145
Marketing tadqiqotlarida eng keng tarqalgan uslub bu so‘rovdir. So‘rov bu
odamlarning nuqtai nazarini aniqlash yoki ulardan biron-bir savol bo‘yicha ma’lumot
olishdir. So‘rov marketingda axborot to‘plashning eng tarqalgan va muhim shaklidir.
Tadqiqotlarning qariyib 90%i aynan shu usulga asoslanadi. So‘rov og‘zaki yoki
yozma ravishda o‘tkazilishi mumkin. Og‘zaki va telefon orqali so‘rovlar odatda
intervyu deb ataladi. So‘rovlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
➢
so‘ralayotgan doirasi bo‘yicha (xususiy
shaxslar, ekspertlar, tadbirkorlar va
hokazo);
➢
bir vaqtning o‘zida so‘raladiganlar bo‘yicha (yakka holdagi yoki guruhli
intervyu);
➢
so‘rovga kiritilgan mavzular bo‘yicha (bitta yoki bir nechta );
➢
standartlashtirish darajasi bo‘yicha (erkin sxema yoki strukturalangan, to‘liq
standartlashtirilgan struktura);
➢
so‘rov tezligi bo‘yicha (bir yoki ko‘p martalik so‘rov).
Yozma so‘rovda qatnashuvchilarga so‘rov varaqalari berilib, ular to‘ldirilishi
va ko‘rsatilgan manzilga jo‘natilishi talab qilinadi.
Axborot olishning kuzatuv usuli bozor tadqiqotlarida so‘rovga
nisbatan ancha
kam uchraydi. Ilmiy kuzatuv bir jarayon sifatida qabul qilinib, u:
➢
ma’lum bir tadqiqot maqsadiga xizmat qiladi;
➢
bir tekisda va tizimli (sistemali) o‘tadi;
➢
umumlashtiruvchi mulohazalar uchun xizmat qiladi, faqat qiziqarli
ma’lumotlarni to‘plash bilan cheklanib qolmaydi;
➢
aniqlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan doimiy nazorat qilinadi.
Ushbu usulning so‘rov usuliga nisbatan afzalliklari quyida keltirilgan:
➢
ob’ektning hamkorlikka tayyorligiga, tadqiq etiluvchilarning ishning
mohiyatini so‘z bilan ifodalash qobiliyatiga bog‘liq emasligi;
➢
ob’ektivlik darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlash imkoniyati;
➢
anglamagan holda amalga oshirilgan xulq-atvorni
tushunish imkoniyati
(do‘kon rastalarida tovarni tanlash);
146
➢
atrofdagi vaziyatni, ayniqsa, asbob-uskunalar yordamida kuzatishda hisobga
olish imokniyati.
Shu bilan birga mazkur usul ayrim kamchiliklarga ham ega:
✓
namoyish etishni ta’minlash qiyin;
✓
kuzatuvchining sub’ektivligi;
✓
ochiq kuzatuv paytida ob’ektlar xulq-atvori tabiiy xulq-atvordan farq qilishi
mumkin (kuzatuv samarasi).
Kuzatuvning quyidagi usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
➢
atrofdagi vaziyatning xarakteri bo‘yicha dala kuzatuvi bo‘lishi mumkin – bu
jarayonlar tabiiy muhitda (do‘konda) ro‘y berishini anglatadi, yoki laboratoriya
kuzatuvi, ya’ni sun’iy yaratilgan vaziyatda amalga oshiriluvchi kuzatuvlar. Birinchi
shaklning afzalligi kuzatilayotgan shaxslarning xulq-avtori tabiiy bo‘lishidadir.
Ikkinchi shakl kuzatuv shart-sharoitlarining barqarorligini ta’minlaydi
hamda bir
qator texnik vositalarni qo‘llashga imkon beradi;
➢
kuzatuv joyi bo‘yicha bevosita tadqiqotchining ishtirokidagi kuzatuv va
chetdan kuzatuv farqlanadi;
➢
ob’ektni qabul qilish shakli bo‘yicha personal kuzatuv va asbob-uskunalar
yordamida yoki xulq-atvor natijalarini qayd etish yordamida kuzatuvni ajratish
mumkin;
➢
standartlashuv darajasi bo‘yicha standartlashtirilgan va erkin kuzatuvga
taqsimlanadi.
Standartlashtirish bu yerda xulq-atvor sxemasining ma’lum
bir mezonlarini
belgilashni nazarda tutadi. Masalan, vitrinadagi reklama ta’sirchanligini kuzatish
uchun yo‘ldan o‘tib ketayotganlarning quyidagicha xulq-atvor vraiantlarini ajratib
ko‘rsatish mumkin: shaxs reklamaga e’tibor qaratmasdan do‘konga kiradi; shaxs
avval reklamaga qarab, keyin do‘konga kiradi;
shaxs reklamaga qarab, do‘konga
kirmaydi; vitrinaga qaramay o‘tib ketadi.
Eksperiment(sinov) deb bitta yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarning
o‘zgarishi boshqa bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi
aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:
147
➢
izolyatsiya qilinuvchi o‘zgarishlar (ayrim kattaliklar tadqiqotchi tomonidan
variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim);
➢
tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi;
➢
sabab-oqibat aloqalari tekshiriladi (masalan, mahsulot o‘rovi rangining sotuv
hajmiga ta’siri).
Amaliyotda panellar qatori paydo bo‘ldi. Panel tadqiqotlari deb, bir vaqt
oralig‘ida bitta ob’ekt yoki guruhdan qayta – qayta ma’lumotlar to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: