40
Marketing tadqiqotlarida ko‘p o‘lchamli (jumladan, klasterli) tahlil, qaror
qabul qilish nazariyasi (risk nazariyasi), aloqalar nazariyasi (belgilangan
ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqadigan jarayonlar xaqida axborot) usullari katta
foyda beradi. Xususan, ekonometrikada muqobil qarorlar qatori ichidan bozor
vaziyati uchun eng qulayini tanlash matematik usulini ifodalaydigan chiziqli
dasturlash
usullari
foydalaniladi.
Shuningdek,
iqtisodiy-matematik
usullar
logistikada, ya’ni tovarlarni harakatlantirish va omborlarga joylashtirishni boshqarish
tizimida ham foydalaniladi.
Tarmoq rejalashtirish usullari marketing operatsiyalari ketma-ketligi va o‘zaro
aloqalarini
tartibga solish, innovatsiyalar rejalarini ishlab chiqish, sinov marketingi
o‘tkazish va h.klar uchun mo‘ljallangan. Marketing vaziyatlari tahlilida, raqobat
xulq-atvori modellarini shakllantirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyalarini,
ishlab chiqishda ishbilarmonlik o‘yinlari usuli katta foyda keltirishi mumkin.
Sotsiometriya va bixeviorizmni bilish iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda,
shuningdek, anketa so‘rovlari o‘tkazishda foydali hisoblanadi.
Kompleksli sifat va
raqobatbardoshlik baholari kvalimetrik tahlil, sifat hodisalarini mikdoriy baholash
usullaridan foydalanishga yo‘naltiradi.
Marketing tahlilida foydalaniladigan usullarning mazkur guruhi tarkibiga
korxona moliyaviy-iqtisodiy salohiyatining tijorat tahlili usullarini (tijorat hisob-
kitoblari, skoring tahlili va h.k.) kiradi.
Shunday qilib, marketing tadqiqoti bozorni u yoki bu darajada o‘rganadigan
fanlarning o‘ziga xos to‘plamini, butun bir majmuani ifodalaydi.
Statistika – miqdoriy o‘lchanadigan, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari va
tendensiyalarini
aniqlash, porporsiyalarni topish va tebranuvchanlikni baholashga
imkon beradigan, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadigan fan
.
Ekonometriya – belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyani, murakkab, ko‘p
omilli jarayon va hodisalarni tasniflaydigan, matematik ifodalar ko‘rsatkichlarini
o‘lchash, iqtisodiy-matematik tahlil usullarini qo‘llashdir.
Sotsiometriya – miqdoriy baholar yordamida belgilangan insonlar guruhlari
faoliyati va strukturasining tavsifidir
.
41
Kvalimetriya – tovarlar sifatini miqdoriy baholash metodologiyasidir.
Bixeviorizm – odamlarning ta’bi,
xohish-istaklari xaqidagi fan, u
iste’molchilarning tovarga munosabati shakllanishi va o‘zgarish jarayonlarini, tovar
va uning xususiyatlari yangilanish va eskirish jarayonlariga talabning javobini
tushunib olishda yordam beradi.
Belgilangan axborot hajmiga tayanadigan marketing tadqiqoti axborot
oqimlarini boshqarish xaqidagi fan hisoblangan informatika talablariga bo‘ysunadi.
Marketing sxema va modellari va marketing boshqaruvi keng qo‘llaniladi.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari metodologiyasi tadqiqotga oid barcha
unsur
va usullarni jamlagan holda, faoliyati yuritadi va ushbu metodologiya
kompleksini korxonalar va tarmoqlarda qo‘llanilsa bozordagi ulushi yuqori darajaga
erishishga muvofaq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: