135
soni ham ancha. Shu tufayli ularni tizimlashtirgan holda foydalanish lozimligini qayd
etamiz.
6.4-jadval
Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish
prinsiplari
Marketing tadqiqotlarida
qo‘llaniladigan
prinsiplarning nomlari
Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan prinsiplarning
mazmuni
Dolzarblilik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ayni zarur
bo‘lgan,
faoliyat
samaradorligini
oshirishga
qaratilgan
ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Ishonchlilik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan
axborotlar ishonchli
dalillarga asoslangan bo‘lib, turli o‘zgartirishlar va manfaatdan
kelib chiqib, soxtalashtirishlardan xoli bo‘lmog‘i lozim.
Keng qamrovlilik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar birorta
qarorni qabul qilish uchun hamma
omillarni hisobga oladigan,
yetarli darajada to‘liq bo‘lishi lozim.
Muvofiqlashtiril-ganlik
Marketing
tadqiqotlari
uchun
to‘planadigan
axborotlar
solishtiriladigan, bir-birini to‘ldiradigan, bir xil ko‘rsatkichlarni
o‘zida ifoda etadigan ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim.
Uzluksizlik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar tizimlilikni
va kompleks tadqiqotni ta’minlash uchun bir maromda uzluksiz
shakllantirilib turiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Maqsadga muvofiqlik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ulardan
foydalanuvchilarning maqsadini to‘liq o‘zida
ifoda etadigan
bo‘lishi lozim.
Tushunarlilik
Marketing
tadqiqotlari
uchun
to‘planadigan
axborotlar
foydalanuvchilar
uchun
tushunarli,
ochiq-oydin
ko‘rinib
turadigan, har qanday vaziyatda foydalanish mumkin bo‘ladigan
bo‘lmog‘i lozim.
Ko‘paytiriladi-ganlik
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar ko‘p
foydalanuvchilar tomonidan ishlatishga va bitta foydalanuvchi
uchun ko‘p marta foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun
ular ko‘paytiriladigan bo‘lishi lozim.
Tejamkorlik
Marketing
tadqiqotlari
uchun
to‘planadigan
axborotlarga
ketadigan xarajatlar, ularni ishlatishdan olinadigan natijadan oshib
ketmasligi, ma’lum darajada foydani ta’minlaydigan darajada
tejamkor bo‘lishi lozim.
136
Marketing tadqiqotlari tizimi – firma
oldida turgan marketing vaziyati bilan bog‘liq
ma’lumotlar
doirasini sistematik aniqlash,
ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar haqida
hisobot
tuzishdir.
Firma
marketing
tadqiqotlarini
o‘z
kuchi
bilan
yoki
ixtisoslashgan tashkilotlar yordamida amalga
oshiradi.
Yuqorida
ta’kidlanganimizdek,
marketing tadqiqotchilarining
eng tarqalgan
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bozor tavsifnomasini o‘rganish, bozorning
potensial
imkoniyatlarini o‘lchash, firmalar o‘rtasida bozor
ulushlarining
taqsimlanishini
tahlil qilish, sotuv tahlili, ishbilarmonlik faolligi tendensiyalarini
o‘rganish, raqobatchilar tovarlarini o‘rganish,
qisqa muddatli bashoratlash, yangi
tovar va uning hajmiga reaksiya ni o‘rganish, uzoq muddatli bashoratlash, narx
siyosatini o‘rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: