S inov uskunasining ko’rinishi
10.2 – rasm. Sinov qurilmasi.
Sinov uskunasining funktsiyasi
Kuch momenti kuch yelkasi va yuklar yordamida hosil qilinadi. Kuch momenti 0 va 3.0 Nm oraliqda yuk diskidagi bo’linishlarga mos ravishda 0.1 Nm dan o’zagarishi mumkin.
|
Doiraviy plastinkadan kuch momentini hosil qilishda kuch richag (elka) sifatida foydalaniladi. Yuk plastinkaning chetla-riga qo’yiladi. Namuna esa uning markaziga o’rnatiladi.
|
|
Eguvchi va burovchi kuchlarning kombina- tsiyasi kuch qo’yiluvchi belgilangan nuqta-lardan foydalanib hosil qilinadi. Bu holda 0° sof eguvchi momentga, 90° sof burovchi kuchga ekvivalent. Kuch 15° bilan siljitib borilishi mumkin
|
|
Deformatsiya kuch qo’yilgan nuqtaga diametrial qarama-qarshi nuqtada o’lchanadi. Bu esa deformatsiya eng katta qiymatga erishgan nuqtada o’lchanishiga imkon beradi. Bu holda plastinkaning kuchlanmagan qismida deformatsiya o’lcha-nib xatolik mukamallashtiriladi
|
|
Namunaning ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lib, u friktsion qisqichlar yordamida mahkamlanadi
Namunaga plastinkaning xususiy og’irligi va yuk og’irligi kompensatsiya-langan bo’lib ular tahsirida yuzaga keluvchi ko’ndalang kuchlar tahsir qilmaydi.
Statik aniqlikni tahminlash va
qisqichlardagi oldindan kuchlanganlikdan qochish maqsadida kuch plastinkasi posangiga egiluvchan ip orqali bog’langan.
Nazariy ma’lumotlar
|
|
|
Bir o’qli kuchlanganlik holati, yahni sof cho’zilish yoki siqilishda oquvchanlik holatidagi kuchlanishni aniqlash kerak. Bu cho’zilish yoki siqilish kuchlanishiga mos keladi. CHegaraviy kuchlanish cho’zilish yoki siqilishda oson aniqlanishi mumkin
Normal va urinma kuchlanishlar yuzaga keluvchi ko’p o’qli kuchlanganlik holati normal va ko’ndalang yoki eguvchi kuchlar tahsirida yuzaga keladi. Kuchlanishlarning bunday kombinatsiyasi yemirilishga olib kelishi mumkin. Faqat bir o’qli kuchlanganlik holatida yahni cho’zilishga sinashda materialning mustahkamligi aniqlanishi mumkin. Xuddi shunday ruxsat etilgan kuchla-nish ko’p o’qli kuchlanganlik holatida ham aniqlanishi mumkin.Turli vaqtlarda har xil mustahkamlik nazariyalari taklif etildi va ularga mos ruxsat etilgan kuchla-nishlar aniqlandi. Ularning asosiy uchtasi quyidagilar:
|
|
|
Bosh kuchlanishning maksimumi kriteriysi (RENKIN)
Bunga ko’ra material eng katta normal kuchla-nish tahsirida yemiriladi. Bu holat mo’rt uzilishda foydalaniladi. Uzilish tekisligi kuch yo’nalishiga perpendikulyar. Tajribalar shuni ko’rsatadiki bu kriteriya mo’rt materiallar, misol uchun cho’yan uchun yaxshi ishlaydi.
Urinma kuchlanishning maksimum kriteriysi (MOR)
Unga ko’ra materialda urinma kuchlanish eng katta qiymatga erishganda yemiriilish sodir bo’ladi. siljishdagi yorilish paydo bo’ladi. Eng katta urinma kuchlanish eng katta bosh kuchlanish yo’nalishiga 45° burchak ostida yuzaga keladi, yorilish tekisligi asosiy kuch yo’nalishiga 45° ostida paydo bo’ladi. Bu kriteriya asosan mustahkam, plastik materiallar, masalan mis, yumshoq po’lat va alyuminiy kabi materiallar uchun o’rinli.
|
|
Siljish deformatsiyasi energiyasining maksimum kriteriysi
(MIZES va GENKA nazariyalari)
Bu kriteriyaga ko’ra elastik energiya biror qiymatdan oshgandan so’ng material yemiriadi. Agar jismga kuch tahsir qilsa u deformatsiyalanadi. Bu deformatsiya hosil bo’lishi uchun tashqi kuch elastik energiyaga teng ish bajarishi kerak. Deformatsiya hajmning o’zgarishi va shaklning o’zgarishi bo’lishi mumkin. Elastik energiya kriteriysiga ko’ra yemirilish shakl o’zgarishi deforma-tsiyasi juda katta bo’lganda yuzaga keladi. Bu kriteriy materialning turidan bog’liq bo’lmagan holda dinamik va o’zgaruvchan kuchlar tahsiridagi jismlar uchun o’rinli
Ruxsat etilgan kuchlanishlar bosh kuchlanishlar va urinma kuchla-nishlar orqali ifodalanadi. Bu ikki kuchlanish orasidagi bog’lanishni Mor doirasi yordamida grafik ko’rinishda ifodalash mumkin.
Bunda urinma kuchlanish normal kuchlanish orqali ifodalangan.
|
- Sof egilishda kuchlanish doirasi koordinata o’qidan o’ng tomonda joylashadi.
Urinma kuchlanish ikkinchi bosh kuchlanish
yo’nalishida nolga teng bo’ladi.
- Sof buralishda ikkita bosh kuchlanish
ham nolga teng bo’ladi. Kuchlanish doirasining markazi koordinata boshida
joylashgan bo’ladi.
- Egilish bilan buralishning bir paytda sodir bo’lishi kuchlanish doirasi ikkita sof kuchlanganlik holatlaridagi doiralar oralig’ida bo’ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |