Тадбиркорлик фаолияти ва уни ривожлантиришда иқтисодий таълимнинг ўрни



Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/35
Sana19.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#457940
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyati va uni rivojlantirishda iqtisodiy talimning orni

.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga 
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi maruzasida ta’kidlanganidek: “Aholi bandligini 
ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2011 yil 
va yaqin istiqbolda mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror 
rivojlantirishning alohida ustuvor yo‘nalishi va hech mubolag‘asiz eng muhim 
shartidir”. Shunday ekan, respublikamizda aholi bandligini ta’minlash, unda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa kasanachilik mehnatini 
rivojlantirish hamda rolini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. 
2012 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali aholi bandligini 
ta’minlash bo‘yicha hududiy bandlik dasturlarining amalga oshirilishi natijasida 
yaratilgan 1 millionga yaqin ish o‘rnining 68 foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarda 
tashkil etildi. Yangi ish o‘rinlarining 64 foizdan ortig‘i kichik biznes, xususiy 
tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish, 
xususan, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, 28 foizdan ziyodi esa 
yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish 
hisobidan yaratildi. Kasanachilikni, avvalo, mehnat shartnomalari bo‘yicha 


74 
korxonalar bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni, shuningdek, oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishi bo‘lib 
qoladi va bu qariyb 220 ming kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi. 
Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar imtiyozli foiz stavkasi 
bilan ajratiladi. Bu foiz stavkasi amaldagi Markaziy bank qayta moliyalash 
stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi. 
Fikrimizcha, oilaviy tadbirkorlik harakatini yanada rivojlantirishda 
quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur: 
– oilaviy tadbirkorlikni moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini 
samarali tashkil etish va mustahkamlash, tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik 
aloqalarini har tomonlama mustahkamlash, bunga hozirda mavjud ayrim sun’iy 
to‘siqlarga to‘liq barham berish; 
– har bir oilaning mehnat an’analariga katta hurmat bilan qarash, uni tiklash va 
rivojlantirish, mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanishga erishish; 
– mahalliy hokimiyat kuchi bilan oilaviy biznes yuritish uchun zaruriy moddiy 
va ma’naviy shart-sharoitlarni yanada kengaytirish, ularni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash asosida o‘z mahsulotlari bilan ichki va tashqi bozorga erkin 
chiqishiga amaliy yordam berish; 
– ta’lim tizimida oilaviy biznes sirlarini chuqur o‘rganish va tahlil qiluvchi 
maxsus fanlarni kiritish, oila va ta’lim tizimida o‘zaro yaqin hamkorlik 
aloqalarini yanada mustahkamlash; 
– oilaviy biznesga xorijiy investitsiyalar, ilg‘or va zamonaviy 
minitexnologiyalarning kirib kelishiga keng yo‘l ochish, chetga tayyor 
mahsulotni eksport qilish hajmini yanada oshirish va boshqalar. 
Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlik bandlikni ta’minlash, aholi 
farovonligini yuksaltirishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. 
Uni iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini sifatida e’tirof etishlarining boisi shunda 
Xalqaro oilaviy tadbirkorlik tadqiqotlari akademiyasining o‘rganishicha, 
bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida oilaviy biznes izchil 
taraqqiy etib bormoqda. Zero, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda yalpi ichki 


75 
mahsulot tarkibida oilaviy biznesning ulushi 55 foizni tashkil etadi. Muhimi 
yurtimizda ham oilaviy tadbirkorlikning huquqiy asoslarini yaratish borasida 
muayyan ishlar qilindi. Gap shundaki, biznesning mazkur tarmog‘ini 
rivojlantirish uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit, yetarli tajriba mavjud. 
Avvalo, joylarda oilaviy sulolalar tomonidan uzoq yillar davomida shug‘ullanib 
kelinayotgan oilaviy kasb-korlar, ya’ni kosiblik, duradgorlik, novvoylik, 
asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik, pillachilik, bog‘dorchilik,
uzumchilik, hunarmandchilik, miskarlik, ko‘nchilik, zargarlik, naqqoshlik, 
kulollik, yog‘och o‘ymakorligi, pichoqchilik, to‘qimachilik, po‘stindo‘zlik 
singari yo‘nalishlarda oilaviy biznes sub’ektlarini tashkil etish va rivojlantirish 
muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, aholiga maishiy xizmat 
ko‘rsatishda ham oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini yo‘lga qo‘yish ayni 
muddaodir. 
Albatta, respublikamizda oilaviy yangi qonun loyihasini tayyorlashda 
aynan oilaviy biznesning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, bir qator 
masalalarga e’tibor qaratish lozim. 
Avvalo, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 
bo‘lgan faoliyat turlarini aniq belgilash, bunday tuzilmalarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazishda byurokratik to‘siqlarning oldini oladigan tartiblarni joriy etish, 
huquqiy maqomini aniqlashtirish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, davlatimiz 
rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil 
etish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga 
suyanish, ayni paytda xalqaro tajribaning ilg‘or yutuqlaridan foydalanish zarur. 
Shu bilan birga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va 
majburiyatlarini, ayni chog‘da oila a’zolarining ushbu tadbirkorlik sub’ekti 
faoliyati doirasidagi munosabatlarini aniqlashtirish zarur. Bunda oila a’zolari 
quyidagi huquqlarga ega: korxona boshqaruvida, qarorlar qabul qilishda, 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda qatnashish; bir-birining 
huquqlarini qisman yoki to‘liq ifoda etish; korxona nizomida belgilangan 
tartibda ko‘rilgan daromaddan ulush olish; ayni paytda oilaviy korxona 


76 
tarkibidan chiqayotganda korxona nizomida ko‘rsatilgan tartibda kompensatsiya 
olish; ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda mehnat stajiga kiritish; amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq 
bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, 
shuningdek, ularni mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda boshqacha tarzda sotish; amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan 
daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida belgilangan tartibda boshqa imtiyoz va huquqlardan foydalanishi 
mumkin. 
Oilaviy korxona mulkdorlari ayni paytda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti 
faoliyatida shaxsiy mehnati bilan qatnashishi lozim, ya’ni oilaviy tadbirkorlikni 
amalga oshirishda vaqtinchalik ishlarni bajarish uchun oila a’zolari 
hisoblanmaydigan fuqarolar jalb etilmasligi kerak. Korxonaning mulkiy 
majburiyatlari, chunonchi, to‘lov qobiliyati yo‘qolgan holatlarda o‘z shaxsiy 
mulki bilan yakdil javobgar bo‘lish majburiyatiga ega bo‘lmog‘i lozim. 
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikda ishlovchi xodimlar, ya’ni oila a’zolari 
doimiy ishlovchi xodim sifatida e’tirof etilib, mehnat daftarchasi yuritilishi 
kerak. 
Bu respublikamiz uchun o‘ta muhimdir. Chunki, Yevropa mamlakatlarida 
bir ishlovchiga 0,7 kishi mehnat yoshiga yetmagan bolalar va nafaqadagi 
qariyalar to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich respublikamizda 2,7 kishini tashkil qiladi. 
Tabiiyki, bunday sharoitda faqat oylik maosh bilan oilaning ehtiyojini to‘liq 
ta’minlab bo‘lmaydi. Shu tufayli, kelajakda har bir oilaning farovonligini 
ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Oilaviy tadbirkorlik kichik biznesning o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy shakli 
sifatida mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati katta bo‘lib, u bir qator 
afzalliklarga ega: 
– moslashuvchanlik va innovatsiyalarning yuqori darajasi, o‘zgaruvchan bozor 
talablariga tez moslashish qobiliyati; 


77 
– oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy vazifani bajaradi, 
bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashga imkon bergani holda, ularni 
ijtimoiylashtirishga hamda demografik muammolarni hal qilishga imkon beradi; 
– ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bo‘lgan yuqori intilish darajasini 
ta’minlaydi; 
– jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatning barqarorlashuviga imkon beradi. 
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy barqarorlikning omillaridan biri bo‘lgan, “o‘rta sinfni” o‘sishining 
asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, har qanday mamlakat fuqarolarining mentaliteti tadbirkorlik 
munosabatlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik 
rivojlanishiga mentalitetning ta’sirini o‘rganar ekanmiz, O‘zbekistonda uning 
quyidagicha namoyon bo‘lishiga amin bo‘lamiz: 
– milliy mentalitet oilaviy korxonaning tashqi institutsional muhitiga jiddiy 
shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; 
– oilaviy biznes korxonalarida mehnat munosabatlari oilaviy munosabatlarda 
“rollarning” qanday taqsimlanishi haqidagi an’anaviy qarashlar asosida quriladi. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, kichik korxona, mikrofirma va oilaviy 
tadbirkorlik sub’ektlari dunyoning 50 foiz mehnatga layoqatli aholisi uchun 
asosiy ish beruvchi hisoblanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
ham ishsizlik muammosi ko‘pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda 
KBXT sub’ektlari tomonidan yechilgan. 
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirilishi bir qator vazifalarni hal etishda qo‘l keladi. Xususan, 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti islohotlari sharoitida 
mulkdorlar sinfining kengayishiga qulay shart-sharoit yaratilmoqda. 
O‘zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi 
bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng 
iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz 


78 
iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy oqibatlarni 
oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo‘ljallangan inqirozga 
qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalgam 
oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir.
Kichik tadbirkorlik subektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining 
yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini oshiradi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 
O‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu 
borada O‘bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha 
faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish 
maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham 
ijobiy tomonga o‘zgardi. 
Shu jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat 
Dasturid kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida 
birgina 2011 yilning birinchi yarim yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va 
mulkdorlr huquqlarining kfolatlari to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyti sohasida 
ruxsat berish shart-sharoitlari to‘g‘risida”, “Oilviy tadbirkorlik to‘g‘risida” yangi 
Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining 
kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq 
kodeksi”ga, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Lizing 
to‘g‘risida”gi Qonunlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq 
o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli qonun loyihalarni 
ishlab chiqish vazifalari belgilangan. 


79 
Buxoro viloyatida 2011 yilda iqtisodiyot sohalarida kichik 
tadbirkorlikning ulushi sanoatda 19,9 % ni, qishloq xo‘jaligida 98,3%ni, qurilish 
ishlari 64 %ni, aholga pullik xizmat ko‘rsatish 63,6 % ni t ashkil etgan.
Ilmiy tahlillarimiz ko‘rsatishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda 
davlatning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshirib kelindi: 
v
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi; 
v
kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va 
joriy etilmoqda; 
v
kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor 
infratuzilmasiga asos solindi; 
v
imtiyozli 
soliq, 
subsidiyalar, 
davlat 
va 
byudjetdan 
tashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro 
moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes 
rivojlanishini rag‘batlantiradi; 
v
huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy 
valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va 
joriy etilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, 
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa 
bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli 
kreditlash tizimi soddalashtirildi. 
Xususan:


80 
v
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlar ajratish 
haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddati uch bank ish kunidan 
oshmaydigan muddat qilib belgilandi; 
v
tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 
kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov 
ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq harajatlarni hisobga olish 
huquqi berildi; 
v
kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq 
ochgani uchun to‘lov undirish bekor qilindi; 
v
imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida 
tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 
yilning 1 yanvariga qadar foyda solig‘idan ozod qilindi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, iinovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish 
maqsadida davlat xususiy tashabbuskorlikni innovatsion tadqiqotlarga 
qaratuvchi qulay biznes muhitini shakllantirishi; tarkibiy islohotlarni 
opyimallashtirishi; mintaqaviy darajalarda innovatsion infratuzilmani 
rivojlantirishga ko‘maklashishi (sug‘urtalash, innovatsion vositachilar institute, 
texnoparklar va h.k.) lozim. Mazkur sharoitlarni amalga oshirish jarayonida 
xususiy tadbirkorlar tashkil qilishning an’anaiy modelidan innovatsion modeliga 
o‘tish imkonini qo‘lga kiritadilar. 


81 

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish