So’roq belgisi
So’roq belgisi quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. So’roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi?
(I.R)
2. Taqrizlarda va sitatalarda biror so’z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik
tug’dirsa, bunday so’z yoki jumladan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi va bu qavis
ichiga olinadi: “Mihail Ivanovich Akaskin qiriq besh yashar qolin (?) gavdali,
mo’ylovdor, hushmuomala, xulqi soda va yoqimli kishi edi”. (O)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so’z va iboralar so’roq
ma’nosida ishlatilsa, ulardan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. Ega kim?, nima?, qaer?,
degan so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |