Tadqiqot metodologiyasi


Ilm va fan tushunchalarining mohiyati va bir-biri bilan bog‘liqligi



Download 108,59 Kb.
bet2/7
Sana18.01.2023
Hajmi108,59 Kb.
#900223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

Ilm va fan tushunchalarining mohiyati va bir-biri bilan bog‘liqligi “ILM” so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui” ma’nosini anglatadi. Ilmning ta’rifi: "Haqiqatni voqelikdagidek idrok qilishdir" Fan - juda murakkab ijtimoiy soha bo‘lib, uning asosiy vazifasi - ma’lumot to‘plash, yangi bilimlarni va uning vositalarini o‘zlashtirish asosida o‘rtaga qo‘yilgan maqsadni (muammoni) yechishdir. Ko‘p hollarda fanni "bilimlar yig‘indisi" deb ta’rif qilishadi. Bu to‘g‘ri, lekin yetarli tushuncha emas, chunki bilimlar yig‘indisi tartibga solinmagan bo‘lishi mumkin. Agar bilimlar yig‘indisini g‘isht uyumiga o‘xshatsak, fan esa shu g‘ishtlardan qurilgan chiroyli qasrga qiyoslash mumkin. Fan nima? Fan - bu umumlashgan, tartibga solingan ijtimoiy tizim bo‘lib, u o‘zida tabiat, jamiyat va inson ongining obyektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, bu tizimni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan insonning ilmiy-faoliyatini va ilmiy faoliyatni ta’minlaydigan muassasalarni birlashtiradi. Ilm-fan doimiy ravishda rivojlanadi va o‘z-o‘zini boyitadi. Ilm-fanning rivojlanishi-bu ilmiy bilimlarni tartibga tushirish, ularni o‘rganish va o‘zlashtirishga qaratilgan insonlarning faoliyatidir. Ilm-fanning rivojlanishi ilmiy tashkilotlarda olib boriladi. Ilmiy muassasalar quyidagicha bo‘linadilar:  Noishlab chiqarish sohalari (akademik institutlar, tibbiyot, yuridik, adliya va h.k.);  Ishlab chiqarish sohalari (tarmoq institutlari, texnika bilim yurtlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va h.k.). Jamiyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishida ilm-fan juda katta ta’sir o‘tkazadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini ilm-fanning rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Ilmiy-texnika taraqqiyoti o‘ziga fanni, texnikani va ishlab chiqarishni birlashtiradi. Bu o‘rinda ilm-fan yo‘naltiruvchi omil, texnika-ilmiy faoliyatning natijalarini o‘zlashtiradi, ishlab chiqarish bo‘lsa tadbiqni ko‘p sonli tarzda amalga oshiradi. Fanning asosiy xususiyatlari. Hozirgi zamon fani quyidagi belgilarga ega:
 Fan-jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchidir;
 Ilm-fan bilan ko‘p odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun u ommaviydir;
Ilmiy-texnika taraqiyotining tezligi fanlarning ixtisoslashishini chuqurlashtiradi;
 Ilm-fan sohasida obyektlar va hodisalar tizimli yondoshuv tarzida o‘rganiladi.
Fan jamiyatimiz hayotida juda katta ahamiyat kasb etadi. Ilm-fan xalq xo‘jaligi bilan butunlay birlashib ketgan va barcha tarmog‘ida qo‘llaniladi. Oliy o‘quv yurti fani ham katta ahamiyatga ega: agar o‘qituvchilarga o‘zining ilmiy salohiyatini rivojlantirishga yordam bersa, talabalar uchun murakkab ilmiy dunyoning katta yo‘lini ochib beradi.
Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy printsiplari:
 ilmiy ijod va axborot erkinligi;
 samaradorlik va ijodiy raqobat;
 manfaatdorlik va rag‘batlantirish;
 ilmiy ekspertizaning xolisligi;
 inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikdan iboratdir.
Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlari:
 ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish;
 ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va resurslarni maqsadli yo‘naltirish;
 davlat ilmiy dasturlarini ishlab chiqish, asoslantirilgan tashabbus va loyihalarni qo‘llab quvvatlash;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash;
 ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish;
 intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza qilish;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirishni oqilona oshirib borish;
 ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash hamda undan manfaatdorlikni oshirish;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining axborot makoni bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari:
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi asosiy yo‘nalishlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
 ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi infratuzilmasining shakllantirilishi hamda uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
 davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni baholash tartibini tasdiqlaydi;
 ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora tadbirlarni belgilaydi;
 ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish tartibi hamda davlat ishtirokidagi jamg‘armalarni tashkil etish tartibini belgilaydi;
 ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish va rag‘batlantirishni ta’minlaydi;
 ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish tartibini belgilaydi;
 axborot makonida ilm-fan va texnologiyalar asoslari, yutuqlarini ommalashtirish, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targ‘ib etish bo‘yicha choratadbirlarni belgilaydi.

Download 108,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish