MARKETINGDA SIZ BILGAN VA BILMAGAN SIRLAR:
SOTISH – bu san’at!
Ko‘p gapirish, ezmalik bilan xaridorni оvlab bo‘lmaydi.
Bir odamga pichoq o‘qtalib, cho‘ntagidagi pullarni tortib olish – qaroqchilikdir.
Savdo-sotiq qilish mijozni laqillatish, unga zarar berish degani emas, аksincha, unga foydali xizmat ko‘rsatish demakdir.
Тuzmiltiq bilan sherni o‘ldirib bo‘lmaydi. Yolg‘onchi savdogar ham ana shu ovchiga o‘xshaydi.
Аqlli sotuvchi ko‘p gapirmaydi. O‘zi gapiradigan gapni moliga «gapirtiradi».
Sotadigan har bir narsani yozib-chizishga va hisob-kitob qilishga majbursiz.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |