Tadqiqotlari


 –rasm. Regression va korrelyatsion tahlillarning bosqichlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

14.2 –rasm. Regression va korrelyatsion tahlillarning bosqichlari 
 
1. Masala qo‘yilishi va dastlabki tahlil
.
Avvalo o‘tkazilayotgan tekshirishning 
vazifasi va maqsadiga asosan natijaviy belgi va uning regressiya tenglamasida 
ishtirok etish shakli, ya’ni belgini miqdoriy xarakterlaydigan ko‘rsatkich aniqlanadi. 
1.masala 
qoʻyilishi va 
dastlabki tahlil
2.maʼlumotlarni 
toʻplash va ularni 
oʻrganib chiqish
3.bogʻlanish shakli 
va regressiya 
tenglamasini 
aniqlash
4.regressiya 
tenglamasini baholash 
va tahlil qilish


311 
So‘ngra, natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning ro‘yxati belgilanadi, ulardan 
nazariy va mantiqiy tahlil yordamida eng muhim va mohiyatli bo‘lganlari tanlab 
olinadi. Ammo nazariy va mantiqiy tahlil yo‘li bilan muhim omillarni va ularning 
regressiya tenglamalarida ishtirok etish shakllarini belgilash haqidagi masalani to‘la 
hal qilib bo‘lmaydi. Bu jarayon keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi. 
2. Ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish
.
Ma’lumotlar to‘plashni 
boshlashdan avval tekshirilayotgan to‘plamni makon va zamonda chegaralash, 
shuningdek, uning birligini aniqlash kerak. Masalan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash 
sohasida ilmiy tadqiqot va innovatsiya jarayonlarini moliyalashtirish bilan uning 
omillari o‘rtasidagi bog‘lanish o‘rganilayotgan bo‘lsa, tibbiyot muassasalari va ilmiy 
markazlari bo‘yicha olingan bir necha yillik ma’lumotlar to‘plam bo‘lishi mumkin. 
Ma’lumotlar qanday ob’ektlar to‘plamiga tegishliligiga qarab har bir tibbiyot 
muassasasi, ilmiy markaz va boshqa birlik to‘plam birligi bo‘ladi. 
Har qanday statistik to‘plamni regression va korrelyatsion usullar yordamida 
tahlil qilish mumkin emas. Buning uchun to‘plam quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
- ma’lumki, regressiya tenglamasi natijaviy belgining o‘rtacha miqdori bilan 
omillar o‘rtasidagi bog‘lanishni xarakterlaydi. Demak, natijaviy belgining o‘rtacha 
miqdori soxta bo‘lmasligi uchun to‘plam sifat jihatidan bir jinsli bo‘lishi kerak; 
- regressiya va korrelyatsiya ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanishning ob’ektiv 
qonuniyatlarini ishonarli darajada aks ettirishi, ya’ni katta sonlar qonuniga asosan 
tasodifiy xatolarning ta’siri deyarli yo‘qolib ketishi uchun to‘plamning miqdori 
yetarlicha ko‘p bo‘lishi zarur; 
- to‘plamning birliklari o‘zaro bog‘lanmagan, erkin bo‘lishi talab qilinadi, ya’ni 
har bir ob’ekt birligining kuzatish ma’lumotlari boshqa birliklar natijalariga bog‘liq 
bo‘lmasligi kerak;
- natijaviy belgi taqsimoti omillarning barcha qiymatlarida normal taqsimot 
qonuniga bo‘ysunishi yoki unga yaqin bo‘lishi zarur.


312 
To‘plamning sifat jihatidan bir jinsli ekanligini, uning birliklari o‘zaro 
bog‘lanmaganligini va natijaviy belgining normal taqsimot qonuniga bo‘ysunishini 
tekshirish ma’lumotlarni tahlil qilish demakdir. Ma’lumotlarni tahlil qilishda x
2

Fisher (F), Styudent (t) va boshqa mezonlardan foydalaniladi. Agar to‘plam 
yuqoridagi talablarga javob bermasa, bog‘lanishning regressiya tenglamasi ob’ektiv
bo‘la olmaydi. 
3. Bog‘lanish shakli va regressiya tenglamasini aniqlash
.
Tanlab olingan omillar 
regressiya tenglamasida turli ko‘rinishlarda ishtirok etishi mumkin. Ma’lumotlarni 
dastlabki tahlil qilish natijalariga asosan regressiya tenglamasi biror ko‘rinishda deb 
faraz qilinadi. Masalan, chiziqli 


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish