Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati
Reja:
1. Tadbirkorlik huquqi tushunchasi
2. Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillari
3. Bozor munosabatlarini rivojlantirish va shakllantirishda tadbirkorlikning ahamiyati
4. Tadbirkorlik huquqining turdosh huquqlar — xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy huquqlardan farqi
Tadbirkorlik huquqi tushunchasi
O‘zbek xalqining azaliy orzusi ushalib, u ham siyosiy, ham huquqiy sohada mutlaqo mustaqil bo‘ldi. Endigi vazifa iqgisodiy sohada ham to‘liq mustaqillikka erishishdir. Buni amalga oshirish uchun asosiy e’tiborni bozor iqgisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratish lozimdir. "Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz, - deb yozgan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, - Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzining har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqgisodiyotni bir yoklama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi"1.
Ha, bozor munosabatlariga o‘z modelimiz orqali o‘tib bormoqdamiz. Bu jarayon Prezidentimiz rahbarligida sobitqadamlik, tinchlik, barqarorlikni saqiash va milliy xavfsizliknita’minlash, respublikamizning siyosiy, iqgisodiy hayotini, ijtimoiy sohalarini chuqur isloh qilish va yangilash asosida amalga oshirilyapgi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining mohiyati har bir fuqaroning ijodiy va mehnat faoliyatini takomillashtirish, boqimandalikka xotima berish, tashabbuskorlik va tadbir-korlikni rivojlantirish, mulkka egalik tuyg‘usiny kuchayti-rish, unga ishlab chiqarishga bo‘lgan hukmronlik hissini singdirish, ishlab chiqarishni iste’molchi manfaatiga bo‘ysundirish, ularning mahsulotga bo‘lgan talabini aniq hisobga olib, shunga yarasha tezlik bilan ish tutish, xo‘jaliqsa
tejamkorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish, talon-toroj va suiiste’molchilikka qarshi kurash, yangiliklarga nisbatan sezgir bo‘lish va fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini dadil va g‘ayrat bilan joriy etishdan iborat. Mana shular hayogga tadbiq etilgandagina xalqimiz har qanday iqgisodiy tanglikdan tezroq chiqib olishi va farovon hayot kechirishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Endilikda bozor iqgisodiyoti turli xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar iishab chiqarish, ularni ayirboshlash munosabatla-rining barcha soxdarini borgan sari keng qamrab olmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida har bir fuqarodan tadbirkorlik bilan ish ko‘rishni, tadbirkor faoliyatini tobora rivojlantirib borishni taqozo etmokda.
Tadbirkor — biznesmenlik faoliyati asosan XVIII asrda paydo bo‘lib, ko‘pincha "mulkdor" degan tushuncha bilan teng anglangan. Xususan, A. Smit biznesmenni foyda olish uchun biron bir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida tavak-kalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, deb ta’riflaydi.
Tadbirkorning barcha xarakatlari asosan bozor imkoniyat-larini taxlil qilish, undan foydalanish, novatorlik goyalarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.
G‘arbda biznesga foyda olish maqsadini ko‘zlab, xo‘jalik yuritish san’ati, ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi, navatorlik, xavf-xatarga doim taiyor turish kabi ko‘p qirrali faoliyat deb qaraladi. Bizning tafakkurimizda ham tadbirkorlikka nisbatan shu singari tushuncha paydo bo‘lmoqsa. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslardan mahorat, zehn, akl va xushyorlik talab egiladi va bu xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Shu ma’noda tadbirkorlik foyda olish maqsadidagi mustaqil faoliyat sifatida ta’riflanadi.
Umuman tadbirkorlikka va uning aniqifodasiga, ijtimyiy-psixologik tomondan yondashmay, balki uning tabiatI va faoliyatining ijtimoiy-iqgisodiy mazmuniga diqqat-e’tiborni qaratish lozim.
Bunda tadbirkorlikning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki inson faoliyatining shu sohadagi funksiyasi, uning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy aha^iyatiga e’^iborni qaratmoq lozim. Agar tadbirkorlikka shu tomondaN yondashib talqin qilinsa, u, avvalo, bozor xo‘jaligi va iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish usuli sifatida namoyen bo‘ladi.
Yanada aniqroq qilib aytganda, u bozor iqtisodiyotining alohida bo‘g‘inlarida takror ishlab chiqarish borasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy, iqgisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo‘jalik munosabatlarining majmuidir. Shu sababli tadbirkorlik, obrazli qilib aytganda, har bir xo‘jalik bo‘g‘inlarining, tovar ayirboshlashni, bozor xo‘jaligining rivojlanishini ta’minlovchi vositadir.
Ma’lumki, tadbirkorlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati yaxshi huquqiy baza mavjud bo‘lgan taqdirda ham, makbul sharoit mavjud bo‘lmasa, yetarli darajada rivojlanmaydi.
Demak, tadbirkorlik bilan taraqqiyot hamisha yonma-yon borgan-Taraqqiyot iqgisodiy-ijtimoiy sharoitlarda tadbirkorlikning turli, ya’ni jamoa, individual, hususiy va boshqa shakllarda rivojlanishini taqozo etgan.
Tadbirkorlikning rivojlanishi bozor iqtisodiyotining, shakllanib borishi bilan bog‘liq.
Ammo bozor iqgisodiyoti munosabatlari birdaniga tuliq shakllanmaydi. U asta-seiyu riyujlanib boradiganjarayon bo‘l&b, aql bilan ish tutishni taqozo etadi. Respublikamizda puxta tuzilgan rejaga binoan bosqichma-bosqich iqgisodiy islohotlar o‘tkazilib borilishi bunga yorqin misol bo‘ladi.
Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishidan asosIY maqsad bozor munosabatlarini tashkil etish, bozorni turli mollar va xizmatlar bilan to‘ldirib, iste’molchilarga tovar-ii tanlab xarid qilishlariga keng imkoniyatlar yaratib beriSH, oqibat natijada xalqning turmush sharoitiii farovonlashtirishdan iboratdir. Bunda tadbirkorlikning o‘ziga hos o‘rni bor. Chunki tadbirkorlik qanchalik rivojlansa, huquqiy tomondan himoya qilinsa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ham shunchalik taraqqiy etadi.
Tadbirkorlik mulk huquqini subyektlarining tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish asosida foyda ko‘rish yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tshiabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishidir. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkor-lik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida"gi qonuni mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlangarish ishining huquqiy tayanchidir[1] •
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi mazkur qonunda fuqaroiarning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyati erkin-ligini butun choralar bilan himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari belgilandi va tad-birkorlarimizning jahon bozorlariga o‘z toshrlari bmlak kirib borishlariga har tomonlama kulay imkoniyat yaratildi.
2-§. Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillari
Respublikamizda tadbirkorlikning asosiy maqsadi iqtisodiyotning ko‘p qirrali yo‘nalishini ta’minlash, ishlab chiqarishni iste’molchilarning talab va ehtiyojiga moslash, taqchillikni, qimmatchilikni yengib o‘tish, fuqorolarning iqgisodiy faoliyat sohasidagi erkinligani ta’minlash, har bir kishining shaxsiy qobiliyatini qadrlash va tadbirkorlik sohasidagi ularning boy imkoniyatlari ochilishiga, yuksak unumdorlik va tashabbuskorlik bilan mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratib berishdan iborat.
Tadbirkor faoliyati faqat qonun doirasida bo‘lishi kerak. Bu yuqorida ta’kiddanganidek, har bir tadbirkor respublikamizda hozir amalda bo‘lgan qonunlarga mos faoliyat bilan shugullanishga haqli ekanligini anglatadi. Tadbirkor biron foyda yoki daromad olish maqsadida tovar ishlab chiqarish yoki maishiy qulaylik yaratish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, uning faoliyati faqat qonun doirasida bo‘lishi kerak.
Tadbirkor foyda olish maqsadida o‘z faoliyatini bozor talablariga moslashtiradi, xaridorgar mollar ishlab chiqaradi. Agar mollarga talab, taklif o‘zgarsa, darhol shu taklifga ko‘ra ishlab chiqarish jarayonini unga moslashtiradi. Qisqasi, xaridor uchun zarur mollar ishlab chiqarishga harakat kdpadi. O‘zt ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan doimo raqobatda bo‘ladi. Raqobatga bardosh berish yo‘lidatinmay izlanadi, iqgisodiy imkoniyatlarni har tomonlama oshirib boradi.
Tadbirkorlikdan kutiladigan maqsad, yuqorida aytilganidek, daromad olishdir. Daromad qanchalik ko‘p bo‘lsa, tadbirkor o‘z faoliyati natijasidan shuncha mamnun bo‘ladi. Bu hol yangi-yangi izlanishlarga chorlaydi, yuqori iqgisodiy samaralarga erishish
yo‘lida vaizgbilan hrsoblashmay tinimsiz mehnat kdladi. Mazkur mehnat natijasi o‘z navbatida faqat tadbirkorning foydasi, boyliga bo‘lmay, balki xalqimizning ham boyliga hisoblanadi. Chunki tadbirkor o‘z xo‘jaligani tashkil etish natijasida olgan umumiy daromadvdan qonunda beyagalangan mikdorda soliq to‘laydi, boshqa to‘lovlarni qopaaydi. Qolgani esa tadbirkorning sof foydasi hisoblanib uning tasarrufiga o‘tadi. Tadbirkorlik aksariyat hollarda mulk bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Tadbirkor uni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida o‘zining xususiy mulkidan foydalanadi. Xususiy mulk fuqaroning qonunga muvofiq faoliyat yuritish asosida olgan sof foydasi, xususiylashtirilgan, qonunchilik asosida, xususiy mulk deb hisoblangan boshqa mulklardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir shaxsning mulkdor bo‘lishi, 54-moddasida esa mulqdor mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilangan.
Har bir fuqoroning mulkdor bo‘lishi va undan foydalanishi respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishiga nihryatda katga zamin yaratadi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarining huquqiy ustunligani hisobga olib, iqgisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligani, barcha mulk shakllarining teng huquqgaligini va huquqiy jihatdan babbaravar muhofaza egalishini kafolatlayii", deb ko‘rsatilgan. Bu qoidaning amaliyotda to‘liq tadbiq etilishi natijasida respublikamiz fuqorolari turli xilddgi mulklardan, shu jumladan xususiy mulkdan ham foydalanib tadbirkorlik faoliyatlarini birmuncha rivojlantiradilar. Natijada mamlakatimiz ijtimoiy-iqgisodiy hayotida, xalqxo‘jaligining boshqa sohalarida, o‘ggan qisqa muddatda bir qator yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Respublikamiz Prezidengi I. A. Karimovning «O‘zbekiston iqgisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli nihoyatda chuqur mazmunga ega bo‘lgan kitobida respublikamizning mustaqillikka erishgan kunidan boshlab, to shu kungacha
o‘tgan davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda qilingan ishlar, erishilgan yutuklar har tomonlama chuqur tahlil qilindi. Shu bilan birga kelgusida amalga oshiriliish lozim bo‘lgan asosiy ishlar aniqbelgilab berildi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
«Mehnat ko‘p talab qilinadigan va xizmat ko‘rsatish sohalari, qishloq joylarda kichik korxonalar tashkil etilsa va tez rivojlantirilsa, tadbirkorlik rag‘batlantirilsa, hunarmandchilik-kosibchilik va xalq badiiy ustachiligi qayta tiklansa, respublika uchun g‘oyat muhim muammo hal etiladi»[2]. Shu sababli tadbirkorlik sohasida mulqdor duch keladigan muammolarni yechish, unga keng yo‘l ochib berish, ko‘plab haqiqiy mulk egalarini tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda; tadbirkorlikning qonuniy bazasini mustahkamlash va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash kerak. Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, tadbirkorlarga va bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan shaxslarra-faket huquqiy kafrlat berish kifoya emas. Ularni amalga oshirish uchun ana shu huquqva kafolatlardan to‘la foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, ishbilarmonlar faoliyatiga qilinayotgan to‘sqinliklarni bartaraf etish lozim. Xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga bugun respublikamizning iqgisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi omil sifatida qarash va qonunchilik faoliyatiga ham ana shu nuqgai nazardan yoidashish darkor.
Tadbirkorlik o‘zga shaxslarning mulkidan qonun doirasida foydalanish asosida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda, tadbirkor faoliyatini mulk egasi bilan ijara shartnomasi tuzib, uning mulkidan foydalanish hisobiga tashkil etadi. Tadbirkor bilan mulk egasi o‘rtasida tuziladigan ktrtnoma 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublika-sining «Ijara to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi[3]. Mazkur qonunga muvofiq ijara, mulkning barcha shakl-lariga tadbiq etiladi. Agar mulk xususiy bo‘lsa, shu mulk egasi bilan ijarachi o‘rtasida, mulk xo‘jalik yuritish asosida mulqdorga tegishli bo‘lsa, shu mulkni idora qiluvchi shaxs bilan, mulkdor chet el fuqarosi bo‘lsa, ular bilan shartnoma tuziladi. Mulk egasining maqsadi o‘z mulkini ijaraga topshirib, undan foyda olish bo‘lsa, ijarachining maqsadi ijaraga olingay mulkdan foydalanib daromad olishdir. Qisqasi, ijarachi ham, mulkni ijaraga beruvchi ham ana shu yo‘sivda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ijaraga oluvchi faqat fuqaregina bo‘lib qolmay, balki yuridik shaxslar, ya’ni korxonalar, tashkshyutlar, qo‘shma korxonapar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, O‘zbekiston yoki chet el yuridik shaxslarining mulklari asosvda tashkil etilgan tashkilotlar ham bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik tadbirkorning o‘z mulki hisobiga tashkil etiladi. Ammo tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun mulkdor, ya’ni xususiy mulk egasi bo‘lib ish boshlashi shart emas. Balki to‘la xo‘jalik yuritish hukuqiga ega bo‘lish ham tadbirkorlikni tashkil etish uchun yetarlidir.
O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida [4]belgilanishicha, korxonalar o‘z mulkiga nisbatan, agar ular davlat va jamoat tashkilotlariga tegashli bo‘lsa, to‘la xo‘jalik yuritish yoki mulkni tezkor boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
Ana shu qonunning 24-moddasiga muvofiq, davlat mulki bo‘lgan va davlat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk to‘la xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir. Kor-xona o‘z mol-mulki bilan to‘la xo‘jalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, unga nisbatan o‘z xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. To‘la xo‘jalik yuritish huquqiga nisbatan, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mulkchilik huquqi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. Mulkka nisbatan xo‘jalyk yuritish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor o‘z faoliyatini mulkdor tomo-nidan belgalangan huquq doirasida amalga oshiradi. Tadbir-korning bu mulkni egallash, foydalanish va uni tasarruf etish huquqi nizomga asosan belgilanadi. Ammo mulkka nisbyatan xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor foyda (daromad) olish maqsadida qonunlarga muvofiqtadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, tashabbus ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq barcha harakatlarni o‘zi mustaqil bajaradi.
Tadbirkorlik faoliyatn bilan shugullanishning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri tadbirkorning tavakkalchilik bilan ishni tashkil etishidir. Tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganida, shu faoliyatdan keladigan foyda ham, shuningdek zarar ham o‘z zimmasida bo‘lishini aniq biladi. Zarar turli sabablar tufayli yuzaga keladi. Ayrim holda tadbirkorlik faoliyatini shaxsan o‘zi tashkil eta olmasligi oqibatida ham zarar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, ba’zi holarda mahsulot, xomashyo bilan ta’minlovchi sheriklar, ya’ni ta’minotchilarning shartnomada belgilangan vaqgda mahsulotni yetkazib bermasligi natijasida ham yuz beradi. Bunday holatda, albatta, mahsulot yetkazib bermagan, shartnomani buzgan tomondan tadbirkor keltirilgan zararni undirishga haqli. Ammo undirilgan har qanday zarar shartnoma bajarilgani natijasida olinadigan foydani to‘liqqoplay olmasligi aniq. Tadbirkor ishlab chiqargan tovari sifatsiz, raqobatbardosh bo‘lmay, ayirboshlash jarayonida zarar ko‘rib qolishi tufayli sinish xavfiga duch kelishi mumkin. Bunday paytda u sezgir bo‘lishi, bozorni doimo kuzatib borishi, yangiliklarni tezda ilg‘ab, ishlab chiqarish jarayonini ana shunga moslashtirishi zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyati tadbirkorga bog‘liq ""'shagan tabiiy hodisalar, ya’ni qaytarib bo‘lmaydigan tabiiy kuch ta’sirida ham rivojlanmay qolishi mumkin. Tadbirkor ana shu holatlarni ham nazarda tutib o‘z faoliyatini tavakkal qilib yurgizadi. O‘z tadbirini oqilona ishga solib, kelib chiqadigan , -r^g oqibatlaridan qo‘rqmay tavakkal qilgan tadbirkor doimo yutib chiqadi, ko‘zlangan maqsadi sari ilgarilab boraveradi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, undan foyda yoki daromad olishi uchun ishiga talabchan, uddaburon bo‘lishi kerak. Chunki o‘z faoliyatida tashabbus ko‘rsata olmasa, oldiga qo‘ygan maqsadga erisha olmavdi. Tashabbus ko‘rsatib ish yurigmagan tadbirkorraqobatga bardosh berolmay, sinishi aniq. Shu tufayli u raqobatda g‘olib chiqish uchun bozor sharoitiga tezroq moslashishga, ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil belgilashga, rivojlantirishga va uyushtirishga harakat qilishi kerak. Buning uchun u o‘zi ishlab chiqarayotgan tovarga, mahsulotga, ko‘rsatayotgan xizmatga bo‘lgan bozor talabini doimo hisobga olib borishi va o‘z faoliyat taraqqiyotini shu asosda mustaqil rivojlantirib borishi lozim. Bu esa erkin bozor talabidan kelib chikadi.
Respublikamiz qonunlari bilan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berilgan. Ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqsa. Shu sababli tashabbus ko‘rsatish amaldagi qonunlar doirasida, tadbirkorlik faoliyati esa o‘z ustavi yoki nizomi doirasida bo‘lishi kerak.
Tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri tadbirkorlar egallagan iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy mavqedan qat’iy nazar, ularning o‘zaro munosabatlarda tengligidir. Tadbirkorlar o‘z faoliyatini boshlash bilan boshiq bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, ular bilan ta’minlanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib, foyda (daromad) olishda, shuningdek turli ishlarni bajarishda o‘zga, ya’ni xizmatdan foytsalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan o‘zaro teng huquqli munosabatda bo‘ladilar.
Tadbirkor o‘zga shaxslar bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lar ekan, faqat o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlariga va bu munosabatni xuquqiy tartibga soluvchi qonun-qoidalarga og‘ishmay rioya etishga majburdir.
Tadbirkorlik faoliyati chet el investitsiyalaridan foydalanib ham tashkil etilishi mumkin. Xususan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldaga «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, hamda «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonunlari[5] bilan respublikamizga chet el invesgitsiyalarini jalb etish turlari va tartibi belgalab beridsi. Unda belgilanishicha, chet el investitsiyalaridan foydalanish shakllari; respublikamiz tadbirkorlarining xorijiy davlat fuqarolari va yuridiq shaxslari bilan birgalikda korxonalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari barpo etish va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushi bilan qatnashishi; chet el fuqarolari va yuridik shaxslarning o‘z korxonalari, banklari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa tashkilotlarini barpo etishi; mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish; mustaqil ravishda yoki jismoniy shaxs va yuridik shaxslar ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan yerga va tabiiy resurslarga egalik qilishi, foydalanish huquqlarini egallash yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati o‘zga shaxslardan qarz yoki tegishli muassasalardan kredit olish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi krnunida[6] belgilanganidek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir fuqaro, jamoa (shirkat), tashkilot pul mablag‘lariga bo‘lgan extiyojini tegishli banklardan oladigan qarzlar (kredit) xdgsobiga qanoatlantirishi mumkin.
Korxonalar ham tadbirkorlik faoliyati yurgizish uchun bank va boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadilar. Korxonalarning biri ikkinchisidan pul yoki natura shaklida qarz olishining Yo‘lga qo‘yilishi bevosita respublikamizda iqgisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich chuqurlashib borishi va bu munosabatlarning shakllanishi bilan borliq. Muqadsam bir korxona (tashkilot)ning ikkinchi korxona (tashkilot)ga qarz berishi man etilgan edi. Sobiq tuzum sharoitida kredit tasdiqlangan reja asosida itgafoq davlat banki va boshkr banklar tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda biron maqsadga qaratilganbo‘lsagavaberipar edi. Masalan, kolxozlar, sovxozlar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirib, kontrakt shartnomasi asosida yoki komission shartnoma asosida sotishi uchun banklardan bo‘nak (avans) olar edi. Hozirgi paytda esa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, korxona (tashkilot)larning biri ikkinchisiga qarz berishlarini man etuvchi qoidalar bekor qilingan.
3. Bozor munosabatlarini rivojlantirish va shakllantirishda tadbirkorlikning ahamiyati
Ma’muriy buyruqbozlik sharoytidagi rejalashtirish tizimi xo‘jalikni rivojlantarish va samaradorligani oshirishni cheklab k lgan edi. Bu holatdan tez qutulish maqsadida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati tug‘ildi.
«... Iqgisodiy islohotlar birinchi bosqichining yuyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat edi»[7].
Ko‘p ukladli iqgisodiyotni rivojlantirishda tadbirkorlik munosabatlari ham alohida o‘ringa ega. Chunki tadbirkorlik rivojlanishi xizmat ko‘rsatishga, turli mollar va mahsulotlar ishlab chiqarishga, bozorni keng iste’mol mollari bilan to‘ldirishga sabab bo‘ladi.
Tadbirkorlik faolpyatiga qadam qo‘yayotgan har bir shaxs, tadbirkorlik odobi (etikasi)ga rioya qilishi kerak. Tadbirkorlik odobi o‘zaro tadbirli ish munosabatlarida halol va sof vijdonli bo‘lish bilan belgilanadi. Chunki tadbirkor ko‘plab shaxslar bilan turli munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular halol va sof vijdonli bo‘lishlari lozim.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga aloxida e’tibor berilmokda. Chunki shu orqali iqgasodiy munosabatlar rivojlantirilmokda, qo‘shma korxonalar va kichik korxonalar tashkil qilinmoqsa.
Agar biz bozor iqgisodiyoti munosabatlariga mos keladigan kasblarni puxta egallasak, bozor munosabatlarining shakllanishini ham tez hal eta olamiz.
Bunga misol sifatida dastlabki tadbirkorlikni oleylik. Bu chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat sohalaridagi tadbirkorlik bo‘lib, natijada bozorimiz ko‘plab mollar bilan to‘ldirildi. Hozirgi paytda ichki bozorimiz barqarorlashib turganligida ham tadbirkorlikning o‘rni borligini izohlashga hojat yo‘q.
Tadbirkor uchun eng muhimi tadbirkorlikning shakllarini to‘g‘ri tanlay bilish. Shunday qilingandagana tadbirkorlik munosabatlari riyujlanadi va barqarorlashadi.
Bu sohaningrivojlanishida Prezidentimizning 1995 yil 5 yanvarda imzo chekkan «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni ragbatlantirish to‘g‘risvda»gi Farmoni[8] muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Farmonning birinchi batsdida ta’kidlanganidek, avvalo davlat korxonasi bilan xususiy korxonalarning mavqei tenglashtirildi. Bu degani - xususiy korxonalarga ikkinchi darajali sifatda qarashlarga chek qo‘yildi. Kichik korxona tuzmoqchi bo‘lgan shaxslarga juda qulay imkoshyat yaratshshb, tadbirkor turli xildagi keraksiz hujjatlarni ao‘plash kabi sinovlardan qutildi.
Tadbirkor qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanishidan qatiy nazar, uning arizasi olingan kundan boshlab uch kun muddat ichida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ruxsat berilishi mazkur Farmonning 2-bandida ko‘rsatildi.
Bundan tashqari mamlakatimizda «Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamgarma» (Biznes fond) tashkil etilganligi ham tadbirkorlik faoliyatini birmuncha yengillashtirdi[9]. Ushbu jamg‘arma ish boshlamoqchi bo‘lgan va yordamga muhgoj tadbirkorlarning bankdan qarz olishiga yordam beradi. Buning uchun uni tadbirkorlik faoliyatining kelgusida qanday samara berishi va yashab turgan joyida bunga imkoniyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqsim etishlari zarur.
Yuqorida tadbirkorlikning turli sohalari haqida gapirib o‘tdik, ulardan biri chorvachilik sohasidagi tadbirkorlikdir. U bilan shugullanayotgan tadbirkor oldida juda ko‘p qiyinchiliklar va muammolar mavjud edi. Ularni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdsamasining 1995 yil 24 martdagi «Chorvachilikni xususiylashtirish, davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘grisidaii qarori ayni muddao bo‘ldi. Unda:
- chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni tanlov, kimsshdi savdosi asosida sotish;
- yer maydonlarini umrbod egalik qilish uchun yangi mulkdorlarga sotish;
- chorva mollari va boshqa mulk qiymatini to‘lash mudsatini uzayt irish tartibini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan edi.
Shu bilan birga unda xususiy fermerlarga ozuqa yetishtirish uchun yer ajratilishi, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mahsuldor mollar podasini muntazam yangilab borish maqsadida naslchilik zavodlari va xo‘jaliklarini aniqpash vazifasi ham belgilandi. Bu esa xususiy fermerlar faoliyatini rivojlantirish va kelgusida nasldor mollarni yetishtarishning muxim omili xisoblanadi.
Shuningdek, fermerlar faoliyati uchun mablag‘lar ajratish va hisobot-statistika ishlari yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatamizda tashkil etilgan tadbirkorlik tizimini rivojlantirish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqsa. Bu esa o‘z navbatida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirib borishga, shu asosda bozorni turli mollar bilan to‘ldirishga, narx-navoning arzonlashuviga, aholi turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi.
4. Tadbirkorlik huquqining turdosh huquqlar — xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy huquqlardan farqi
Tadbirkorlik huquqi turdosh huquqlar — xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy va boshqa huquqlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqpanadi.
Tadbirkorlik huquqining mohiyati mulkchilik subyektlariningtovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan foyda yoki daromad olishga qaratilgan faoliyatidan iborat.
Xo‘jalik huquqining mohiyati ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq, ammo bu faoliyat doimo foyda olishga qaratilmaydi. Tadbirkorlik sohasidagi faoliyat aksariyat mustaqil bo‘lib, tadbirkorning o‘z xohishi, istagi bilan aniqlanadi. Tadbirkorlik huquqi bilan xo‘jalik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar go‘yo bir xildek ko‘rinadi, ammo ular bir-biridan farqlanadi.
Xususan xo‘jalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning rivojiga bir nazar tashlasak, uning tadbirkorlik ququqidan farqi juda aniq ko‘rinadi. Eng avvalo, xo‘jalik huquqiga sobiq ittifoq davrida berilgan ta’rifga e’tibor beraylik Xo‘jalik huquqi huquq tarmog‘i sifatida sosh;alistik xo‘jalik yuritishning maqsadga muvofiqligini ta’minlash niyatida xuquqiy boshqarishning turli usullaridan foydalanish bilan sotsialistik tashkilotlar va ularning bo‘linmalari o‘rtasidagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi va rahbarlik qilish tartibini aniqlovchi huquqiy qoidalarni o‘zida ifodalaydi.
Ammo 1991 yilga kelib ijtimoiy-iqgasodiy taraqqiyotda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Sotsialistik ishlab chiqarish usullari va xo‘jalik munosabatlari mutlaqo yangacha yondashuv, yangicha munosabatlarni qo‘llash va ularni qonuniy tartibga solishni taqozo etdi. Natijada sotsialistik tuzum o‘z-o‘zidan tugadi, yangicha iqgisodiy munosabatlar yuzaga keldi. Bevosita erkin bozor, raqobatli ishlab chikerish jarayonini tashkil etish, mulkka nisbatan munosabatlarni tubdan o‘zgartirish, ko‘p ukladli iqgisodiy munosabatlarni shakllantirib borish bilan bog‘liq bo‘ldi. Shu tufayli iqtisodiy ishlab chiqarish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, bozorni erkinlashtirish yo‘lida yangicha ishlab chiqaruvchilar guruh paydo bo‘ldi. Ular endi tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bozorini raqobatbardosh mollar va xizmatlar bilan to‘ldirishda o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib boryapti.
Shu tufayli xo‘jalik huquqiga ta’rif berishga ayrim mualliflar yangicha usudsa yondashmokdalar. Masalan, professor V. S. Martemyanov tomonidan xo‘jalik huquqiga berilgan ta’rifga qo‘ra, xo‘jalik huquqi huquqtarmog‘i rifatida davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlash maqsadida, iqgisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan (shu jumladan, savdo-sotiqke oid bo‘lmagan) qoidalar yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
Ta’rifdan ma’lumki, xo‘jalik huquqining mazmuni davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlash maqsadida iqgisodiy munosabatlarning rivojlanishi va uni davlat tomonidan tartibga ssh i shga doir qoqpalardan iboratdir. Ammo ta’rifda tadbirkorlik munosabatlari va u bilan bog‘liq boshqa munosabatlar ham ko‘rsatilgan. Bizning fikrimizcha, tadbirkorlik davlat korxonasini idora qilishda ham qo‘llanilishi tabiiy, lekin u to‘liq ma’nodagi tadbirkorlik emas, albatga. Tadbirkorlik munosabati foyda yoki daromad olish maqsadida tadbirkor tavakkal qiladi, o‘z takdirini shu mavhum yo‘lga tikadi va bu sohada faqat o‘ziga ayon bo‘lgan ish usullariga asoslanib faoliyat olib boradi va ularni sir saklaydi, raqobatga qarshi tinimsiz harakat qiladi. Raqobatda yutqazsa, oqibat aniq - sinadi. Davlat korxonasiga bankrotlik joriy etilmaydi. Har ikki turdagi tadbirkorlik ana shu jihati bilan bir-biridan farq qiladi.
Ma’lumki, xo‘jalik huquqi va bu huquqtomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ham davr talabiga, ya’ni bozer munosabatlariga qarab o‘zgaradi*. Bu degan so‘z xo‘jalik huquqi bilan tedbirkorlik xuquqi bir xil, yagona bir fanni tashkil etadi, segan ma’noni anglatmaydi. Xo‘jalik hukuqining moxiyati davlat korxona vatashkilotlari, jamoa korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va shunga o‘xshash boshqa davlatga aloqadorsiz korxonalar tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tik va ufqiy munosabatlardan iborat. Tadbirkorlik huquqining mohiyati esa tadbirkorning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan foyda (daromad) olishga qaratilgan faoliyatidir. Tadbirkorlar bu faoliyatni amalga oshirshssa biri ikkinchisiga itoat etmaydi, balki fa^t qonunga va o‘zaro tuzilgan shartnomaga rioya etadi. Shu tufayli o‘zlari ishlab chiqaradigan tovar yoki ko‘rsatadigan xizmatni o‘zlari belgilaydilar va o‘zlari ayirboshlaydilar. Xo‘jalik huquqida ham korxona yoki tashkilotni idora etuvchi tadbir bilan ish olib borish, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun harakat qilishga majbur. Ammo uning bu sohadagi faoliyati davlat yoki jamoa tashkiloti tomonidan belgilab berilgan reja yoki ko‘rsatma doirasida bo‘ladi. Tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatini o‘zi xohlaganidek o‘zgartirib, bslgilangan tartibda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazib,
faoliyat ko‘rsatishga haqli bo‘lsa, davlat korxonalari va tashkilotlari bunaqa huquqsan to‘la foydalana olmaydi. Ular faqat nima maqsadsa tashkil etilgan bo‘lsa, shu faoliyatnigina bajaradi. Faoliyatni o‘zgartirish esa tashkilotni yoki korxonani tashkil etgan mulqdorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik huquqi bilan tadbirkorlik huquqiiing subyektlariga nazar tashlasak, ularning farqi yanada aniq va ravshan ko‘riaadi Xo‘jalik huquqining subyektlari deb korxona, tashkilotlar bilan birga davlat banklari, birjalar, xo‘jalik faoliyati olib boruvchi davlatga aloqador fondlar, davlatning o‘zi la uning tarkibiga kiruvchi muxtor respublika, ma’muriy hududiy tuzilmalar, ya’ni viloyat, tuman, shaharlarni ko‘rsatish mumkin. Fuqarolar, fuqarolar guruhi, shu jumladan davlat, kooperativ va boshqa korxona jamoasi, chet el fuqarosi yokn yuridik shaxs, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, aralash mulk subyektlari tadbirkorlik huquqi subyekti hisoblanadi. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik, fuqarolar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbnrkorligi yuridik shaxs bilan fuqaroning mulkini va mulk huquqini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyat tadbirkorlik shakllari hisoblanadi.
Tadbirkorlik qoidalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar xo‘jalik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardan farq qiladi. Xo‘jalik hukuqsga doir faoliyat davlat yoki jamoa tashkiloti tomonidan belgilangan faoliyat xisoblanadi, uning ishtirokchilari faqat o‘z vazifasini bajargan bo‘lsa bas, undan qancha foyda va daromad kelish-kelmasligi ularni qiziqgirmaydi. Yuqorida sanabo‘gilgan ana shu jihatlari bilan tadbirkorlik huquqi xo‘jalik huquqidan farq qiladi.
Fuqarolik huquqs mulkhuquk?!, bitimlar, yuridik shaxslar, turli shartnomalar, mualliflik va vorislik huquqlari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Tadbirkorlik huquqi esa tadbirkorning faoliyatini, ya’ni yakka tartibdagi faoliyat, ishchi kuchi jalb etilgan holdagi xususiy tadbirkorlik, fuqarolar guruxi tomonvdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik, chet el fuqarosi yoki yuridik shaxslari ishtirokidagi tadbirkorlik bo‘lib, aksariyati foyda yoki daromad olishga karatilgan buladi. Shu sababli tadbirkor o‘z mulki, chet el fuqarosi mulki, davlat va tashkilotlar mulkidan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin.
Tadbirkorlik huquqi fuqarolik huquqidan shu jihatlari bilan farqlanadi.
Ma’muriy huquq tadbirkorlik huquqiden deyarli butunlay farq qiladi. Chunki ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ijro farmoyishi bilan bog‘liqbo‘lib, tadbirkorlikdan birmuncha uzoqrokda turadigan munosabatdir.
Tadbirkorlik munosabatlarini amalga oshirishda tadbirkor yollanma mehnatdan foydalanishi ham mumkin. Lekin bu munosabatga mehnat qonunchiligi tadbiq etiladi.
Mehnat .qonunlari, mehnat shartnomalari, jamoa shartnomalari, mehnat jamoasi faoliyatini, uning kengashi faoliyatini tartibga solishda tadbiq etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida ham mehnat shartnomasi tuzilib, u o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bu hol tadbirkorlik sohasidagi mehnat shartnomasini alohida o‘rganib chiqishni talab etadi.
Tadbirkorlik sohasida ham moliya munosabatlari mavjud, ammo u moliya huquqidan mutlaqo farq qiladi. Moliya huquqining mohiyati davlat daromadini sarflash va daromad rejasini tashkil etish bilan bog‘liq moliya byudjegani tartibga solshpga qaratiltan faoliyat xisoblanadi. Tadbirkor tovar ayirboshlash jarayonini uzluksiz davom etgirishda daromad manbaidan foydalanadi. Bu munosabat tadbirkorlik huqukning mag‘zidir. Tadbirkorlik huquqi qishloq xo‘jalik huquk?!, xo‘jalik jarayoni kabi huquq sohalaridan ham o‘ziga xos jihatlari bilan tubdan farq qiladi.
Адабиётлар:
1 Каримов И. А.. Ўзбекистон буюк келажак сари (Ўзбекистон XXI аср бўсагасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафо-латлари). Т., «Ўзбекистон», 1998, 567-6.
2. «Халқ сўзи», 2000 йил 15 июнь.
3. Каримов И. А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т., «Ўзбекистон», 1995, 241-6.
4. Ўзбекистон Республикасининг Корхоналар, Ижара, Мулкчилик тўғрисидаги қонунлари. Т., «Адолат», 1997.
5. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |