3.2. Kasb-hunar kollejlari talabalariga ma’naviy tarbiya berishni joriy
etishda hayot xavfsizligi
Vatanimiz milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligi, qudratli intellektual
salohiyatining yuksak bo‘lishida siyosiy, huquqiy, ma’naviy va ma’rifiy yo‘nalishlarda
olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar majmuasida, aholi va hududlarni turli
vaziyatlardan muhofaza qilish, inson havfsizligi va salomatligini saqlash alohida
o‘rin tutadi, shuning uchun ham bu soha milliy davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov mazkur masalaning dolzarbligiga alohida e’tibor
berib, respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq «Siyosatimizning asl
mohiyati aholi havfsizligini ta’minlash, ularni turli xil ofatlar va favqulotda
vaziyatlardan himoya, qilishdir» deb alohida ta’kidlab kelmoqdalar.
Jamiyat va tabiat asosi, uni o‘z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va boshqaruvchisi
inson ekanligini e’tiborga olib, uning hayot faoliyatini yaxshilash, e’zozlash -
taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham,
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash,
ularni turli ta’sirlardan saqlash, har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish
asosiy ezgu maqsad qilib olingan.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi o‘z ichiga insonning jamiyatda ishlab
chiqarishda, yashashida, faoliyat olib borishida muhitning havfsiz bo‘lishi, tabiiy va
texnogen xususiyatli vaziyatlardan saqlanishi, urush va terrorizm xurujidan
himoyalanishi, tabiat va odamzot quyunligini saqlashi, umuman olganda, insonning
shu zamindagi hayotining havfsizligini ta’minlash tushuniladi.
Ona sayoramizda ilk qadamlarni qo‘ygan va tafakkur imkoniyati darajasiga
ko‘tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o‘zlariga havf solib turgan
yirqichlardan ham havfli ofatlar bo‘lishini tezda tushinib yetishgan. Chunki, o‘sha
davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, tufonlar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar
insonlarning ojiz va siyrak qabilalariga sezilarli zarar yetkazib turgan.
Insoniyat XXI asrga qadam quyar ekan, o‘tgan davr mobaynidagi sovuq
urushlar, tinchlik davrlarida qo`llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko‘rinishdagi
82
falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr bo‘sag‘asida bajariladigan
tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
XX asr poyonida xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb
muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy etgan
texnologiyalar bilan ta’minlashi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning
murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodni barqaror
rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalar O‘zbekistan
aholisi hayot faoliyatini va xududini turli xil vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik
xavfsizlikni, ayniqsa fuqaro mehnatini muhofazasini ta’minlash hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistan XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Ekologik
xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun
insoniyatning umumiy muammosiga aylangan»ligini e’tirof etganlar. «O‘zbekiston
XXI asrga intilmoqda» asarida Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi, aholi
xavfsizligi tahdidi to‘g‘risida batafsil to‘xtab o‘tganlar.
Oldingi asrda ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi
vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg‘in qurollari va xujumkor
vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda fuqaro
muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat asosida shakllanmoqda, mamlakatimizni
va aholini turli falokatlar va halokatlardan, saqlash ularning mehnatini, yashashini
muhofaza etish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda.
Shuning uchun fuqarolarni turli bo‘ladigan ta’sirlardan saqlash hozirgi
kunning dolzarb vazifalaridan hisoblansa, xuddi shunday bizning o`lkamiz tabiiy
ofatlar (yer silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini va h.k.) bo‘lishiga moyil o‘lka
bo‘lganligidan hamda texnogen avariyalar va ekologik muvozanatni buzilishi
natijasida uning oqibatlaridan, fuqarolar mehnat muhofazasini, xalq xo‘jaligi
tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko‘rgan
hududlarda ko‘tarish - tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim vazifalardan
hisoblanadi.
83
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O‘zbekistan mintaqasi uchun xos
bo‘lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan
ekologik vaziyatlarni fuqaro hayot faoliyatidagi mehnat havfsizligini chuqur
tahlil etish natijasidagina har qanday vaziyatlardagi moddiy, ma’naviy
yo‘qotishlar ko‘lamini qisqartirishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |