Tadbirkorlik faoliyati va ularning shakllari


II BOB O’ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH



Download 288,74 Kb.
bet8/11
Sana25.02.2022
Hajmi288,74 Kb.
#462963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik shakllari 2

II BOB O’ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

2.1 O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati rivojlanish holati tahlili

2019-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizni yoki 262 984 mlrd so’mni tashkil etdi14 (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog’istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%).


Mamlakatda band aholining 76,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko’rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan.
1-jadval
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
(umumiy hajmga nisbatan % da)15

Yil

YaIM

Sanoat

Qurilish

Bandlik

Eksport

Import

2000

31,0*

12,9*

38,4*

49,7*

10,2

22,8

2001

33,8*

12,5*

40,4*

51,8*

9,3

26,7

2002

34,6*

15,4*

42,0*

53,5*

7,5

24,9

2003

35,0

10,8

39,9

56,7

7,3

33,7

2004

35,6

11,0

49,6

60,3

7,3

32,7

2005

38,2

10,0

50,9

64,8

6,0

33,7

2006

42,1

10,9

52,1

69,1

11,2

34,2

2007

45,7

13,2

55,4

72,1

14,8

32,0

2008

48,2

14,6

58,4

73,1

12,4

35,7

2009

50,1

17,9

42,4

73,9

14,6

42,5

2010

52,5

26,6

52,5

74,3

13,7

35,8

2011

54,0

28,6

67,6

75,1

18,8

34,3

2012

54,6

29,7

70,0

75,6

14,0

38,6

2013

55,8

33,0

70,6

76,7

26,2

42,4

2014

56,1

36,8

69,5

77,6

27,0

45,4

2015

62,9**

40,6

66,7

77,9

27,0

44,5

2016

64,9**

45,3

66,9

78,2

26,0

46,8

2017

63,6**

41,2

64,8

78,0

22,0

53,6

2018

59,4**

37,4

73,2

76,3

27,2

56,2

* Kichik va o`rta biznes


**2015-2018 yillar uchun ma'lumotlar aniqlik kiritilgan (qayta baholab chiqilgan)
ma'lumotlarni hisobga olgan holda keltirilgan
Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 37,4% ni tashkil etdi, qishloq xo’jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 73,2% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27,2% ni, importda – 56,2% ni, investitsiyada esa - 32% foizdan oshiqni tashkil etdi (1-jadval).
Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o’rtacha xodimlar soni qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha, savdo va xizmat ko’rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo’lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi.
Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1. Kichik biznes sub'yektlarining ro’yxatdan o’tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro’yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to’lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to’lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro’yxatdan o’tgan kunidagi soliq va majburiy to’lovlar stavkasini qo’llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko’proq yer maydoniga ega bo’lgan kichik korxonalar yagona er solig’i to’lashi belgilab qo’yildi.
4. Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo’yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag’larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo’yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O’zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo’jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
2-jadval
Tadbirkorlik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari16




O'lchov birligi

2018 y.

2019 y.

(+-)

Faoliyat yuritayotgan
kichik korxona va mikrofirmalar soni

birlikda

262930

334767

71837

Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni

birlikda

48922

92874

43952

Kichik tadbirkorlikning ulushlari:

YalM

%

60,4

56,5

-3,9

Sanoat

%

37,4

34,9

-2,5

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi

%

98,3

98,3

0,0

Investitsiya

%

38,0

47,0

9,0

Qurilish

%

73,2

75,4

2,2

Savdo

%

86,3

84,3

-2,0

Xizmatlar

%

56,0

52,1

-3,9

Yuk tashish

%

55,5

54,6

-0,9

Yuk aylanmasi

%

79,6

77,4

-2,2

Yo'lovchi tashish

%

89,6

90,7

1,1

Yo'lovchi aylanmasi

%

94,8

94,9

0,1

Eksport

%

27,2

28,7

1,5

Import

%

56,2

54,2

-2,0

6. Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi “yagona darcha” tamoili ostida faoliyat ko’rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi sub'yektlar uchun o’zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko’mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma'lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar tashkil etilgan.


7. Respublika bo’yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo’yicha o’quv kurslari, xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.
2020-yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari) 334,8 mingtani (2001 yilda 99,4 mingta) tashkil qildi. Jumladan ularning 27,7 foizini yoki 92,9 mingtasi yangi tashkil etilgan (2-jadval).
Ushbu ko’rsatkichni tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak qishloq xo’jaligining 98,3 foizi, sanoatning 34,9 foiz, qurilishning 75,4 foizi, savdo va umumiy ovqatlanishning 84,3 foizi, yuk tashishning 54,6 foizi kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

5-rasm. 2019 yil bo’yicha kichik tadbirkorlikning hududlar bo’yicha YaHMdagi ulushi, %17
Hududlarda kichik biznes sub'yektlarining YaHMdagi ulushini ko’radigan bo’lsak, Toshkent shahrida 60,4 foiz, Namangan viloyatida 79,2 foiz, Jizzax viloyatida 84,1 foiz va Samarqand viloyatida 77,5 foizni tashkil etgan. Xuddi shu ko’rsatkich Toshkent viloyatida 52,7 foiz, Qashqadaryo viloyatida 60,1 foiz, Navoiy viloyatida 31,3 foiz va Qoraqalpog’iston Respublikasida 54,4 foizni tashkil etgan (5-rasm).
Shu bilan bir qatorda kichik biznes salohiyatini to’liq amalga oshirishiga to’sqinlik qiladigan muammolarni ta'kidlab o’tishimiz lozim.
1. Kichik biznesda bandlarning 62 foizidan ko’prog’i yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo’lsa, atigi 16 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga to’g’ri kelmoqda. Kichik korxonalarning bandlikdagi past darajalari Navoiy (11,3 %), Qashqadaryo (12,4 %) va Toshkent viloyatiga (13,2%) to’g’ri kelmoqda.
2. Kichik biznesda bandlarning 34,2 foizi qishloq xo’jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band.
Yuqoridagi bandlarning tarmoqlar kesimidagi tahlilidan ko’rinib turibdiki, boshqa tarmoqlarga nisbatan yaratilayotgan ish o’rinlari samaradorligi yuqori bo’lgan sanoat tarmog’ida kichik biznesning nisbatan past darajadagi o’rnini ko’rishimiz mumkin. Ushbu ko’rsatkichni hozirgi o’sish darajasining saqlanib qolishi kelgusida aholining ish haqi va tadbirkorlik faoliyatidan oladigan real daromadlarining oshishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat davlatning aholiga ajratadigan ijtimoiy kafolatlarini cheklashiga olib kelishi mumkin.
3. Kichik bisnes sub'yektlari sonining savdodagi ulushi yuqori darajada saqlanib qolmoqda (savdoda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 84,2%i). Chakana savdo tovar aylanmasida esa, 77,4%ni kichik bisnes va mikrofirmalarning ulushi tashkil etgan. Bu bank sektoriga pul tushumiga salbiy ta'sir ko’rsatadi va kichik biznes sub'yektlarining soliq solinadigan bazasida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi.
4. Hududlar kesimida kichik biznes sub'yektlari sonini qaraydigan bo’lsak eng ko’p sub'yekt Toshkent shahrida (19,7%), Toshkent (10,4%), Farg’ona (7,2%) va Andijon (7,1%) viloyatlari o’z faoliyatlarini yuritishmoqda. Bu to’rt hududda kichik biznes sub'yektlarining umumiy sonining 50%i atrofida o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki, Sirdaryo (3,4%), Qoraqalpog’iston Respublikasi (3,9%) va Jizzax (3,7%) kabi respublikamizning boshqa viloyatlarida kichik biznes sub'yektlarining mavjud potensialidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan darak bermoqda (6-rasm).


Download 288,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish