Tadbirkorlik faoliyati va ularning shakllari



Download 288,74 Kb.
bet10/11
Sana25.02.2022
Hajmi288,74 Kb.
#462963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik shakllari 2

Xulosa va takliflar
Jahon iqtisodiyotida tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, yangi ish o’rinlarini barpo qilishda, bozor o’zgarishlariga nisbatan tez moslashishda va mulkdorlar sinfini shakllantirishda alohida ahamiyatga va yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlanmoqda.
Qator mamlakatlarda tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rniga, uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tadbirkorlikni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o’rganish va samarali bo’lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish bosh masaladir. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekistonda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashni takomillashtirishga ham xizmat qiladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2019-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizni yoki 262 984 mlrd so’mni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSHda - 52%, Qozog’istonda - 25,6%, Rossiyada - 20% ga teng bo’lgan.
Mamlakatda band aholining 76,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko’rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan.
Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 37,4% ni tashkil etdi, qishloq xo’jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 73,2% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27,2% ni, importda – 56,2% ni, investitsiyada esa - 32% foizdan oshiqni tashkil etdi.
2020-yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub'yektlari soni (dehqon va fermer xo’jaliklaridan tashqari) 334,8 mingtani (2001 yilda 99,4 mingta) tashkil qildi. Jumladan ularning 27,7 foizini yoki 92,9 mingtasi yangi tashkil etilgan.
Hududlarda kichik biznes sub'yektlarining YaHMdagi ulushini ko’radigan bo’lsak, Toshkent shahrida 60,4 foiz, Namangan viloyatida 79,2 foiz, Jizzax viloyatida 84,1 foiz va Samarqand viloyatida 77,5 foizni tashkil etgan. Xuddi shu ko’rsatkich Toshkent viloyatida 52,7 foiz, Qashqadaryo viloyatida 60,1 foiz, Navoiy viloyatida 31,3 foiz va Qoraqalpog’iston Respublikasida 54,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
– tadbirkorlik korxonalari faoliyatini rivojlantirishga xorijiy kredit liniyalaridan mablag’lar jalb qilishni kengaytirish;
– iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi kichik biznes korxonalar faoliyati barqarorligini reyting usulida baholashni yanada takomillashtirish zarur;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – kelajakda ishlab chiqarish va eksport tarkibida harakatchan, tez o’zgarish qobiliyatiga ega bo’lgan tarmoq sifatida iqtisodiyotda etakchi o’rin tutishiga erishish kerak;
– tadbirkorlik sifatli hamda zamonaviy texnik baza negiziga ega bo’lishi kerak. Bozor infratuzilmasini maxsus markazlar, lizing kompaniyalari tarmog’ini har tomonlama servis xizmati yo’li bilan rivojlanishi lozim;
– jalb etilgan chet el investitsiyalarini mamlakatimizning barcha mintaqalariga yo’naltirish, shu bilan bir qatorda, ushbu mablag’larni eng avvalo tarkibiy qayta o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun yo’naltirishga alohida e’tibor qaratish;
– tadbirkorlikning moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqargan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishni ta’minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
– kichik korxonalarni tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro’yxatdan o’tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish;
– kichik biznes sub’ektlarini qurish va ularni muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari – energiya va gaz ta’minoti, suv va issiqlik ta’minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo’yicha shart-sharoitlarni yaxshilash va muddatlarini qisqartirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish;
– tadbirkorlikni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish va yo’naltirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga ko’maklashish.



Download 288,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish