Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish usullari


Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash



Download 19,18 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2022
Hajmi19,18 Kb.
#833079
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
5 - maruza lotincha

3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoki korxona jamoasi bajaradigan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalariga mualliflik huquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri.
Ilmiy materiallarni nashr qilish yoki oshkora yoki yopiq tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan ishlar e’lon qilinadi.
Ilmiy materiallar quyidagi ko’rinishda e’lon qilinishi mumkin:

  • monografiya;

  • vaqtli jurnaldagi maqola;

  • OO’Yu, ITI asarlari to’plamidagi, xalqaro, soha va boshqa xil konferensiyalar to’plamidagi maqola;

  • rasmiy kengash va konferensiyalarning dokladlari tezisi;

  • reformativ jurnallardagi maqola;

  • davlat qaydnomasiga ega ITI bo’yicha hisobotlar;

  • kashfiyot va ochilgan yangilikka potentlar;

  • respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonalarda deponentlangan ishlar;

  • gazetadagi maqolalar.

Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • ilmiy materialni nashr qiluvchi noshir qo’ygan talablarni o’rganish;

  • tanlangan ilmiy ish bo’limi mazmunini yozma bayon qilish;

  • sof patentlikka ko’ra maqola mazmunini tekshirish;

  • ochiq matbuotda e’lon qilish uchun maqolani ekspertizadan o’tkazish, kashf etish, yangilik yaratish unsurlarini yo’qligi;

  • maqolani ichki va tashqi taqrizga berish;

  • maqolani noshirga topshirish.

Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog’liq va u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • qog’oz va uning hajmiga bo’lgan talab;

  • chap, o’ng tomondan, yuqori quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi;

  • sahifalarga tartib raqamlarini qo’yishi;

  • rasmiylashtirish muharriri;

  • jadval va rasmlarni berilishiga talablar;

  • bosish shrifti va intervali;

  • bayon etilish ishi;

  • boshqa tildagi annotasiyalarga bo’lgan talab.

Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan, amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon qilinayotgan mavzu bo’yicha xulosadan iborat bo’lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarga havola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilishi kerak.
Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustaqil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko’ra tekshiruv o’z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farkli tomonlarni belgilashni oladi.
Har bir nashrga ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Buni mazkur ish bajarilgan tashkilot tuzadi, ochiq matbuotda e’lon qilish imkoni va mazmuni tegishli xulosa beradi.
E’lon qilishga takdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim hollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassis tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassis tomonidan yoziladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo’lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi.
Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik huquqit oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

1. Hisobot referati o’z ichiga nimani olish kerak?


2. Tasviriy materiallar, jadvallar va formulalar qanday berlishi kerak?
3. Ilmiy materiallar qanday ko’rinishda nashr qilinishi mumkin?
4. Ilmiy materiallarni berishga qanday talablar qo’yiladi?
Download 19,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish