Taekvondo va sport faoliyati fakulteti


I-BOB. Taekvondochilarning aqliy va ruhiy tayyorgarliklari



Download 315,31 Kb.
bet2/6
Sana12.01.2023
Hajmi315,31 Kb.
#899059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taekvondo va sport faoliyati fakulteti (1)

I-BOB. Taekvondochilarning aqliy va ruhiy tayyorgarliklari
1.1 Taekvondochilarning intellektual tayyorgarligi
Sport faoliyati u bilan bevosita aloqador xodisalarni anglab turishga hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday salohiyat bo‘lmasa, bunday yirik maqsadlarga erishish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Hiyla tajribaga ega bo‘lgan va muvaffaqiyatli ish olib borayotgan murabbiylar sportchini intellektual jihatdan tarbiyalashni aniq maqsadni ko‘zlagan holda rejalashtirish va rejadagi ishlarni amalga oshirishga allaqachon kirishib ketganlar, chunki ular intellektual tayyorgarlikni ajralmas qism deb hisoblaydilar. Shu munosabat bilan quyidagi ikki vaziyatni alohida ajratib ko‘rsatadilar.
Sportchining hulq-atvori, uning to‘g’ri dunyoqarashi faqat shunday bir vaqtda shakllanadiki, buning uchun u har doim to‘g’ri dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqmog’i kerak.
Hozirgi zamon sport yutuqlari darajasi ortib borgan sari intellektga (aql idrokona, tafakkurga, zakotga) qo‘yiladigan talablar ham tobora sezilarli shaklga kirmoqda: hamda odatiy tamoyillariga aylanmoqda. Buning oqibatida sportchining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish sport sohasida amalga yetib takomillashishining 1 darajali vazifasiga aylanib bormoqda.
Sportdagi intellektual talablar darajasi quyidagi omillar bilan tavsiflanadi:
-mashg’ulot jarayoni ob’ektiv qonunlar bilan belgi lanadi. Sportchi yuksak qobiliyatga erishmoq uchun katta yuklamalar zarur ekanligini tushunishi uchun bu qonuniyatlarni bilishi shart, yuksak ko‘rsatkichlarga erishish yo‘lini belgilab beruvchi ko‘p qirrali aloqalarni izlab topishi hamda mashqda mustaqil ravishda ijobiy tarzda o‘tkaza olishi kerak;
-yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, yuksak sport yutuqlariga erishish sportchidan oldindan o‘ylab ko‘rilgan, rejala shtirilgan taktik tayyorgarlik ko‘rishni (taktik konsepsiyasi) taqozo etadi.
-agar intellektual salohiyatlar o‘sib, o‘zining yuqori darajasiga erishsa, taktik konsepsiya (bilimlar tizimi) va uning amalga oshirilishi muayyan sharoitlarda talabning hal qiluvchi omiliga aylanadi.
Sport natijalarining qo‘lga kiritilishi sportchi intellekti rivojlanishiga ko‘p jihatdan bog’liq bo‘lib boradi. Biroq sportchi intellektual jihatdan qay darajada faol bo‘lsa, uning intellektual salohiyati ham o‘sha darajada rivojlanadi. SHuning uchun ham sportchini tayyorlash sohasida maxsus tarzda tashkil etilgan hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda intellektual tayyorgarlik ishlarini olib borish zarur.
Sporchining intellektual qobiliyati tarkibi (uning tarkibiy qismlari) quyidagilardan iboratdir:
«fikriy material» bilan ishlash.
Fikriy materialga bilim (nazariy taktika va shunga o‘xshashlar), maxsus til materiali (puxta yo‘riqnomalar) hamda ko‘rgazmali tafakkur materiali sifatida qabul qilinadigan tushunchalar (masalan xarakat jarayoni to‘g’risidagi tasavvurlar) kiradi. Sportchini tafakkur material sifatida ishlashga maxsus tarzda o‘qitish zarur.
- idrok etishga bo‘lgan qobiliyat.
Kuzatuvchanlik va idroklilik sifatining intellektual qobiliyatidagi muhim tarkibi sifatida sport-tayyorgarlik jarayonida tarbiya predmeti bo‘lib xizmat qiladi. SHu munosabat bilan mashg’ulotlar jarayonida sportchi oldiga kuzatish bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlaydigan vazifalarni qo‘yish, mustaqil idrok etishga va idrok etilgan masala yuzasidan bir qarorga kelishga e’tiborni qaratish, sportchining idrok etadigan narsalarini muhim va unchalik ahamiyatli bo‘lmagan qismlarga ajratib tabaqalashga (farqlashga) o‘rgatib borish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni va har birining ahamiyatini belgilab berish zarur.
xotira va tafakkur izchilligi.
Sportchi sport mashg’ulotlaridan olgan bilimlari asosida (mazkur sharoitda yoki boshqa bir vaziyatda) qaror qabul qiladi va mana shu qaror asosida mantiqiy izchillik bilan o‘z bilimlaridan foydalanadi;
- sport harakatlarini bajarish jadalligi;
Sport qobiliyatlarining ushbu tarkibi asosida axborotlarni qayta ishlashning yuksak sur’ati, kuzatish natijalarini (kuzatuv) musobaqalashish vaziyati talabiga javob beradigan tarzda amaliy harakatga aylantirish;
Sportning yuqorida nomlari aytib o‘tilgan intellektual qobiliyatiga barcha komponentlaridan muvaffaqiyatli ravishda foydalanish, mashg’ulotlar va musobaqalarda sportchining diqqat-e’tiborini sport malakalarining hal qilinishiga mujassamlashtirilgan sharoitdagina erishish mumkin.
Intellektual qobiliyatlarning tarbiyalanishi
Umumiy tarbiya nazariyasidan shu narsa ma’lumki, aql idrok sifatlarining rivojlantirilishi (aql idrokning kengligi va boshqa sifatlar) faqat ma’lum bilimlar majmuini to‘plash orqaligina qo‘lga kiritilmay, balki ko‘proq darajada o‘sha bilimlarni ijodiy yondashuv talab qilinadigan amaliy faoliyatga tatbiq etish orqaligina qo‘lga kiritiladi. Sport faoliyati o‘zining turli shakllarida (sport turlarida) sportchidan maxsus intellektual qobiliyatlarni talab qiladi.
Xususan, u tezkor taktik tafakkur deb ataladigan qobiliyatni taqozo etadi, bu qobiliyat, ayniqsa, sport o‘yinlari va yakkama-yakka olishuvlarda qo‘l keladi. YAngi-yangi harakat modellarini shakllantirish (gimnastika, akrobatika va shunga o‘xshash sport turlarida), tahlil qilish va tuzish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Intellektual tayyorgarlikning amaliy asosini sport texnikasi, taktikasini o‘rganish va takomillashtirish tashkil etadi. Aniqroq qilib aytganda, maxsus ruhiy, irodaviy va jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida paydo bo‘ladigan ijodiy xususiyatdagi va bir-biriga o‘xshab ketadigan masalalarning xal qilinishi intellektual tayyorgarlik negizini tashkil etadi. Lekin bu hali yetarli emas. Intellektual ijodiy faollikni tarbiyalash uchun yuqorida sanab o‘tilgan omillardan tashqari, yana bilimlar tizimi hamda mashg’ulotlarni tashkil qilish usullari ham zarur. Bunday mashg’ulotlar sportchilarni eng oddiy tahlil qilish qobiliyatini ijodiy tarzda namoyon etishdan boshlab, g’oyat murakkab masalalarni yechish yo‘llarini izlab topish singari faoliyatiga otlantiradi. Bu vazifalar sportning amaliy musobaqalashish faoliyati modelini ishlab chiqish va uni tahlil qilish bilan bog’liq holdagi murakkab vazifalar bo‘ladi.
Intellektual qobiliyatlarni tarbiyalashning shakl va uslublari
Quyidagilar sportchining intellektual qobiliyatlarini tarbiyalashning asosiy shakllari va uslublari hisoblanadi:
− aqliy ta’lim berish uchun xos bo‘lgan maxsus bo‘lmagan shakllar va uslublar.
Masalan, seminar shaklida sport taktikasining nazariyasi va usuliyatini o‘zlashtirish hamda boshqa shunga o‘xshagan tadbirlar.
− maxsus shakllar va uslublar. Bular aqliy ta’lim va tarbiya elementlari bilan bog’liq bo‘lgan elementlar bo‘lib, bevosita mashq jarayoni tarkibiga kiritilgan. Ularni quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
− ular mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulot o‘rtasida murabbiylar tomonidan berib boriladi. Mashg’ulotda bunday ko‘rsatmalar doimiy ravishda berib borilishi kerak. Ular qisqa tushuntirilib, izohlar shaklida bo‘lib, sportchining o‘z harakatlarini tahlil qilib borishga qiziqtirishi va unga da’vat qilishi lozim. Natijada, sportchi masalani yana ham chuqurroq o‘rganishi, unda mashg’ulotlarga qiziqish ortib borishi darkor.
− Harakatlarni tashkil qilish – sportchining aqliy qobiliyatini tarbiyalashga qaratilgan tadbirdir. U sportchining aqliy qobiliyatiga xos bo‘lgan, asosiy tarkiblarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, xususan bunday tarkiblardan sport faoliyati jarayonida foydalanish nazarda tutiladi. Bunday harakatlarni tashkil etish bilan mashg’ul bo‘lgan vaqtda quyidagi omillarni nazarda tutish kerak:
− rejali ravishda boshqarib boriladigan tafakkur faoliyati bilan shug’ullanish;
− sport natijalarini rag’batlantirib borish maqsadida, muvaffaqiyatlarni chuqur anglab yetish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish hamda sport natijalariga muntazam baho berish ishlarini tashkil etib borish lozim.

Download 315,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish