Majlis kotibi: Mamajanova s qatnashdilar: shtat ro‘yhati bo‘yicha barcha kafedra a’zolari Qatnashmadilar



Download 23,24 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi23,24 Kb.
#186634
Bog'liq
1 март протокол


Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasining navbatdan tashqari yig‘ilish
BAYONNOMASI
01. 03. 2021. Guliston sh.

Majlis raisi: dots.Abduvohidov A

Majlis kotibi: Mamajanova S

Qatnashdilar: shtat ro‘yhati bo‘yicha barcha kafedra a’zolari

Qatnashmadilar: yo‘q

Kun tartibi:

1.Besh tashabbus doirasida “Yoshlar festivali” ni o‘tkazilganligi to‘g‘risida


Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri A. Abduvohidov so‘zga chiqdi.

Eshitildi: bugungi ijtimoiy-va iqtisodiy hayotimizdagi izchil rivojlanishi jarayonida faol ishtirok etish, zamon bilan hamnafas bo‘lish, yoshlar va ularni rag‘batlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Prezidentimiz Sh. Mirziyov tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni bandligini ta’minlash hamda talaba yoshlarni bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish, ularni bilim va malakalarini oshirib borish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faolligini oshirish va besh tashabbus doirasida tadbirlar tashkil etish odat tusiga kirib bormoqda.

1 mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabalari ishtirokida besh tashabbus doirasida “Yoshlar festivali” o‘tkazildi. Tadbirda barcha professor-o‘qituvchilar faol ishtiroki ta’minlandi. Ya’ni, har bir kurator o‘z guruhi bilan “Shahmat-shashka” musobaqasi, qizlar o‘rtasida “Pazandachilik” tanlovini va “OSh” tanlovida faol ishtirok etdi. Ularga minnatdorchilik bilidiramiz.

Tadbir dastlab universitet “Ma’naviyat - ma’rifat markazi ” da o‘qituvchilar Mamajanova S, O‘razmatov J va Zikriyaev Fahriddinlar ishtirokida talaba qizlar va o‘g‘il bolalar ishtirokida “Shahmat va shashka” bo‘yicha musobaqasi uyushtirildi. Musobaqada 40 dan ortiq talabalar qatnashdi. Musobaqani yakunida quyidagi natijalarga erishildi.

“Shahmat” bo‘yicha talaba qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin-Ahmadova Orzigul (70-19 guruh)

2-o‘rin-Amanboeva G (110e- 20 guruh )

3-o‘rin- Hazratova D (96-20 guruh) hamda

“Eng faol shahmatchi qiz” nominatsiyasida “ Do‘sboeva D” (61-18 guruh) lar g‘olib bo‘ldilar.

“Shahmat” bo‘yicha “O‘g‘il bolalar” o‘rtasida::

1-o‘rin- Qurbonaliev Bahtiyor (70-19 guruh)

2-o‘rin- Rajabov Rajabali (68-19 guruh)

3-o‘rin- Ibodullaev Sh (68-19)

Eng faol shahmatchi talaba nominatsiyasida Alimjanov A ( 70-19 guruh) lar g‘olib bo‘ldilar.

“Shashka” talaba qizlar bo‘yicha ::

1-o‘rin- Ergasheva Z ( 78-20 guruh)

2-o‘rin- Jo‘raboeva M (78-20 guruh)

3-o‘rin- Mirzahmedova S (78-20)

“Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida Esonova G ( 71-19 guruh) lar g‘olib bo‘ldilar.

Tadbirni ikkinchi qismi guruhlar kesimida talaba qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Pazandachilik” tanlovi bilan davom ettirildi va quyidagi natijalarga ega bo‘lindi:

1-o‘rin- 70-19 guruh talaba qizlari

2-o‘rin- 72-19 guruh talaba qizlari

3-o‘rin- 71-19 guruh talaba qizlari g‘olib bo‘ldilar.

“Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida 81e-20 guruh, g‘olib bo‘ldilar

.
Tadbirni uchinchi qismi “Iqtisodiyot” va “Menejment” yo‘nalishlari guruh talabalarini qamrab olgan holda “OSh” tanlovi tashkil etildi.Tanlovda talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. “Yoshlar festivali” bahor bayramiga aylanib, o‘zgacha muhit kasb etdi.

Tanlov yakuni bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:

1-o‘rin- 80-20 guruh , oshpaz Raimov Nasibullo

2-o‘rin- 71-19 guruh , oshpaz Habibullaev Abdujabbor

3-o‘rin- 70-19 guruh, oshpaz Murodov Shohruh

“Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida 78-20 guruh, Alisherov Abduhamidlar g‘olib bo‘ldilar.

Tadbir uyushqoqlik bilan yuqori saviyada va birdamlik bilan o‘tkazildi. Tadbirga universitet rektori M. Hodjievt va fakultet dekani Z. Zikriyaevlar tashrif buyurishdi. Talabalarni bahor bayrami bilan tabrikladi, talaba yoshlarni yuzidagi g‘ayrat –shijoatni ko‘rib doimo ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bayon qildi. “Yoshlar festivali” Sirdaryo viloyat televideniesi tomonidan tasvirga olindi. Tadbir yakuni talabalar uchun musiqiy hordiq bilan tugallandi.

.Bunday tadbirlarni yanada jonlantirish, talaba yoshlar bilan ishlashni uzluksiz davom ettirish bugunnning talabidir.



“Yoshlar festivali”ni o‘tkazilishi bo‘yicha dots. A. Burhonov va O. Sattorqulovlar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

QAROR QILINDI:

  1. “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri A. Abduvohidov ahboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” yuqori saviyada o‘tkazildi deb hisoblansin.



Yig‘ilish raisi: Abduvohidov A
Kotib: Mamajanova S


Download 23,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish