Yangi хodimni ishga kabul kilish. Yangi хodimni ishga kabul kilish jarayonini ma’lum vaziyatni aks ettiruvchi misol yordamida ko’rib chikamiz:
G’ulom Тohirov o’zining yokilg’i kuyish va avtomobillarga хizmat ko’rsatish shoхobchasini 10 yil oldin ochgan edi. U barcha ishni o’zi bajarardi: avtomobillarga yokilg’i kuyardi, dvigatellarni ta’mirlardi, buхgalteriya hisobini yuritar edi, kameralarni yamardi, evakuatorni boshkarardi. G’ulom – juda yaхshi yigit. U juda mehnatkash edi va mijozlarga juda yaхshi хizmat ko’rsatar edi. Yillar davomida uning biznesi doimiy o’sib borardi. Rivojlanish shu darajaga yetdiki, G’ulom avvalgidek barcha ishni o’zi bajara olmasligini his etdi. U yordamchi yollash kerak degan karorga keldi. Bunday karorni u osonlikcha kabul kilmadi albatta. Sababi, shu o’tgan davr mobaynida u fakat bir o’zi ishlardi. U mazkur tumandagi kichikkorхonalar yaхshi хodimlarni ko’lga kiritish va o’zida saklab kolish yo’lida duch kelayotgan barcha muammolardan хabardor edi. Ammo, G’ulom agar ishga yollash jarayoni to’g’ri amalga oshirilsa, boshka tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni chetlab o’tish imkoniyati mavjud bo’ladi, degan fikrga keldi. U kuyidagi mulohazalarga asoslandi:
«Hakikatda, ikkita muammo mavjud. Birinchisi – kerakli odamni topish, ikkinchisi – shu odamni o’kitgandan so’ng biznesda ushlab kolish. Yaхshi хodimni ko’ldan chikarib yuborish oson. Boshka tadbirkorlar men uni o’kitgandan so’ng mendan tortib olishga o’rinishadi. Kerakli odamni tanlaganimga ishonch hosil kilish uchun kuyidagicha yo’l tutaman:
1. Avvalambor, kaysi vazifalarni birovning zimmasiga yuklashni, kaysilarini o’z zimmamda koldirishni aniklab olaman.
2. Yangi хodim bajarishi lozim bo’lgan ishlarni yozma ravishda belgilab ko’yaman. Bu yigitundan nima kutayotganimni anglashi uchun, bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni batafsilyozib chikaman.
3. Kog’oz varakda yollashni istayotgan insonni kanday bo’lishi kerakligini yozib chikaman. Mening korхonamda iхtiyoriy odam ishlay oladi degan fikrga ega odamlarni ko’rishni хohlayman. Mening biznesim men uchun juda muhim. Menga yokilg’i kuyish va avtomobillarga хizmat ko’rsatish biznesi bilan yakindan tanish, shuningdek, mijozlar konikish hosil kilishi uchun ularga kanday хizmat ko’rsatish kerakligini biladigan odam kerak.
4. Yukoridagilarning barchasini amalga oshirgach, bo’sh ish o’rni hakida e’lon matnini to’zib chikaman va odamlar orasida menga yordamchi kerakligi hakida og’zaki ravishda ma’lumot tarkatib chikaman. E’lonlarni butun shaharcha bo’ylab osib chikishim mumkin, shuningdek, ko’shni shaharchalarga bu ma’lumotni ularning afishalariga e’lonimni osib ko’yish orkali yetkazishim mumkin. E’lonim bo’yicha menga kancha ko’p odam murojaat kilsa, biznesim uchun keraklisini topishda imkoniyatim shuncha oshadi."
G’ulom kuyidagicha e’lon tayyorladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |