TADBIR SENARIYSI
1-boshlovchi:
Besh asrki, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tig’I yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher!
2-boshlovchi
Andijon bag’ridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo’ndi.
Otash yuragida aylanar bir so’z
Anda jon qoldiki, anda jon qoldi.
1-boshlovchi:Assalomu aleykum hurmatli ustozlar, qadrli ota-onalar va aziz o’quvchilar!
2-boshlovchi:Bugungi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan adabiy kechamizga hush kelibsiz!
1-boshlovchi:
Jahonki muqaddas neni ko’ribdi
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Asrlar qa’ridan boqib turibdi
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
2-boshlovchi: Albatta, bu buyuk zotlar xotirasi abadiy. Biz har yil ularni yod etsakda bu biz uchun yanada sharaf, ular uchun esa abadiylik ramzidir.
1-boshlovchi:Navoiy va Bobur Mirzo zamondosh bo’lishdi. Uchrashish nasib etmasada ular ma’nan va ruhan hamisha bir manzil tomon yo’nalgan va bu yo’lda turli zahmatlarga qaramay sobit turgan buyuklik timsollari edilar. Ularning umr yo’llari va qoldirgan misilsiz ma’naviy me’roslari doimo biz uchun ibrat na’munasi bo’lib qoladi.
2-boshlovchi:Aytib o’tganimiz ularning hayot yo’llari va ijodlaridagi barhayot asarlari haqida keeling endi qisqacha tanishib o’tsak!
Marhamat!
(Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumotlar)
1-boshlovchi:Navoiy 60 yillik umri davomida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy voqealarini, inson tuyg’ularini, uning kamolini, o’z orzu-tilaklarini boy adabiy ilmiy me’rosda aks ettirdi.
2-boshlovchi:Endi esa navbatni Alisher Navoiy hoyotlaridan bir lavhaga bersak.
(Sahna ko’rinishi Navoiy)
1-boshlovchi:Navoiy hazratlarining tom ma’noda xalqparvar shaxs bo’lgani, uning o’lmas g’oyalari bugungi kunlarimiz uchun bag’oyat hamohang va ibratli ekani , ayniqsa, ahamiyatlidir!
2-boshlovchi:Shu o’rinda Mirzo Bobur ijodi ham o’zgacha yo’nalish va go’zal ma’nolari bilan insonni o’yga toldiradi
Keling ana shu kabi Navoiy va Bobur g’azal bo’stonlaridan parchalar tinglasak!
( Navoiy va Bobur g’azallari)
1-boshlovchi:Go’zal va betakror g’azallar inson qalbida o’zgacha o’rin egallaydi. Shu bilan birgalikda ularning qatorida nafis raqslar ham adabiy kechamizda ahamiyatlidir.
2-boshlovchi:Endi esa Raqs bizlarni bir qadar ajib manzillarda oshno etadi.Marhamat!
(Raqs)
1-boshlovchi:Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim’
Jonimmdek o’zga jonni dilofgor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim
2-boshlovchi: Bobur toj-u taxt uchun bo’lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soladi.Hindistonda qudratli saltanat o’rnatgan Bobur davlatning gullab yashnashida katta hissa qo’shadi. Ko’plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, hindlarning turli johiliy urf-odatlairga chek qo’yib markazlashgan davlatga asos soladi.
1-boshlovchi:Mana shu kabi Mirzo Boburning ijobiy va bunyodkorlik hislatlarini yoritib beruvchi hayotidan bir lavhani tomosha qilsak
(Sahna ko’rinishi Bobur)
2-boshlovchi:Endigi navbatni go’zal qizlarimiz ijrosidagi raqsga beramiz.
Marhamat!
(Raqs)
1-boshlovchi:Darhaqiqat,Navoiy va Bobur barhayot siymolar ular xotirasi o’chmasdir. Negaki, ularning bizga qoldirgan ma’naviy me’rosi yuksak boyligimiz desak yanglishmaymiz!
2-boshlovchi:Albatta,bu ulug’ zotlar qarshisida hamisha ta’zimdamiz. Ularning yodi bizlar bilan ekan, demakki, Hazrat Navoiy va Mirzo Boburlar ham barhayot!
1-boshlovchi:Shuning bilan bugungi adabiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi azizlar!
2-boshlovchi:E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |