarini bilmasalar-da, undan foydalana olishadigan;

    • xato qilishdan cho‘chimaydigan va ular ustida ishlashga tayyor;

    • ona tilidagi intonatsiya turlaridan to‘g‘ri foydalana oladigan;

    • imo-ishoralar, yuz ifodalari va qo‘l harakatlarni to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmasi shakllangan;

    • so‘z ma’nosini to‘liq tushunmasalar-da, u kasb etadigan mazmunni yaxshi fahmlab oladigan;

    • chegaralangan miqdordagi leksik zaxiradan kreativ (ijodiy) foydalana oladigan, tashabbusli nutq hosil qila oladigan, suhbatlashishni yaxshi ko‘radigan;

    • serg‘ayrat, harakatchan, ishonuvchan, tasavvuri boy, ta’sirchan, maqtovsuyar, quvnoq va har bir mashg‘ulotdan zavq olish usullarini topa oladigan;

    • o‘zgalar nutqiga taqlid qiluvchan;

    • diqqatni ma’lum nuqtada uzoq muddat ushlab tura olmaydigan, qisqa muddatli xotiraga ega, egosentrik nutqi yaxshi rivojlangan;

    • ayni paytda o‘zlari bajarayotgan, bajargan yoki ko‘rgan va eshitgan narsalari haqida gapira oladigan;

    • til materialini yaxlit o‘zlashtirishni afzal ko‘radigan bo‘lishadi.

1-2 sinf o‘quvchilarini 3-4 sinf o‘quvchilaridan farqlash mumkin. 3-4 sinf o‘quvchilari 1-2 sinf o‘quvchilariga nisbatan psixologik va fiziologik jihatdan yetukroq bo‘lishadi. 1-2 sinf o‘quvchilari ko‘proq yolg‘iz o‘ynashni yoqtirishadi va o‘z narsalarini boshqalar bilan baham ko‘rishni istashmaydi. 3-4 sinf o‘quvchilari esa jamoaviy o‘yinlarda faol ishtirok etishni yoqtirishadi va ularda egoizim susaya boshlaydi (jadvallarga qarang):

  1. jadval.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish