III bob. Tadbirkorlikni rivojlantirishda iqtisodiy ta’limning rolini
oshirish yo‘llari
3.1. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqbollari
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bu boradagi amaliy ishlar natijasida joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatimiz
yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 51,2 foiz, sanoatda 23,3 foiz,
bandlik sohasida 75,6 foiz, eksportda 19,1 foizni tashkil qildi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi
bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng
iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan hozirgi kunda
respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga
alohida e’tibor berilmoqda. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik
vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda. Korporativ
haridlar tizimi kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishning muhim
shakllaridan biridir. 2013 yilda tizimga jalb etilgan soha sub’ektlari sonini 1,3
barobar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, ustav fondida davlat ulushi
mavjud bo‘lgan 2086 ta yirik korxonada korporativ haridlar mexanizmini joriy
etish va haridlar umumiy hajmida kichik biznes ulushini 25 %ga yetkazish
belgilangan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta
e’tibor berilishi hamda qo‘llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakatimiz
yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000
yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib
borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu
ko‘rsatkich 48,2 %ni, 2009 yilda 50,1 %ni, 2010 yilda 52,5 %ni, 2011 yilda 54
%ni, 2012 yilda 54,6 %ni tashkil etdi (5-rasm) yoki 2000 yilga nisbatan 23
%dan ortiq o‘sganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
72
Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan doimiy
e’tibor natijasida xususiy sektorning iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishdagi
ulushi tobora ortib, aholi bandligi va daromadlari manbaining muhim omiliga
aylanib bormoqda.
Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va
mikrofirmalarda o‘tkaziladigan rejali soliq tekshirishlarining muddati ikki yildan
uch yilga uzaytirildi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, huquqni
muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o‘zaro
munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi prinsipi joriy etildi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga yer uchastkalari ajratish, ularni elektr ta’minoti
tarmoqlariga ulash mexanizmlarini takomillashtirish, tadbirkorlarning huquqiy
himoyasini kuchaytirish, xo‘jalik sub’ektlarining samarali kadrlar siyosatini
yuritishi uchun tegishli sharoitlar yaratishga qaratilgan me’yoriy-qonunchilik
hujjatlari qabul qilindi.
Mazkur qonun hujjatlarining ijrosi izchil ta’minlanayotgani, tadbirkorlik
faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar barham topayotgani, tekshirishlar keskin
kamaygani natijasida mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari tobora
ko‘paymoqda. Quvonarlisi, sohaga yoshlarning ham qiziqishi ortib bormoqda.
Bunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazib kelinayotgan
“Yosh tadbirkor – yurtga madadkor”, “Yosh tadbirkor – kelajak poydevori”,
“Mening biznes g‘oyam” kabi loyihalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
– Yoshlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan yigit-qizlarni
tadbirkorlikka jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Kamolot”
yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi yosh tadbirkorlar bo‘limi
boshlig‘i Behzod Mo‘minov. – Joriy yilda o‘tkazilgan tadbirlarda 1,5 mingdan
ortiq yoshlar o‘z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etdi. Eng sara g‘oyalar tanlab
olinib, hamkor tashkilotlar bilan ularni amalga oshirishga ko‘maklashildi.
Natijada yuz nafardan ziyod yosh tadbirkor o‘z biznesini ochishga erishdi.
73
Muhimi, mazkur tadbirkorlik sub’ektlarining har birida o‘nlab yoshlar doimiy
ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Tadbirda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish asoslari, bu borada yaratilgan
imtiyoz va imkoniyatlar, sohaga oid qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari
mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik
harakatini rivojlantirish, xususiy sektorning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
ulushini oshirishga qaratilgan tizimli va tadrijiy chora-tadbirlar izchil olib
borilmoqda. Chunonchi, xususiy sektorning erkin va mustaqil rivojlanishini
ta’minlaydigan zarur huquqiy asoslar yaratildi va ular faol takomillashtirib
borilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |