bo‘yicha yo‘lyo‘riq ko‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. CHet ellarda boshqaruv bo‘yicha pulli
maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha Evropa Federatsiyasi Maslahatchilar
Assotsiatsiyasining ta’rificha menejmentkonsalting boshqaruv bo‘yicha muammo va imkoniyatlarni
aniqlash, ularga baho berish, tegishli choratadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona
maslahat berish hamda yordam ko‘rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag‘larni maslahatli xizmat shaklida intellektual
kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg‘or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag‘lar bilan
tengdir. Mablag‘lar ishlatishning ushbu ko‘rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga
oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida
to‘laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘p korxonalar o‘zlarining intellektual
imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalana olmasliklari sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin
ahvolga tushib qolgan. O‘z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan rahbarlar
moliyaviyxo‘jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Germaniyaning mashxur «Porshe» avtomobil firmasi 1991 yilga kelib tanazzulga uchrash
arafasida edi. Korxona rahbarlari ahvolni tuzatish uchun YAponiyaning «Sin gidzyusu» (bu
«YAngi texnologiya» ma’nosini bildiradi) konsalting firmasiga murojaat qilishdi. Firma
«Toyota»ning malakali mutaxassislarini yig‘ib, ishga kirishdi. CHet ellik maslahatchilar sharoitni
obdon o‘rganib chiqib, «Porshe» zavodida konveyer ish usulini joriy etdi. Ishlab chiqarishning barcha
bo‘g‘inlarida xarajatlar keskin ravishda kamaytirildi. Konveyer tizimi o‘zgartirilmasada mahalliy
tajriba va an’analar hisobga olinmadi. Faqat yapon maslahatchilari taklif qilgan tizim ishlay boshladi.
YAponiya texnologiyasi joriy etishdan uch yildan keyin «Porshe»da birinchi real natijalar
yuzaga keldi: kompaniya kam xarajat qilib, ko‘proq avtomobil ishlab chiqara boshladi. 19%
ga kamaytirilgan ishchilar tezroq va sifatliroq ishni bajara boshladi. YApon
maslahatchilarining tavsiyalari tufayli yig‘uv konveyer uzunligi qisqardi, ko‘p miqdordagi
yordamchi omborxonalarga hojat qolmadi, natijada zavod hududi 30% ga qisqardi. Ishlab
chiqarishdagi kamchiliklar ikki barobar kamaydi. Avtomobil yig‘ish tezligi 40% ga oshdi. Bu
ishning barchasini o‘sha eski jihozlarda, shu zavodda ishlab kelgan ishchi va muhandislar
amalga oshirdi. Ular ixtiro sohasida ham faollashib, har oyda ishlab chiqarishni
yaxshilashga qaratilgan ikki yarim mingdan ortiq yangi takliflar bermoqda.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo‘lishi mumkin. Lekin ular konsalting
loyiha shaklida bo‘lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
muammolarni aniqlash (diagnostika);
loyihani ishlab chiqish;
loyihani amalga oshirish.
Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha
cho‘zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko‘p yillar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: