Tadqiqotlari


 Respublika iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida marketing



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
1.3. Respublika iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida marketing 
tadqiqotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati 
 
Marketing faoliyatining oqibat natijasi milliy iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni va umuman, xar qanday, xar bir 
xaridorni barcha turdagi tovarlar bilan to‘liq va ratsional ravishda bozor orqali 
ta’minlab turishlariga erishishdir. Bu ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
marketingning tashkil etilishi darajasi bilan umuiqtisodiy rivojlanish darajasi 
o‘rtasidagi bog‘lanishdan, ularning o‘zaro asoslanganligidan kelib chiqadi. 
Iste’molchi –xaridorlar jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va resurslarning barcha 
turlarini xarid qilishlari mumkin. Binobarin, ijtimoiy mahsulotning umumiy xajmi, 
shu jumladan, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish marketingning asosiy, 
aniqlovchi omili hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, marketing tadqiqotlari bozor jarayonlari va 
hodisalari xaqida axborot to‘plash va qayta ishlash, shuningdek, izlab topish va 
saqlashdan iborat. U to‘plangan materiallarni sistematik tahlil qilish, amaliyotga 
to‘g‘ri keladigan nazariy jihatdan asoslangan xulosalar olish va nihoyat, kelajakdagi 
rivojlanish bashoratini o‘z ichiga oladi. Marketing tadqiqoti jarayonida raqobat 
sharoitlarida marketing qarorlari qabul qilish uchun axborot-tahliliy asoslar yaratiladi. 
Marketing firma faoliyatini, uning ichki va tashqi muhit elementlarini
kommunikatsiya kanallar tizimini bog‘laydi. 
Marketing tadqiqoti firma va uning faoliyatini tashqi muhit bilan bog‘laydigan 
kommunikatsiya kanalini ifodalaydi. 
Marketing bozor manfaatlariga yo‘naltiriladi, u iste’molchilarning xohish-
istaklari ustuvorligidan kelib chiqadi. Boshqaruv funksiyalarini bajarish uchun 
yetarlicha bilim zarur. Ushbu bilimda, xaridorlar talabi va motivatsiyasi xaqida, tovar 


34 
bozorining salohiyati xaqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Har bir firma tovar 
resurslari hajmi, strukturasi, dinamikasi, sotuv hajmi va hokazolar xaqida 
ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Bozor yuzaga kelgan vaziyatni baholash, bozorda 
iste’molchilarning xohish-istaklari va imkoniyatlarini, kuchlarni, raqobatchilarning 
rejalari va harakatlarini joylashtirishga ehtiyoj sezadi. Bozor mexanizmining faoliyat 
ko‘rsatish qonuniyatlari va tendensiyalarini aniqlamasdan turib, bozor jarayonlarini 
tartibga solish va bozor mexanizmi harakatlariga moslashtirishni tasavvur qilish 
qiyin. Mohirona marketing tadqiqotlari, bozorni va uning rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish tijorat tavakkalchilik darajasini pasaytiradi. 
Bozorning tomir urishini his qilib turish – marketing tadqiqotining shiori. 
Marketing tadqiqotlarida asosan bozorning holati va tendensiyasini baholash, 
haridorlar va ularning talablarini tadqiq etish, mol-etkazib beruvchilar va vositachilar 
faoliyatini tahlil qilish, raqobatchilar va ularning marketing strategiyasini, tovar 
turlari va assortimentini, narx tashkil topishi va narx strategiyasini ishlab chiqish, 
mahsulotni sotish kanallarini o‘rgangan holda marketing tadqiqotlarini tashkil etish. 
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlarning natijalari olinganidan keyin va korxona 
ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so‘ng tovarni 
sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, korxonaning 
bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir. 
Bizning fikrimizcha iqtisodiyot tarmog‘idagi barcha korxonalar faoliyatini 
rivojlanishi uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish va 
ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish