Tadbirkorlik asoslari sohasi


–28-MAVZULAR: INVENTARIZATSIYA. OLINGAN JIHOZLARNI RAQAMLASH



Download 2,58 Mb.
bet45/54
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#268553
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari o'quv-uslubiy qo'llanma

27–28-MAVZULAR: INVENTARIZATSIYA. OLINGAN JIHOZLARNI RAQAMLASH
Xo‘jalikni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda tartib-qoidalariga amal qilinishini tekshirish bilan birgalikda, audit xodimlari tomonidan qayta inventarizatsiya o‘tkazishni amalda keng qo‘llashlari ham mumkinki, bu audit natijalarining xolisligini oshiradi. Bunda inventarizatsiya natijalari oraliq dalolatnomaga muvofiq audit xulosasi hisoboti yoki tekshirish ma’lumotnomasiga qo‘shiladi.

Tovar-moddiy boyliklar sarflanishining qonuniyligi va bu operatsiyalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini o‘rganishda moddiy boyliklarning har bir turi va guruhi alohida yo‘nalishlar bo‘yicha yuritiladi.

Xo‘jalik xodimlariga moddiy boyliklar olish uchun ishonch qog‘ozi berish ham qat’iy belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim. Ishonch qog‘ozlarini berish va ulardan foydalanishni audit qilishda xo‘jalikda ishonch qog‘ozlari berish jurnalining yuritilishi, ishonch qog‘ozlarining maxsus tasdiqlangan shaklda ekanligi, bu ishlar bo‘yicha hisobot berish tartibining saqlanishi tekshiriladi. Ishonch qog‘ozlari xo‘jalik rahbari va bosh buxgalter imzosi bilan xodimlarga tovar-moddiy boyliklarni olish lozimligi to‘g‘risida asos bo‘luvchi hujjat asosida 15 kun muddatga beriladi.

Mahsulotlar sarflanishining auditini mahsulot turlari bo‘yicha, hujjatlarni solishtirish hamda «Tayyor mahsulotni qabul qilish», «Urug‘lik va yem-xashakni sarflash» dalolatnomalari yozuvli asosida mahsulotlar harakati balansini tekshirish usullaridan keng foydalanish yo‘li bilan amalga oshirilishi tavsiya etiladi.

Audit davomida mahsulotlarning boshqa kanallar bo‘yicha sotilishini diqqat bilan o‘rganish kerak. Amaldagi qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari davlat buyurtmasini bajargandan so‘ng, xo‘jalik a’zolariga hamda dehqon bozorlarida sotish huquqiga egadir. Shuning uchun hozirgi paytda kartoshka, meva, sabzavot, poliz mahsulotlarini dehqon bozorida kelishilgan baholarda sotish amalda keng qo‘llanilmoqda. Bu operatsiyalarni tekshirishda davlatga mahsulot sotish buyurtmalarining bajarilishini, sotilgan mahsulotlarni sotish limitiga va normasiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlash kerak. Boshqa sotish kanallari orqali sotiladi, deb hujjat rasmiylashtirish bilan ba’zi bir javobgar shaxslar aybiga ko‘ra bo‘lgan kamomadlar yopilishi faktlari bo‘lmasligi yoki sodir etilgan o‘g‘rilikni mahsulotlarni transportirovka qilishda kamayishi sifatida xarajatga chiqarib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisob ma’lumotlarini hamda alohida xodimlarning tushuntirish xatlarini tekshirish lozim.

Tovar-moddiy boyliklar zaxiralari va tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi orasidagi nisbatni doimiy ravishda kuzatib borish joriy auditning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy xo‘jalik yuritish natijasida asosiy ishlab chiqarish hajmi o‘sishi bilan moddiy zaxiralar miqdori nisbatan kamayishi lozim. Bu moddiy boyliklarning ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi miqdorni hisoblash bilan aniqlanadi.

Tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha auditorlik ishlari amalga oshirilgandan so‘ng, har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha oraliq faktlar rasmiylashtiriladi.


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish