208
strukturalanmagan, inson yordamida yoki mexanik vositalar yordamida amalga
oshiriladigan kuzatuvlar asosida belgilanadi.
Bevosita kuzatuv aytaylik, xaridorlarning magazindagi xulq-atvorini (masalan,
mahsulotlarni qaysi ketma-ketlikda sotib oladi) bevosita kuzatishni nazarda tutadi.
Bilvosita kuzatuvni qo‘llashda xulq-atvorning o‘zi emas, balki natijalari o‘rganiladi.
Bu yerda ko‘pincha arxiv ma’lumotlaridan foydalaniladi, masalan,
belgilangan
tovarlarning yillar bo‘yicha zaxiralar dinamikasi xaqidagi ma’lumotlar bozor
vaziyatidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda foydali bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari,
ayrim hodisalarning tabiiy isbotlari o‘rganilishi mumkin. Masalan,
axdat qutilarini
o‘rganish natijalari bo‘yicha qaysi firmalarning tovar o‘rovi atrof-muhitni qay
darajada ifloslantirishi xaqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Ochiq kuzatuvda odamlar, masalan, maxsus eksperimentlar o‘tkazishda
ularni
kuzatishayotganini bilishlari ko‘zda tutiladi. Biroq kuzatuvchilar mavjudligi kuzatuv
ostidagilarning xulq-atvoriga ta’sir etadi, shu sababli bu ta’sirning minimal bo‘lishiga
harakat qilish kerak.
Bu talablarga tadqiq etilayotgan shaxslar ularni kuzatishayotganini bilmagan
hollardagi yashirin kuzatuvlar javob beradi. Masalan,
magazinlarda sotuvchi
xaridorlar bilan qanchalik xushmuomala bo‘lishi va ularga xaridni amalga oshirishda
yordam ko‘rsatishi yashirincha kuzatilishi mumkin.
Strukturalangan kuzatuv o‘tkazishda kuzatuvchi u nimalarni kuzatishi va qayd
etishini oldindan belgilab qo‘yadi. Boshqa barcha xulq-atvor turlariga e’tibor
qaratilmaydi. Ko‘pincha kuzatuvchining sarflanadigan vaqtini qisqartirishga yordam
beradigan kuzatuvlar standart varag‘idan foydalaniladi.
Strukturalangan kuzatuv boshqa usullar bilan olingan natijalarni tekshirish,
ularni aniqlashtirish uchun foydalaniladi. U tadqiqot ob’ektining
xulq-atvorini
aniqroq ta’riflash uchun axborot to‘plashning asosiy usuli sifatida ham foydalanilish
mumkin.
Uning qo‘llanishi tadqiqot predmetini oldindan yaxshi bilishni talab qiladi,
chunki strukturalangan jarayonni ishlab chiqish jarayonida tadqiqotchi kuzatilayotgan
vaziyatni tashkil qiluvchi hodisalarni tasniflash tizimini
tuzish va kzatuv toifalarii
209
standartlashtirishi lozim. Tasniflash tizimi keyingi tahlilni o‘tkazish taxmin
qilinayotgan atamalar bilan ifodalanishi lozim
Shunday qilib, kuzatuvlar shakli qaysi xulq-atvor turi kuzatilish va uning
qanday qayd etilishini ko‘rsatishi lozim. Bundan tashqari, shaklning yuqori qismida
tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi va kuzatuv vaqti ko‘rsatiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan yondashuvda dastlab tasniflash, so‘ngra
kuzatuvni
amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Vaholanki dastlab kuzatuv o‘tkazish, so‘ngra
natijalarni alohida toifalar bo‘yicha joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: