Tadqiqot metodologiyasi



Download 108,59 Kb.
bet1/7
Sana18.01.2023
Hajmi108,59 Kb.
#900223
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
TADQIQOT METODOLOGIYASI” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

MAVZU:Ilm-fanning zamonaviy ta’rifi.Gnoseologik, ijtimoiy, madaniy jihatlar.

Topshirdi:Abdullayev Arslon


Tekshirdi:Rashidov Hasan


Toshkent-2022
REJA:
Kirish
1. Ilm va fan tushunchalarining mohiyati va bir-biri bilan bog‘liqligi.
2. Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Fan ijtimoiy–madaniy hodisa. Fanlarning tasnifi.
4. Sharq renessansi davrida ilm-fan va madaniyat rivoji.
5. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi.
Xulosa.

Ilm-fanning zamonaviy ta’rifi.Gnoseologik,ijtimoiy,madaniy jihatlar.
ANNOTATSIYA
Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasidir.Mazkur atama arabcha so'zdan tashkil topgan bo'lib, oʻqish, oʻrganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuini ifoda qilish uchun qo'llaniladi. Ilm-voqelik haqidagi obyektiv bilimlarni rivojlantirish va tizimlashtirishga qaratilgan faoliyat.Ushbu mustaqil ishda ilm-fanning mohiyati,umumiy hamda hozirgi zamondagi zamonaviy ta’rifi va uning gnoseologik,ijtimoiy,madaniy jihatlari haqida fikr yuritilgan.
KIRISH
Ilm-fan— dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi hamda inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Ilm-fanning bevosita maqsadi oʻzining o’rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.Ilm-fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan bog’liq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya fanga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoda mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda ilm-fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar. Muhammad Al-Xorazmiy tenglamalar haqidagi fan sifatida algebra va toʻngʻich algoritmlarni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Ahmad Al-Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geografiya va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kubik tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Qoshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devoni lugʻotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi(11-asr), Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi fanlarni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.Yangi davr deb ataluvchi zamonda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi.Ilm-fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodiy mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika fani shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli ilm-fanning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi fanlar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biologiyada evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saqlanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va matematikada yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geometriya sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geometriyalar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. D.M.Mendeleyevning davriy sistemasi har xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki bog’lanishni ifodaladi. Maematika va fizikada 20-asrda ham katta yutuqlar qoʻlga kiritildi, texnika fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi.Ilm-fan va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo fanlaridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot fanlarining rivojlanishiga olib keldi.Ilm-fanning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy hayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi fanlar fan-texnika inqilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Fan tizimi umuman quyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, texnika fanlari va ijtimoiy fanlar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil fan sohalari ajraladi. Mustaqil fanlar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hozirgi paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika fanlari, Yer toʻgrisidagi fanlar, biologiya,matematika,tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiy texnik muammolarni hal qilish uchun hozirgi fanlarda tadqiqotlarni dasturiy maqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiy,amaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr ilm-fani uchun muhim vazifalardan biridir.Hozirgi davrda ilm-fan jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlim-tarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda ilm-fan alohida oʻrin tutmoqda.
Mustaqillik sharoiti O’zbekistonda ilm-fanning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, fanlarimiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi,ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustahkam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat,texnika va texnologiya haqidagi fanlarimiz ham jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilm-fanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellashtirish, informatika va hisoblash texnikasi hamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyar genetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviy,kimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.

Download 108,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish