«taekwondo va sport faoliyati» fakulteti


Gandbol o‘yinining kelib chiqish tarixi



Download 123,59 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2022
Hajmi123,59 Kb.
#532414
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy gandbol

2. Gandbol o‘yinining kelib chiqish tarixi.


1904 yili birinchi bo‘lib Daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili Kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi. 11 kishidan tashkil topgan jamoaviy gandbol o‘yini 1917-1919 yillarga to‘g’ri keladi. U paytda futbol va basketbol o‘yinlari birlashtirilib, qizlar uchun mo‘ljallangan o‘yin o‘ylab topilgan, ushbu yangi o‘yinni dunyo bo‘yicha tarqalib, mashxur bo‘lib ketishini xech kim tasavvur xam qilmagan edi. Dastlab maydon o‘lchami 20x40 metr, darvoza o‘lchami eniga 2 metr, bo‘yiga 2.10 metr bo‘lgan. To‘pning aylanasi 68-70 sm bo‘lgan. To‘p bilan yugurish va to‘p uchun kurashishga ruxsat etilmagan. Keyinchalik o‘yin qoidalariga atletik tavsif beruvchi o‘zgartirishlar kiritildi. Maydon o‘lchamlari futbol o‘yini maydoni o‘lchamiga tenglashtirildi, darvoza esa 5 x 2,5 o‘lchamiga, keyinchalik futbol o‘yini darvozasi o‘lchamiga yetkazildi. 1923 yilda musobaqa qoidalariga yangi o‘zgartirishlar kiritildi, “uch qadam” va “uch soniya” kabi o‘zgartirishlar keyinchalik o‘yin tempini oshishiga sabab bo‘ldi. 1926 yilda Gaagada Xalqaro havaskor atletlar sport federatsiyasining kongressida maxsus komissiya tashkil qilindi, uning vazifasi keyinchalik ushbu sport turini rivolantirish va ommaviylashtrishdan iborat edi. Shundan keyin gandbol boshqa sport turlari kabi dunyo bo‘yicha rivojlana boshladi. 1928 yilda Amsterdamda Xalqaro xavaskorlar gandbol federatsiyasi (IAGF) tashkil qilindi. Dastlab federatsiyaga 11 ta davlat a’zo bo‘lgan, 2 yildan keyin 20 davlat kirgan, xozirda Xalqaro gandbol federatsiyasiga (IGF) 123 ta davlat a’zo bo‘lib, dunyo bo‘yicha shug’ullanuvchilar soni 7 milliondan oshib ketgan. 1936 yilda gandbol olimpiya sport turlari qatoriga kiritildi. Olimpiya musobaqalari davrida Xalqaro havaskorlarning IV kongressi bo‘lib o‘tdi, unda 1938 yilda Germaniyada 7x7 va 11x11 gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon birinchiligi o‘tkazilishi belgilandi. Ikkala birinchilikda xam nemes jamoalari chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Ikinchi jahon urishi barcha sport turlari kabi gandbolni ham rivojlanishini to‘xtatib qo‘ydi. Xavaskorlar federatsiyasi ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Urish tugashi bilan 1946 yilda yangi Xalqaro gandbol federatsiyasi IGF tashkil topdi va o‘yin rivojlanishiga katta burilish yasadi. Ushbu federatsiyaning ta’sis kongressida o‘yin qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi va erkaklar o‘rtasida 11x11 gandbol o‘yinining jaxon birinchiligi o‘tkazilishi belgilandi. 1948 yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida 12 ta jamoa qatnashib, Shvesiya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallashdi. 1949 yil Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasida jahon birinchiligida Vengriya terma jamoasi hammadan kuchli ekanini isbotladi. Keyinchalik jahon birinchiligi xar to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilishi qabul qilindi. Hammasi bo‘lib 11x11 gandbol o‘yini bo‘yicha 7 ta erkaklar va 3 ta ayollar jaxon birinchiligi o‘tkazilgan. 7x7 gandbol o‘yinining rivojlanishi “katta gandbol” o‘yini bilan bir vaqtning o‘zida paralell ravishda bo‘lgan. Birinchi xalqaro qoidalar 1934 yilda qabul qilingan. “Kichik gandbol” ayniqsa skandinaviya davlatlari sportchilarida ko‘proq qiziqish uyg’otdi. 1936 yilda Daniya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Daniyaliklar g’alaba qozonishdi. Xalqaro gandbol federatsiyasi 11x11 gandbol o‘yinini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, ammo ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish kamayib “kichik gandbol” rivojlana boshladi. 1954 yilda faqatgina 4 jamoa o‘zaro baxslashishdi, bunda mezbonlar g’alaba qozonishdi. 7x7 gandbol o‘yini bo‘yicha birinchi jahon birinchiligi 1957 yili ayollar o‘rtasida Yugaslaviyada ochiq maydonda o‘tkazildi. Chexoslavakiya terma jamoasi g’alaba qozonishdi. 1936 yil Berlindagi XI olimpiada o‘yinlarida 6 ta erkaklar jamoalari musobaqalashdilar. Keyingi olimpiya o‘yinlarida gandbolchilar qatnashmadilar, chunki musobaqa dasturlariga gandbol sport turi kirilmagan edi. Faqatgina 1972 yili Myunxen shaxrida bo‘lib o‘tgan XX Olimpiyada o‘yinlarida musobaqa dasturiga erkaklar jamoasi kiritildi. 1976 yilda esa Monreal shaxrida XXI Olimpiada o‘yinlariga ayollar jamoalari xam kiritildi. Gandbol rivojlanish tarihini bir qancha davrga bo‘lish mumkin: 1898-1941 yillar – o‘yinning paydo bo‘lishi, tarqalishi va tashkil topishi; 1946-1957 yillar – asosan 11x11 gandbol o‘yinining rivojlanishi; 1957-1972 yillar – 7x7 gandbol o‘yining ommalashuvi; 1972 yildan keyin – o‘yinning butun dunyo bo‘ylab ommaviylashuvining zamonaviy davri.

Download 123,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish