O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI FAKULTETI
TAEKVONDO NAZARIYASI VA USLUBIYATI
FANIDAN
O‘smir va yosh Taekvondochilarni taktik tayyorgarligi
MAVZUSIDA
KURS ISHI
BAJARDI: G‘anijonov Abubakr
ILMIY RAHBAR: Po‘latov laziz
Toshkent-2022
MUNDARIJA:
Kirish ………………………………………………………………………..…....3
I BOB Taekvondochilarning aqliy va ruhiy tayyorgarliklari
1.1 Taekvondochilarning intellektual tayyorgarligi.......................................... 6
1.2 Taekvondochilarning ruhiy tayyorgarligi ………………..……..……… 11
II.BOB. O‘smir va yosh Taekvondochilar uchun Taekvondo texnikasi
2.1 Taktikaning umumiy asoslari …............................................................ 15
2.2 Taktika va texnikaning umumiy bog‘liqligi…………………............... 24
Xulosa……………………………………………………..……..………………. 31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………….…………..….....................33
Kirish
T aekvondochilarni jismoniy rivojlantirishda Taekvondo usullaridan foydalanib ruhiy va jismoniy kamolotga erishish. Taekvondochilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda tiklanish vositalaridan foydalanish, yuqori pedagogik texnologiyalardan foydalanib, yosh avlodga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish.
Taekvondochilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni o‘rgatishda maktab, oliy o‘quv yurti, maxalla sport zallaridan foydalanish. jismoniy rivojlantirish jarayonida ish qobiliyatlarini oshirishda turli tiklanish vositalarini qo‘llash va ulardan foydalanish.
Mana shu qisqa vaqt ichida mamlakatimizda bir qancha yutuqlar va ijobiy o‘zgarishlar qo‘lga kiritildi.
Mamlakatimizda tinchlik va do‘stona munosabatlar qo‘lga kiritildi, sportni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar va kerak bo‘lsa jismoniy tarbini rivojlantirish to‘g‘risida hukumatimiz boshchiligida qonunlar ishlab chiqildi, amalda qo‘llanmoqda ham.
Sportchilar erishayotgan bu yutuqlar mamlakatimiz rahbari daldasi va metin irodali xalqning ishonchi tufaylidir. Sportchilarimiz jaxonning turli burchaklarida bo‘lib o‘tgan, o‘tayotgan barcha nufuzli musobaqalarda qatnashmoqdalar, qatnashib qolmay shoxsupaning yuqori pog‘onasidan joy egallab kelmoqdalar.
Respublikamizda barcha sport turlari singari sharq yakka kurash turlariga ham keng yo‘l ochib berilgan. Hozirda Respublikamizning turli xududlarida “Taekvondo” , “Karate”, “Ushu”, “Aykido” va boshqa turlari rivojlanmoqda.
Bir qancha yutuqlarga erishdilar. Masalan: Taekvon-do (vtf) bo‘yicha 166 ta milliy terma jamoalar ichida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta kuchlilar komandasiga kiradi.
2014 yil o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida bronza medal va o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiada yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.
Bu esa barcha mutaxassislarni yurtimizga bo‘lgan qiziqishni va tashriflarni oshirdi. Bu kabi yutuqlarimiz juda ko‘p, hozirgi kunga kelib mavjud barcha Taekvondo federatsiyalari mavjud va bular jahon federatsiyalariga a’zo.
Taekvondo sport turi avvalo insonni kamolotga yetkazuvchi, shaxsni tarbiyalovchi. Atrof-muhitga e’tiborli ma’naviy va madaniy yetuk insonlar tayyorlaydi.
Taekvondo sport turi eng avvalo jang san’ati. Sport salomatlashtirish, davolash, gimnastika, psixotrening, falsafa, dovyuraklilik, vatanparvarlik kabi tushunchalar tushuniladi. Qizig‘i shundaki bu jang san’at turlarining ayrim mashqlarini ta’lim tarbiyada va ishlab chiqarish gimnastikasi vazifasida ham qo‘llash mumkin.
Taekvondo sport turida mavjud bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, inson ongini rivojlantiruvchi tizim boshqa sport turlarida bunchalar yuqori darajada emas .
Shu sababli ham har bir o‘z salomatligi haqida qayg‘urayotgan yoki farzandlari va barchalari uchun butun dunyodagi Taekvondo sport turi bilan shug‘ullanishlarini maslahatlar bergan bo‘lardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |