Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

Miqdor va sifat 
Miqdor 
Iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan 
Foyda. 
Hajm 
ko‘rsatkichlaridan 
yetishtirilgan yalpi paxta. 
Sifat 
Iqtisodiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik. Paxtadan tolaning 
chiqishi kabilarni misol keltirish mumkin. 
Endi mazkur tasniflarning har birini nazariy va metodologik jihatdan qarab 
chiqish ushbu fanning mazmunini to‘liq ochib berish imkonini beradi. Chunki 
marketing
tadqiqotlarida statistik tahlilni amalga oshirishda yuqoridagi barcha 
kategoriyalardan to‘liq foydalanishga to‘g‘ri keladi.
 
Induksiya va deduksiya
kategoriyalari marketing tadqiqotlarida statistik 
tahlilning muhim metodologik asoslari sifatida namoyon bo‘ladi.
Ushbu kategoriyalar marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning ketma-
ketligini ta’minlaydi. Masalan, induksiya deganda o‘rganilayotgan ob’ektning 
xususiylikdan umumiylikka qarab o‘rganilishi tushuniladi. Bunga misol qilib sotilgan 
tovarlar hajmining tahlilini olish mumkin. Unga vaqt nuqtai nazaridan qaraydigan 


115 
bo‘lsak uni bir soatda qancha sotilgan, bir kunlik, o‘n kunlik, bir oylik, bir choraklik, 
yarim yillik, to‘qqiz oylik, bir yillik oboroti qanday bo‘lganligining darajasigacha 
umumlashtirish mumkin. Yoki aynan ushbu ko‘rsatkichni makon nuqtai nazaridan 
qaraydigan bo‘lsak, oldin bir kishining sotgan mahsulotini, bir bo‘linmanikini va 
butun mehnat jamoasining umumiy sotgan mahsuloti miqdorigacha o‘rganish 
mumkin. 
Deduksiya metodida tahlil qilinayotgan ob’ekt umumiylikdan xususiylik sari, 
ya’ni umumiy ko‘rsatkichlardan xususiy (kichik) ko‘rsatkichlarga qarab o‘rganish 
tushuniladi. Bu usulga misol qilib birlashmada marketingni yaxshi yo‘lga qo‘yish 
natijasida olingan foyda rejasining bajarilishini olish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich 
oldin butun birlashma bo‘yicha o‘rganiladi, so‘ngra uning alohida korxonalari 
(firmalari) bo‘yicha, ularning alohida bo‘linmalari bo‘yicha ketma-ketlikda 
o‘rganilib, umumiy natijaga qaysi bug‘in va bo‘linmalarning ijobiy yoki salbiy ta’sir 
qilganligi to‘g‘risida xulosa qilinadi. 
Makon va zamon
kategoriyalari ham marketing tadqiqotlarida statistik 
tahlilning muhim metodologik asoslaridan biridir. Zero, barcha iqtisodiy jarayonlar 
makonda (xo‘jalik yurituvchi sub’ektda) ma’lum bir zamon doirasida (bir davr, vaqt 
mobaynida) sodir bo‘ladi. Shu tufayli zamonning o‘tishi bilan makondagi natija 
o‘zgaradi va uning teskarisi, ya’ni makonning o‘zgarishi bilan zamon o‘tgandan 
keyin natija boshqacha bo‘lishi mumkin.
Masalan, makonga korxonalarni, ish joylarini, firma kabi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarni misol keltirish mumkin. Bular tahlilining ob’ekti. Zamon deganda esa, 
ularning ma’lum bir hisobot davri tushuniladi. Makonda sodir bo‘lgan jarayonlar 
ma’lum bir hisobot davri (zamon) o‘tgach jamlanadi va umumlashtiriladi. Bu ham 
shu hisobot davrini tahlil qilish uchun ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Makon va zamon o‘rtasidagi hamda ularning amaliyot bilan bog‘liqligini 
ifodalash uchun odatda korxonada sodir bo‘lgan marketing jarayonlari natijasini 
ma’lum davrlar bo‘yicha dinamikada o‘rganish orqali erishish mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish