Tadqiqotlari


 –rasm. Regression va korrelyatsion tahlillarning bosqichlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

14.2 –rasm. Regression va korrelyatsion tahlillarning bosqichlari 
 
1.  Masala  qo‘yilishi  va  dastlabki  tahlil
.
  Avvalo  o‘tkazilayotgan  tekshirishning 
vazifasi  va  maqsadiga  asosan  natijaviy  belgi  va  uning  regressiya  tenglamasida 
ishtirok  etish  shakli,  ya’ni  belgini  miqdoriy  xarakterlaydigan  ko‘rsatkich  aniqlanadi. 
1.masala 
qoʻyilishi va 
dastlabki tahlil
2.maʼlumotlarni 
toʻplash va ularni 
oʻrganib chiqish
3.bogʻlanish shakli 
va regressiya 
tenglamasini 
aniqlash
4.regressiya 
tenglamasini  baholash 
va tahlil qilish


 
311 
 
So‘ngra,  natijaviy  belgiga  ta’sir  etuvchi  omillarning  ro‘yxati  belgilanadi,  ulardan 
nazariy  va  mantiqiy  tahlil  yordamida  eng  muhim  va  mohiyatli  bo‘lganlari  tanlab 
olinadi.  Ammo  nazariy  va  mantiqiy  tahlil  yo‘li  bilan  muhim  omillarni  va  ularning 
regressiya  tenglamalarida  ishtirok  etish  shakllarini  belgilash  haqidagi  masalani  to‘la 
hal qilib bo‘lmaydi. Bu jarayon keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi. 
2.  Ma’lumotlarni  to‘plash  va  ularni  tahlil  qilish
.
  Ma’lumotlar  to‘plashni 
boshlashdan  avval  tekshirilayotgan  to‘plamni  makon  va  zamonda  chegaralash, 
shuningdek, uning birligini aniqlash kerak. Masalan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash 
sohasida  ilmiy  tadqiqot  va  innovatsiya  jarayonlarini  moliyalashtirish  bilan  uning 
omillari o‘rtasidagi bog‘lanish o‘rganilayotgan bo‘lsa, tibbiyot muassasalari va ilmiy 
markazlari  bo‘yicha  olingan  bir  necha  yillik  ma’lumotlar  to‘plam  bo‘lishi  mumkin. 
Ma’lumotlar  qanday  ob’ektlar  to‘plamiga  tegishliligiga  qarab  har  bir  tibbiyot 
muassasasi, ilmiy markaz va boshqa birlik to‘plam birligi bo‘ladi. 
Har  qanday  statistik  to‘plamni  regression  va  korrelyatsion  usullar  yordamida 
tahlil  qilish  mumkin  emas.  Buning  uchun  to‘plam  quyidagi  talablarga  javob  berishi 
kerak: 
 -  ma’lumki,  regressiya  tenglamasi  natijaviy  belgining  o‘rtacha  miqdori  bilan 
omillar  o‘rtasidagi  bog‘lanishni  xarakterlaydi.  Demak,  natijaviy  belgining  o‘rtacha 
miqdori soxta bo‘lmasligi uchun to‘plam sifat jihatidan bir jinsli bo‘lishi kerak; 
 -  regressiya  va  korrelyatsiya  ko‘rsatkichlari  o‘zaro  bog‘lanishning  ob’ektiv 
qonuniyatlarini  ishonarli  darajada  aks  ettirishi,  ya’ni  katta  sonlar  qonuniga  asosan 
tasodifiy  xatolarning  ta’siri  deyarli  yo‘qolib  ketishi  uchun  to‘plamning  miqdori 
yetarlicha ko‘p bo‘lishi zarur; 
 - to‘plamning birliklari o‘zaro bog‘lanmagan, erkin bo‘lishi talab qilinadi, ya’ni 
har  bir  ob’ekt  birligining  kuzatish  ma’lumotlari  boshqa  birliklar  natijalariga  bog‘liq 
bo‘lmasligi kerak;  
 -  natijaviy  belgi  taqsimoti  omillarning  barcha  qiymatlarida  normal  taqsimot 
qonuniga bo‘ysunishi yoki unga yaqin bo‘lishi zarur.
 
 


 
312 
 
To‘plamning  sifat  jihatidan  bir  jinsli  ekanligini,  uning  birliklari  o‘zaro 
bog‘lanmaganligini  va  natijaviy  belgining  normal  taqsimot  qonuniga  bo‘ysunishini 
tekshirish  ma’lumotlarni  tahlil  qilish  demakdir.  Ma’lumotlarni  tahlil  qilishda  x
2

Fisher  (F),  Styudent  (t)  va  boshqa  mezonlardan  foydalaniladi.  Agar  to‘plam 
yuqoridagi  talablarga  javob  bermasa,  bog‘lanishning  regressiya  tenglamasi  ob’ektiv  
bo‘la olmaydi. 
3. Bog‘lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash
.
 Tanlab olingan omillar 
regressiya  tenglamasida  turli  ko‘rinishlarda  ishtirok  etishi  mumkin.  Ma’lumotlarni 
dastlabki  tahlil  qilish  natijalariga  asosan  regressiya  tenglamasi  biror  ko‘rinishda  deb 
faraz qilinadi. Masalan, chiziqli 


Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish