Ilmiy loyiha biror ilmiy asar, o’qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining
qisqacha yozma yoki og’zaki bayoni, o’rganilgan ilmiy masalaning natijasi
haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o’z ichiga olgan
ma’lum mavzudagi doklad.
Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o’taydi. Unda muayyan mavzu
bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi
va tanqid qilinishi
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlarida ilmiy dokladlar
sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik
ma’lumotlar va boshqa materiallarni to’plash,
ularni qayta ishlash, ya’ni hisob
kitob qilish, tahlil qilish, o’rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko’z bilan qarashni,
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog’lashni o’rganadi.
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik
bo’yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so’zga chiqishga qaraganda
katta foyda beradi. Talaba “Ilmiy loyiha”da bildirgan o’z
fikrlarini himoya qila
olishi kerak.
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan mustaqil ta’limning yana bir shakli
taqdimot
dir. Talabalar taqdimotni mustaqil ta’lim shakli sifatida seminar darslariga
tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‘rganib, tanlangan
mavzuga chuqur yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda
tayyorlashlari kerak.
Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba
adabiyotlar bilan ishlash, turli
manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o‘rganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta
o‘zlashtirishi kerak.
Maqola
tadqiqotning mustaqil
ilmiytavsifi
bo'lib,
unda
muallif
dolzarb ilmiy muammo bo'yicha o'z fikrlarini bayon qiladi, xulosalar chiqaradi va
unga rasmlar, grafiklar, raqamlar bilan dalillar keltiradi.
Tezis
keng maʼnoda —biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday
fikri bo’lsa, tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsipni anglatadi.
Mustaqil ta’limnining yana bir shakli sifatida
talabalarga mavzu doirasida
Test
tayyorlash hisoblanadi. Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test
tizimining ishlab chiqilishi talabalarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan
ma’lum tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test
tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-birlari bilan uyg‘un
bo‘lishlariga ahamiyat berish zarurdir.
Mavzuga oid testlarni ishlab chiqishda zamonaviy talablardan kelib chiqib,
uch darajali testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir (1- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: