Taekvondo va sport faoliyati fakulteti


II BOB O‘smir va yosh Taekvondochilar uchun Taekvondo texnikasi



Download 315,31 Kb.
bet4/6
Sana12.01.2023
Hajmi315,31 Kb.
#899059
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taekvondo va sport faoliyati fakulteti (1)

II BOB O‘smir va yosh Taekvondochilar uchun Taekvondo texnikasi
2.1 Taktikaning umumiy asoslari
Taekvondo sporti taktikasi musobaqalarda va jang davomida vujudga keluvchi aniq vaziyadarda raqibning xususiyatlarini hisobga olib, sportchining texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlaridan o‘ylangan holatda foydalanishni bilishi hisoblanadi. Taekvondo sporti taktikasi usluksiz holatda rivojlanib borishi qayd qilinadi. U bevosita musobaqalar qoidalari asosida belgilanadi. Agar ularga qandaydir o‘zgartirishlar kiritilsa, u holatda taktika ham yangilanishi qayd qilinadi: qandaydir bitta taktik harakatlar o‘z samaradorligini yo‘qotishi, boshqa bittasining esa o‘zlashtirilishi, ushbu ko‘rinishda jangning yangi taktik variantlari vujudga kelishi kuzatiladi. Sportchining taktik mahorati texnik, jismoniy va irodaviy tayyorgarligi bilan chambarchas holatda bog‘liq hisoblanadi. Texnikaning rivojlanishi taktikani yangilanishi va tegishli o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi, yangi taktik harakatlar vujudga keladi, uning takomillashtirishi uchun boshlang‘ich darakchilar hosil qilinadi. Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Sportchining texnik jihatdan qurollanishi sezilarli darajada uning taktikasini belgilab beradi. Sportchining taktik imkoniyatlari ko‘p jihatdan uning jismoniy qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilikning yuksak darajada rivojlanishi sportchiga har safar g‘alabaga erishish uchun nisbatan foydali hisoblangan yoTni tanlashni amalga oshirish imkonini beradi. Sportchining taktik imkoniyatlariga texnik va jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda psixologik tayyorgarlik ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jasur va tashabbuskor sportchi taktik jihatdan fikrlashning tola qimmatliligi va originalligi bilan farqlanib turadi, raqibni o‘zining jang olib borish shart-sharoitlariga yo‘naltira olishi kuzatiladi. Sovuqqonlilik, qat’iy tura olish, barqarorlik, o‘zini tuta olish va boshqa irodaviy sifatlari sportchi uchun jangning keskin vaziyatlarini o‘zi uchun topa olish, nisbatan foydali taktik manyovrlami tanlay olish va ulami amalga oshira olish imkonini beradi. Murakkab, doimiy ravishda o‘zgaruvchan jang vaziyatlarida to‘g‘ri qarorlami tezda qabul qila olish, o‘z vaqtida va aniq ko‘rinishda judga keluvchi vaziyatlarga nisbatan javob ko‘rsata olish orqali sportchi mantiqiy fikrlay olishi, har bir taktik manyovrlami chuqur mulohazakorlik asosida belgilay olishi talab qilinadi. Taktik fikrlashning muhim hisoblangan xususiyatlaridan biri - bu oldindan ko‘ra olish hisoblanadi. Oldindan ko‘ra olish, demak, bu hayolan oldinda turgan hodisalar manzarasini tasaw ur qila olish, uning tarkibida asosiy holatlami belgilay olish, jang va umumiy holatda musobaqada erishiluvchi natijalariga bogliq bolgan qarorlar qabul qila olishni ifodalaydi. Sportchiga jang va umumiy holatda musobaqaning rivojlanish ehtimolligini oldindan ko‘ra olish imkonini bemvchi taktik fikrlay olishi asosida, eng avvalo, Taekvondo sporti bo‘yicha chuqur bilimlami egallash yotadi. Raqibning mahorati tavsiflarini 474 hisobga olish, o‘zini raqibning o‘rniga qo‘ya olish vauning amalga oshirishi ehtimolligi mavjud bo‘lgan harakatlarini oldindan ko‘ra olish talab qilinadi. Taktika qolip (oldindan belgilangan namuna) ko‘rinishida boTishi kerak emas. Bir xildagi taktik manyovrlardan ko‘p foydalanish eng yaxshi natijaga erishish imkoniyatlarini qiyinlashtiradi, ushbu ko‘rinishda raqiblar tezkorlikda moslashish va qarshilik choralarini ko‘rishlciri amalga oshirilishi mumkin. Har qanday taktik vazifalar yechimiga nisbatan ijodiy yondashuvlar, yangi yolini qidirish - muvaffaqiyatga erishishning ajralmas sharti hisoblanadi.
Tashkiliy tadbirlar saflangan sportchilarning mashgulotda ishtirok etayotganini tekshirish, tayyorgarlik topshirigi berish, bu topshiriqni hal etish, bajarish vositalari bilan tanishtiradi.
Asosiy kismga bevosita tayyorlanish – bu tadbir badan qizdirishdan iborat bo’lib, uning o’zi umumiy va maxsus qismlardan tashkil topadi. Umumiy tayyorgarlik mashqlaridan (emotsional mashqlardan) foydalaniladi Bundan maqsad mashg’ulotning asosiy qismidagi eng muhim masalalarni, vazifalarni hal qilish uchun sportchi organizmini tayyorlashdir.
Mashg’ulotning tayyorgarlik qismining qancha vaqt davom etishi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
– Sportchining shaxsiy qobiliyatlari:
– Bajariladigan ishning xususiyatlari, tashqi muhit sharoitlari.
Mashg’ulotning asosiy qismida eng muhim, asosiy masalalar hal qilinadi, ya’ni sportchini tayyorlashning maxsus jismoniy, texnik, taktik, ruhiy jihatlari hal qilinib, mana shu sohadagi ko’rsatkichlarni oshirish ta’minlanadi. Mashg’ulotining bu qismining qancha vaqt davom etishi qo’llaniladigan mashqlarning xususiyatiga va usuliyatiga, shuningdek tayyorgarlik yuklamalarining kattaligiga bog’liq bo’ladi.
Mashg’ulotning yakunlovchi qismi shunday mashqlardan iborat bo’ladiki, bu mashqlar yordamida yuklamalarning shiddati asta-sekin pasayib boradi. Sportchining organizmi ish boshlagunga qadar bo’lgan holatga yaqinlashtiriladi, tiklanish jarayoni jadal intensiv ravishda ketishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar vujudga keltiriladi.
Tayyorgarlik mashqlari o’zining pedagogik yo’nalishi bo’yicha – asosiy va qo’shimcha, yuklamalarning hajmi bo’yicha - katta va kichik, mashg’ulotlarning muayyan masalalari bo’yicha - o’quv vazifalari, tiklanish vazifalari va tayyorgarlik vazifalariga bo’linadi. Tayyorgarlik mashg’ulotlarining turlari
O’rtaga qo’yilgan va hal qilinishi zarur bo’lgan vazifalar xususiyatiga qarab, mashg’ulotlar quyidagi turlarga bo’linadi:
– o’kuv mashg’ulotlari;
– tayyorgarlik mashg’ulotlari;
– tiklanish mashg’ulotlari;
– modellashtiruvchi mashg’ulotlari;
– nazorat mashg’ulotlari.
O’quv mashg’ulotlari. Bunday mashg’ulotlarda asosan yangi material o’zlashtiriladi. Mashg’ulotlar soni yangi mashg’ulotlarning soniga nisbatan to’plangan bo’ladi. Murabbiy tomonidan nazorat qilish va sportchi tomonidan o’z-o’zini nazorat qilish usullaridan keng foydalaniladi. Mashg’ulotlarni bunday xolatda boshlovchi yosh sportchilar bilan ishlash vaqtida tez-tez foydalanib turiladi. Malakali sportchilar bilan tayyorgarlik o’tkazilayotgan vaqtda bunday mashg’ulotlardan tayyorgarlikning tayyorgarlik davrida foydalaniladi.
Mashqlanish mashg’ulotlari – bu tayyorgarlikning har xil turlarini amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik mashg’ulotlaridir. U jismoniy tayyorgarlik masalalari hal qilinayotgan vaqtda ayniqsa, mashq texnikasi va taktikasining turli ko’rinishlarini mustahkamalash paytida qo’llaniladi.
Ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida sportchi malakalarining oshib borishiga qarab mazkur turdagi mashg’ulotlarning ta’siri oshib boradi.
O’quv-tayyorgarlik mashg’ulotlari – bu sof mashg’ulotlar bilan tayyorgarlik mashg’ulotlari o’rtasida o’tkaziladigan oraliq turdagi mashg’ulotlar hisoblanadi. CHunki bunday mashg’ulotlarda yangi materialni o’zlashtirish bilan ilgari tanish bo’lgan materialni mustahkamlash tadbirlari bir-biriga qo’shib olib boriladi.
Tiklanish mashg’uloti – bu hajm jihatdan uncha katta bo’lmagan ishlarni o’z ichiga olgan mashg’ulotlar bo’lib, ular o’zining xilma–xilligi va emotsionalligi bilan ajralib turadi. Asosiy vazifa tiklanish jarayonlarini rag’batlantirishdan iborat. Og’ir ish bajarilgandan keyin musobaqalar tugagach, katta yuklamalar bilan o’tkazilgan tayyorgarlik seriyalaridan keyin shunday tiklanish mashg’ulotlaridan, ya’ni kuch-quvvatini tiklaydigan mashg’ulotlardan foydalaniladi.
Modellashtiruvchi mashgulotlar. Ular bo’lg’usi musobaqalar dasturiga muvofiq tarzda tuziladi. Bunday ko’rinishdagi mashg’ulotlar bevosita musobaqalarga tayyorgarlik davrida sportchining yuksak darajada texnik-taktik tayyorgarligi davrida qo’llaniladi.
Tayyorgarlik mikrotsikli tuzilmasi
Mikrotsikl – tayyorgarlik jarayonining yaxlit tarkibi ekanligi. Tayyorgarlik mikrotsikli – bu mashqlar, mashg’ulotlar seriyasidan iborat bo’lib, bir necha kun mobaynida o’tkaziladi hamda tayyorgarlikning mazkur muayyan bosqichi uchun mo’ljallangan masalalarni majmua tarzida hal etishini ta’minlaydi. Mikrotsikllar 3-4 kundan 10-14 kungacha davom etadi. Eng ko’p tarqalgan usul – bu yetti kunlik mikrotsikllar bo’lib, u taqvim xaftasiga to’g’ri keladi hamda shug’ullanuvchilarning umumiy hayot tartibiga ham yaxshiroq mos keladi. yetti kunlik mikrotsikllar ko’pincha xaftalik sikllar deb aytiladi. Boshqacha tarzda davom etadigan mikrotsikllar turli xil ko’rinishlarda foydalanilishi mumkin, shu jumladan ulardan musobaqalashish davrining ayrim xolatlaridan bo’lajak musobaqada tuzilmasi va davomiyligini aks ettiruvchi model sifatida foydalanish mumkin.
Mana shu misoldan ko’rinib turibdiki, tiklanish fazasi har doim mikrotsiklni yakunlamay, ba’zan uning ichki tarkibida ham bo’lishi mumkin ekan. Mashg’ulotning izchilligi, uning mazmuni tayyorgarlik davriga, mikrotsikl vazifasiga yoki biror bosqich va mikrotsiklning boshqa vazifalariga bog’liq bo’ladi. Uncha katta bo’lmagan shiddatdagi ish hajmining tez-tez tiklanishini talab qilmaydi va ayniqsa, yuksak darajadagi shiddat bilan bajarilgan katta ish hajmi, tiklanish yo’nalishidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zaruriyatini taqozo etadi. Mikrotsiklni tuzib tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan katta ish hajmi tiklanish yo’lidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zarurligini talab etadi.
Mikrotsiklni tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan va bundan keyin bajariladigan tayyorgarlik ishlarining yo’nalishi ham hisobga olinadi. M: sportchining tezlik xususiyatlarini rivojlantirishga ko’proq mo’ljallangan mashg’ulotlarni katta-katta yuklamalardan keyin emas, balki ular oldindan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Mikrotsikllar tuzilmasini belgilovchi sharoitlar.
Tayyorgarlik mikrotsikllari tuzilmasi ta’sir ko’rsatadigan juda ko’p omillar va sharoitlar ichida quyidagilar ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi:
1. Sportchi hayotiy faoliyati (uning o’quv, mehnat faoliyati tartibini ham o’z ichiga olgan) hamda ish qobiliyatini taqozo etadigan muayyan harakat dinamikasi.
Shuning uchun amalda, ayniqsa, ommaviy sport mikrotsikllarini taqvim xafta doirasida tuzib chiqishi tasodif emas.
2. Mashg’ulotlarning mazmuni, miqdori, mikrotsikllar yuklamalarining jamlangan hajmi. Ushbu omillarning ta’sir qilishiga, o’z navbatida, sport sohasidagi ixtisoslashish xususiyatlari hamda sportchilar tayyorgarlik darajasi sabab bo’ladi. Tayyorgarlik mashg’ulotlarining mazmuni, ularning mikrotsikldagi miqdori, yuklamaning kattaligi aftidan gimnastikachilar bilan suzuvchilarda, velosipedchilar bilan uloqtiruvchilarda, sprinterlar va ko’p kurashchilarda bir-biridan farq qiladigan darajada turlicha bo’ladi. Bunday va bunga o’xshash farqlarni biz boshlovchi hamda katta darajali sportchilar o’rtasidagi mashg’ulotlarda yaqqol kuzatishimiz mumkin.
3. Tayyorgarlik yuklamalariga ko’rsatiladigan reaksiyaning individual xususiyatlari va bioritmik omillar.
Odamlar bu xildagi yuklamalarga turlicha munosabatda bo’ladilar. Aftidan ular organizmning xususiyatlari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Binobarin sportchilar organizmining tayyorgarlik yuklamalariga moslashishi ham individual tarzda olinganda bir xil bo’lmaydi.
Shu jihatdan olganda mikrotsikl fazalarini bioritmning bir xaftalik fazalariga muvofiqlashtirish to’g’risida siku-cherov va boshqalar tavsiya etilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalaridan olingan ma’lumotlar diqqatga sazovordir.
Tayyorgarlik tuzilmasining umumiy tizimida mikrotsikllarning o’rni
Mikrotsikllar tuzilmasi mikrotsikllarning o’zidan ko’ra ancha yirikroq va kattaroq bo’lgan tuzilma tizimlari (bosqichlar, davrlar) dagi o’rniga bog’liq bo’ladi.
Tayyorgarlik davridagi umumiy tayyorgarlik bosqichi mikrotsikllari bilan musobaqalashish davri mikrotsikllari o’zining mazmuni jihatdan bir-biriga o’xshagan bir xil bo’lishi aslo mumkin emas.
Sport sohasidagi barcha hollarda birdan yaroqli bo’lgan yagona universal mikrotsikllar tuzilmasi ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar majmuasining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlari soni ularni almashtirib o’tish tartibi, yuklama bilan dam olish tartibining hajmi, dinamikasi, yuklamalar shiddati va boshqa shunga o’xshashlarni o’zgartirib borish yo’li bilan murabbiy hamda sportchi tashqi to’siqlarni yo’qotadi hamda tayyorgarlik jarayonining taraqqiyotini ta’minlaydi.


Download 315,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish