Tadqiqotlari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.
Korrelyatsiya va regressiya usullari qanday usullap qatoriga kiradi? 
2.
Korrelyatsion indeksi qanday bog‘lanishda yotadi? 
3.
Korrelyatsion tahlil natijalari qanday jarayonlarning bog‘liqligini anglatadi? 
4.
Klasterli tahlil nima? 
5.
Klasterli tahlil yordamida qanday natijalarga erishi mumkin? 
6.
"Genetik algoritmlar" nomi nima bilan bog‘langan va uning marketing 
tadqiqotlari jarayonidagi ahamiyati nimada? 
7.
Korrelyatsion tahlilning bosqichlarini sanab o‘ting. 
8.
Juft korrelyatsiya nima va u qanday ko‘rsatkich o‘rtasidagi aloqani 
o‘rnatadi? 
9.
Iste’molchilarning tovarlar sifatini qabul qilishi ularning narxni qabul qilishi 
bilan bog‘liqmi? 
10.
Agar talabning reklama xarajatlariga bog‘liqligini oladigan bo‘lsak, narx 
omilining ta’siri 
 
 
 
 


319 
15-BOB. MARKETING TADQIQOTLARINING NATIJALARI TO‘G‘RISIDA 
HISOBOTLAR TAYYORLASH VA UNING TAQDIMOTI 
 
15.1. Natijalarni taqdim etish 
Ushbu bob materiallarini o‘rganib chiqqach, siz quyidagilarni bilib olishingiz 
lozim. 
1. Hisobot tayyorlashga asosiy talablar, jumladan, uning shakli, yozishning 
borishi, grafiklar va jadvallar. 
2. Og‘zaki taqdimot strukturasi va ko‘lamini muhokama qilish. 
3. Mijozning marketing tadqiqotlari haqida hisobotga talablarini, shuningdek, 
hisobotni o‘qish bo‘yicha tavsiyalarni bayon qilish. 
4. Xalqaro marketing tadqiqoti hisoboti va taqdimotini tayyorlash jarayonlarini 
tushunish. 
5. Hisobot va taqdimot tayyorlashda Internet va kompyuterlarning rolini 
tushtirib berish. 
Marketing tadqiqotlari o‘tkazishga buyurtma bergan firmaning marketing 
bo‘yicha vitse-prezidenti natijalar haqida hisobot oldi. Xo‘sh, u nimalardan iborat? 1-
jildga kiradigan hisobotning asosiy qismi titul varag‘i, jadval ko‘rinishidagi 
mundarija, rahbariyat uchun annotatsiya, muammoning batafsil tavsifi, muammoga 
yondashuv, tadqiqot rejasi, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan 
metodologiya, natijalar, loyiha cheklovlari, shuningdek, xulosa va tavsiyalardan 
iboratdir. 2-jild titul varag‘i, raqamli ma’lumotlar ro‘yxati, barcha raqamli 
ma’lumotlar va grafiklardan (diagrammalardan) iborat. Va nihoyat, barcha statistik 
detallar, jumladan, jadvallar 3-jildda keltirilgan.
Hisobot yozish uslubiga marketing bo‘yicha vitse-prezident va boshqa asosiy 
rahbarlarning qaysi uslubni afzal ko‘rishi ta’sir qildi. 1-jildda texnik detallar yo‘q 
ekanligi sababli u oson o‘qiladi yozma hisobotga qo‘shimcha ravishda butun 
loyihaning og‘zaki taqdimoti ham tayyorlanadi. Bu hisobotdagi menejment uchun 
ayrim tavsiyalar hayotga tatbiq etilgan. 
Misol. Aviakompaniya uchun hisobot

Marketing tadqiqotining vazifasi – 
rahbariyatning axborotga ehtiyojini baholash, bunday axborot taqdim etish va 


320 
rahbariyatga to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam berishdir. Shtab-kvartirasi Chikago 
shahrida joylashgan United Airlines aviakompaniyasi rahbariyati uning reyslarida 
uchadigan mijozlarning qoniqqanligini tadqiq etish davomida buni chuqur anglab 
yetdish. Har oy 900 ta aviareysning 192 ming yo‘lovchisiga to‘rt varaqdan iborat 
so‘rovnomadan savollar beriladi. Marketologlarni «er usti xizmatlari»dan foydalanish 
(aviachiptalarni bron qildirish, aeroportda xizmat ko‘rsatish) ham, «parvoz 
davomidgai servis» dan ham (styuardessalar e’tibori, samolet bortida ovqatlanish, 
samoletdagi qulayliklar) qoniqqanlik darajasi qiziqtiradi. Yo‘lovchilar anketani 
smoletga chiqqan paytida oladi va ularda savollarga parvoz davomida javob berish 
uchun vaqt bo‘ladi.
 
United Airlines kompaniyasining marketing tadqiqotlari bo‘limi har oy 
yo‘lovchilarning servisdan qoniqqanlik darajasini oylik tadqiq etishga yakun 
yasaydigan hisobot chop etadi. Hisobot shuningdek, Internet dagi saytda ham 
joylashtiriladi, shu sababli United kompaniyasi menejerlari uchun dunyoning istalgan 
nuqtasidan ochiq bo‘ladi. 
Tanlama to‘plam miqdori (1994 yil bilan taqqoslaganda uch baravar katta) 
kompaniyaning barcha bo‘linmalari foydalanadigan ma’lumotlar reprezentativligini 
asoslab beradi: 

marketing bo‘limi strategik rejalashtirish, joylashtirish va maqsadli guruhlar 
borasida qarorlar qabul qilish uchun; 

moliya bo‘limi investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lardan olinadigan 
samarani aniqlash uchun; 

aeroport xizmatlari bo‘limi yer usti servisi, jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish
tezligi va samaradorligini baholash uchun; 

oliy rahbariyat United Airlines kompaniyasining ichki va tashqi maqsadlarga 
erishishda raqobatchilarga nisbatan samaradorligini baholash uchun. 
Yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi keng miqyosli marketing tadqiqoti 
United Airlines barcha bo‘linmalari xodimlarini iste’molchilarning ehtiyojlariga 
yo‘naltiradi. Bu kompaniyaga barcha raqobatchilar aynan o‘xshash aviareyslar 
ro‘yxatlariga ega bo‘lgan, bir xil xizmatlar taqdim etadigan va bu xizmatlarga bir xil 


321 
tariflar belgilaydigan sharoitlarda o‘z xizmatlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. 
Masalan, marketing tadqiqoti natijalariga asoslangan holda United Airlines 
kompaniyasi parvoz vaqtida ovqatlanish yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi 
muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligini aniqladi va bu servis sifatini yaxshiladi. 
Shuningdek, United Airlines oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ayrim 
mashhur kompaniyalar, masalan, naprimer s Starbucks coffai Godiva Chocolates 
bilan hamkorlik o‘rnatdi. 
Univermag bilan bog‘liq misol marketing tadqiqotlari natijalari haqida 
hisobotning asosiy qismi strukturasi marketing tadqiqotlari jarayoni bosqichlariga 
qay darajada mos kelishini ko‘rsatadi. United Airlines kompaniyasi bilan bog‘liq 
misol o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida muntazam hisobot taqdim etish 
muhimligini ko‘rsatadi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish