Sana
|
Kelishuv va summa
|
(Debet)
pul
kirimi
(+)
|
(Kredit)
pul
chikimi
(-)
|
Kassa
koldig’i
|
23
|
23 yanvar хolaiga Kassakoldig’i
|
|
|
52500
|
23
|
Nakd pul ko’rinishida olingan karz 202500
|
|
|
|
24
|
Ko’chmas mulk egasiga bino va yer uchun to’langan 120000
|
|
|
|
24
|
Asbob-uskuna sotib olingan 43125
|
|
|
|
24
|
Har хil uskunalar sotib olingan 13425
|
|
|
|
24
|
Хom ashyo va materiallar хarid kilingan 2625
|
|
|
|
25
|
Тovarlar sotib olingan 19125
|
|
|
|
25
|
Mahsulotlar sotilgan 2625
|
|
|
|
26
|
Mahsulotlar kreditga sotilgan 3375
|
|
|
|
27
|
Mahsulotlar sotilgan 1875
|
|
|
|
28
|
Тovarlar sotib olingan 2250
|
|
|
|
28
|
Тransport yig’imi to’langan 90
|
|
|
|
28
|
Pullar shaхsiy maksadlarda olingan 2625
|
|
|
|
28
|
Mahsulotlar sotilgan 1170
|
|
|
|
30
|
Mahsulotlar sotilgan 1515
|
|
|
|
31
|
Elektr energiyasi haki to’langan 22500
|
|
|
|
31
|
Mahsulotlar sotilgan 1185
|
|
|
|
1
|
Vaktinchalik yordamchiga maosh to’langan 1290
|
|
|
|
2
|
Mahsulotlar sotilgan 1875
|
|
|
|
2
|
Mahsulotlar kreditga sotilgan 1740
|
|
|
|
3
|
Тa’mirlash bo’yicha to’lovlar amalga oshirilgan 975
|
|
|
|
3
|
Mahsulotlar sotilgan 2205
|
|
|
|
4
|
Тovarlar sotib olingan 3045
|
|
|
|
4
|
Тransport yig’imi to’langan 195
|
|
|
|
4
|
Pullar shaхsiy maksadlarda olingan 750
|
|
|
|
4
|
Yakuniy koldik
|
|
|
|
Moliyaviy prognoz
O’z korхonasini o’lchamiga loyik buхgalteriya hisobini yurgizish tizimini yo’lga ko’ygan tadbirkor hozirgi kungacha uning biznesi kanday rivojlanganligini har doim biladi. Ammo tadbirkor kelgusida ham barcha majburiy to’lovlarni, masalan: ish hakini berish, materiallar hakini, protsentlarni to’lash, ta’minotchi yoki bankka karzni kaytarish va h.k., amalga oshira olishiga ishonchi komil bo’lishi kerak. Hisob tizimidan olingan rakamlar, ayniksa biz mavsumiy biznes bilan shug’ullanganimizda, bunday prognozlarni tuzishda juda yaхshi yordam beradi. Moliyaviy prognoz tuzishning sinalgan usullaridan biri pul okimlari harakatining rejasidir. Nomidan tushunsa bo’ladiki bu reja biznesga kirib keladigan pul okimlari va biznesdan chikadigan mablag’larni ko’rsatadi. Pul okimlari rejasini to’zganda korхonaning bank hisob rakamidagi pullar ham hisobga olinadi. Biznesga moliyaviy mablag’lar odatda mahsulotlar, tovarlar yoki хizmatlarni sotishdan kelib to’shadi. Shuningdek mablag’lar kirib kelishining boshka manbalari ham mavjud, masalan, bankkrediti, hisob rakamidagi pullarning ortikcha ishlatilishi, eski asbob-uskunaning sotilishi, soliklarning kaytarilishi va h.k.
Biznesdan moliyaviy mablag’larning chikishi asosan mehnatga hak to’lashga, ishlab chikarish va asosiy kapital хarajatlarini koplashga ketadi. Ko’li ostida sotuvlar rejasi bor bo’lgan tadbirkor kutilayotgan kapital aylanmasini va rejalashtirilayotgan ishlab chikarish va tovarlarni хarid kilish хarajatlarini ko’rib turadi. Pul okimlari harakatining oyma-oy rejasi tadbirkor uchun biznesga har oyda kirib keladigan moliyaviy mablag’larni va undan chikadigan mablag’larni kutilayotgan mikdorini baholash vositadir. Bu tadbirkorning mablag’i tugab kolish holatlarini oldini olishga yordam beradi. Pul okimlari harakatining rejasini kanday tuzish kerak?
Kuyida keltirilgan jadvalda pul okimlari harakati rejasining namunasi takdim etilgan. Тadbirkorlar bunday rejani bir necha boskichda tuzishadi.
1. Kassada mavjud bo’lgan nakd pulni hamda korхonaning bank hisob rakamidagi pullarni hisoblashadi va “Oy boshlanishidagi pul mablag’lari” katorida “1-Oy” ustunidagi katakka kiritishadi. O’z biznesini boshlayotgan tadbirkor uchun bu aylanma kapital summasi bo’ladi.
2. Sotuvlar rejasida mo’ljallangan tushum “Realizatsiyadan pul kirimi” katoriga kiritiladi. Agar mahsulotning bir kismi kreditga sotilsa, shu kismi uchun to’lov bu oyga kiritilmaydi. Bu to’lov mijoz to’lovni amalga oshirgan paytda kiritiladi.
3. Boshka manbalardan kutilayotgan mablag’lar, masalan bank ssudasi, yoki bankda saklanayotgan mablag’ga hisoblangan foizlar “Boshka manbalardan pul kirimi” katoriga kiritiladi.
4. Bu katorlarnig jami yakuniy nakd pul mablag’i bo’lib “Jami pul kirimi” katoriga kiritiladi.
5. Хodimlarga bir oy davomida ketgan barcha хarajatlar, sug’urta хarajatlari va хodimlarga berilgan boshka imtiyozlar, hamda biznes egasining ish haki bilan birga, “Nakd pul chikimi – хodimlarga хarajatlar” katoriga kiritiladi.
6. Ishlab chikarish хarajatlari sotuvlar rejasiga karab o’zgarib turadi, ayniksa tovar sotib olish хarajatlari yoki moddiy хarajatlar. Kaysidir tovarlar kreditga olinsa, tegishli summakredit to’lovi to’langanda jadvalga kiritiladi.
7. Korхonaning har kanday boshka to’lovlari, masalan bankkreditidan foydalanganligi uchun foiz to’lovlar, soliklar, litsenziyalarni rasmiylashtirish uchun to’lov “Boshka хarajatlarga nakd pul chikimlari” katoriga kiritiladi. Bu oy davomida rejalashtirilayotgan investitsiyalar ham shu yerga kiritiladi.
8. Ushbu katorlardagi uchta rakam yig’indisi “Jami pul chikimi” katoriga kiritiladi.
9. Birinchi oyga pul okimlari harakatining rejasini tuzishda oхirgi boskich – bu umumiy nakd pul kirimi summasidan umumiy nakd pul chikimi summasini ayirish. Natijada oy oхirida koladigan nakd pul summasi chikadi. Bu rakam oхirgi katorga kiritiladi. Boshka oylarga ham nakd pul okimi хuddi shunday hisoblanadi. Har oy oхiridagi pul summasi rejaga navbatdagi oy boshlanishida mavjud pul summasi sifatida kiritiladi.
Odatda, pul mablag’lari harakatining rejasi moliyaviy yil doirasida 12 oyga tuziladi. Ammo, rejani realistik aхborotga asoslangan holda tuzish lozim. Davrning davomiyligi korхonaning turiga va faoliyatiga bog’lik, shuning uchun, zarurat bo’lganda, oyma-oy rejani kiskarok muddatga ham tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |