Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi. Rela: Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida


Rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak



Download 1,13 Mb.
bet7/21
Sana29.12.2021
Hajmi1,13 Mb.
#80870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
7-MAVZU. TADBIRKORLIK VA MARKETING PSIXOLOGIYASI.

Rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:

  • nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning barqarorligi, sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo moxiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.

  • xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, o’zini tuta bilish, o’zi va boshqalargi nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o’zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi.

  • xis-tuyg’u sifatlari – xis-tuyg’ularning turg’unligi,aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli holatlarda to’g’ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, xis-tuyg’ularini hisobga olish, o’z xis-xayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.

  • hulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, odamlar bilan munosabatda samimiylik, halollik.

Tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.

  1. Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.

  2. Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, o’zining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bilan band bo’lgan rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish bilan qo’shib olib boradi.

  3. Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.

  4. Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa xis-tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqishlari va intilishlarini jamoa xayoti bilan bog’laydi.

Atrofdagilarga ishoni ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.

Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi.



4-rasm.



Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, shijoatli bo’lib, ishchi-xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik usulda ish ko’radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda qoldirmaydi.

Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobiliyatiga ob’ektiv baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayonida tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga suyanadi.

Haridorlarning kasbi ham ularning qanday tovar va xizmatlarni iste’mol qilishi, xaridiga ta’sir qiladi.

Masalan boshqaruvchilar ko’proq jiddiy, sipo kiyimlarni kiysa, konchilar esa g’adir-budur kiyimlarda yurishadi. Marketologlar ma’lum bir kasbiy guruhning u yoki bu mahsulotga nisbatan o’rtachadan-yuqori qiziqishi bor bo’lsa, shuni zudlik bilan aniqlashga intilishadi. Korxona xattoki ma’lum bir kasbiy guruh uchungina mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishi mumkin.2

Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi, qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.

Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib chiqishga sabab:


  • mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;

  • shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;

  • jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.

Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, taxlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega.

Agar rahbar har bir ziddiyatli xodisaga holisona, do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri echimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qilishi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.

5-rasm.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish