Radif – misralarda qofiyadan keyin takrorlanib keladigan bir xildagi so`zlar:
So`z gulshanining bulbuli go`yosi Navoiy,
Ma’ni sadafining duri yaktosi Navoiy.
Radif qofiyadan so`ng takrorlanib keladigan bir so`z yoki bir necha so`z
birikmasidan iborat bo`lishi mumkin:
Xiroming chog`i yo`ldosh o`lsam erdi
Sukunat vaqti qo`ldosh o`lsam erdi.
( Navoiy. “ Farhod va Shirinn”dan.)
Ritorik so`roq – stilistik usullardan biri bo`lib, poetik nutqda ifodalangan
fikrni so`roq shaklida tasdiqlashdan iboratdir. Ritorik so`roq intonatsiyani
kuchaytirish vositasi bo`lib ham hizmat qiladi:
Boqmas menga jonona, ajab holat emasmu?
Bo`ldi yana begona, ajab holat emasmu?
( lutfiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |