Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tafakkur jarayonlari, va tafakkur turlari


Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud



Download 75,66 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2022
Hajmi75,66 Kb.
#681167
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-Ma'ruza

Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. Shu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. Chunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi.
Satoshi Kanazawa (2004) argues that general intelligence evolved as a form of in­telligence that helps people solve novel problems—how to stop a fire from spreading, how to find food during a drought, how to reunite with one's band on the other side of a flooded river. More common problems—such as how to mate or how to read a stranger's face or how to find your way back to camp—require a different sort of intel­ligence. Kanazawa asserts that general intelligence scores do correlate with the ability to solve various novel problems (like those found in academic and many vocational situations) but do not much correlate with individuals' skills in evolutionarily familiar situations—such as marrying and parenting, forming close friendships, displaying so­cial competence, and navigating without maps.2
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.
R. Shtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan:
Masalani echishda akademik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi.
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. Shunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik mezonlaridan biri – bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir [3].
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir. Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi tomonidan muammo yechimining a3nglanganligi nazarda tutiladi.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi.
Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir.[410]
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan.

  1. Shaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.

  2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.

  3. Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish mumkin. YA’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi qat’iylikda deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.

  4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb javob bergan.

  5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.4[3]

Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi.

Download 75,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish