Tadbirkorlik asoslari sohasi



Download 2,58 Mb.
bet49/54
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#268553
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari o'quv-uslubiy qo'llanma

34–35-MAVZULAR: MAHSULOT YETKAZIB BERUVCHILAR BILAN HAMKORLAR O‘RTASIDAGI BIZNESGA KIRITILGAN SARMOYANI TEKSHIRISH USULLARI. SOTUVCHILIK HISOBVARAQLARINI SAQLASH VA YANGILASH
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar analitik hisobvarag‘ida – mol yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berilgan moddiy va nomoddiy qimmatliklar, shuningdek, kapital qo‘yilmalar hisobiga xarid qilinadigan qurilish materiallari, konstruksiya va detallar, o‘rganish uchun jihozlar, yetkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar, pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruksiyalar va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar orqali olib boriladi.

Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i debetiga qurilish materiallari, konstruksiyalar va detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘lanadigan mablag‘larning summasi yoziladi. Bunda pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar kreditlanadi. Mol yetkazib beruvchilardan omborga kelib tushgan moddiy qimmatliklar summasiga moddiy qimmatliklarni hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar debetlanadi. Bunda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i kreditlanadi.

Agarda mol yetkazib beruvchilardan oldin moddiy qimmatliklar omborga kirim qilinmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri pudratchi tashkilotlarga berilsa, u holda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisob varag‘i debetlanadi. Bunda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i kreditlanadi.

Pudratchilar bilan hisob-kitoblarda 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i debetiga bajarilgan qurilish-montaj va boshqa ishlar uchun o‘tkazilgan summalar hamda pudratchiga qurilish-montaj ishlari uchun berilgan konstruksiya va detallar, qurilish materiallarining summalari yoziladi. Bunda 060-«Qurilish materiallari va boshqa tegishli analitik hisobvaraqlar» kreditlanadi.

Pudratchilarning bajargan qurilish-montaj ishlari summasiga yozuvlar 071-«Tugallangan qurilish: analitik hisobvaraqning debeti» va 150-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha yoziladi.

152-«Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘ida tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish jarayonida xaridorlar va buyurtmachi tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitoblari aks ettiriladi.

Xaridor va buyurtmachilardan o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilangan to‘lovlar kelib tushganda pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli analitik hisobvaraqlar debetlanadi va 152-«Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i kreditlanadi. Bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib olinganda hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo‘natilganda 152-«Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» analitik hisobvarag‘i debeti va 200-«Mahsulotlar realizatsiyasi» analitik hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish