Sifatlash – tushuncha, hodisa va kishining ma’lum bir xususiyati va sifatini
aniqlab, izohlab, xarakterlab beruvchi so`z.
Sifatlash yolg`iz o`zi kelmasdan, ma’lum so`z birikmasi tarkibida o`z mohiyati, o`z
belgilarini unga ko`chirgan holda keladi. Bunday birikma metaforik sifatlash
deyiladi. Masalan: oltin vodiy, zumrad bahor, kumush qish
Sifatlash ishlatishdan maqsad kitobxon diqqatini kuzatilgan tomonga, hodisaning
ma’lum bir belgisiga jalb etishdan iborat.
Sifatlashda, ko`pincha, sifatdan foydalanilsa ham, turli so`z turkumlari sifatlash
bo`lib kela oladi. Chunonchi: qizil bayroq – sifat; zar do`ppi – ot; kulib gapirdi –
ravish.
Keng dala, bepoyon cho`l, yam-yashil bog` singari ko`plab ishlatiladigan
sifatlashlar ham borki, ular doimiy sifatlashlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |