«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi



Download 2,3 Mb.
bet1/5
Sana27.03.2017
Hajmi2,3 Mb.
#5423
  1   2   3   4   5
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI

«TABIYOT FANLARI» FAKULTЕTI
«GЕOGRAFIYA VA UNI O’QITISH MЕTODIKASI» KAFЕDRASI
“Himoyaga ruxsat etilsin”

Fakultеt dеkani

____________E.R.Yuzlikayeva

«____» ____________2014 yil


5140500-«Gеografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta'lim yo’nalishi 401-guruh talabasi
Nurulloeva Nilufar Ro`zimboevnaning

Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlari”


mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: «Gеografiya

va uni o’qitish mеtodikasi»

kafеdrasi dots. g-m.f.n

___________A.Nizomov

«Himoyaga tavsiya etilsin»

«Gеografiya va uni o’qitish

mеtodikasi» kafеdrasi mudiri

_______g.f.n. dots. N.R.Alimqulov

«____»____________2014 yil


TOSHKЕNT – 2014 yil

MUNDARIJA

KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .3

I BOB. SAMARQAND VILOYATINING TABIIIY GEOGRAFIK SHAROITI VA QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARINING SHAKILLANISHIDAGI ROLI …………………………………………………5

    1. Samarqand viloyatining geologik va geomorfologik tuzilishi hamda uning qadimgi gidrotexnik inshootlarining shakillanishiga ta’siri . . . . . . . . …….. . . . .5

    2. Samarqand viloyatining iqlimiy sharoiti va ichki suvlari bilan bog’liq holda qadimgi gidrotexnik inshootlarining vujudga kelishi . . . . . . . . . . . . . . . …….. . .7

    3. Samarqand viloyatining organik dunyosi va qadimgi gidrotexnik inshootlarning shakillanishidagi uzviy birligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 12

II BOB. SAMARQAND VILOYATINING QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARINING TURLARI VA ULARNING AHAMIYATI…………………………………………………………………….15

2.1 Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlar haqidagi tushuncha va ularning turlari . . . . . ….. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .15

2.2 Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlarini o’rganishning ahamiyati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . ……………….. . . . . . . . . .. . . 23

III BOB. O’ZBEKISTON ICHKI SUVLARI MAVZUSINI O’QITISHDA SAMARQAND VILOYATNING QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARIGA XOS MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYASI……………………………………………………………..42

3.1 O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish metodikasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .42

3.2 O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlariga xos ma’lumotlardan modulli texnalogiyalar asosida foydalanish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 54

XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . .. . . . . 60

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .61
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Yer yuzida aholining tabiiy o’sish darajasi ko’tarilib, suvdan to’g’ri foydalanish ko’rsatgichlari pasayib bormoqda. Demak,suv iste’moli sur’ati uning me’yoriy (miqdori, sifati, harorati) ko’rsatgichlariga teskari proparsional ravishda rivojlanmoqda. Xuddi shunday yoki shunga o’xshash holatlar respublikamiz, xususan biz tadqiq etayotgan Samarqand viloyati misolida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Ushbu muammo davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masalalaridan biri bo’lib, uning yechimiga doir ayrim ko’rsatmalarni, masalan aholini chuchuk ichimlik suv bilan ta’minlash masalasini respublikamiz prezidenti, muhtaram Karimov Islom Abdug’aniyevich o’z asarlarida keng yoritib bergan.

“Aslida chuchuk suv tanqisligi o’lkamizda azaliy muammo. Shu sababli ham merosimizda qadimgi ajdodlarimizdan qolgan ulkan boylik – suv uchun kurash tajribasi to’planib qolgan.Ammo chuchuk suv zahiralarining sifati tobora buzilib boroyatganligi kabi, ushbu qadriyatlarimiz ham shunchalar unitila bormoqda. Ularni ilmiy o’rganish darajasi yuqori emas, shu boisdan ham ichimlik suv manbalarini barpo etish, zaxiraga to’plash, yo’naltirish, tejamli foydalanish umuman suvdan foydalanish madaniyatini takomillashtirish borasida qadimgi yutuqlarimizni tiklash va hayotga tadbiq etish bilan birgalikda kelgusi avlodni ham ushbu tajribalardan bahramand etish vaqti allaqachon kirib keldi.

Xalqimizning turli xil suv inshootlarini qurish va hayotga tadbiq etish borasida tajribasi boy. Ularning namunalari bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlarni nafaqat asori-atiqa sifatida saqlanib qolish, balki yangilarni yaratish, ularni davr talabiga mos ravishda zamonaviylashtirish zarurdir” [ 1 ].

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Samarqand viloyati toponimlari V.L.Vyatnik (1927), M.Y.Masson (1945), V.V.Bartold (1965), Y.G’ulomov (1957), A.B.Boboxonov (1959), A.Muhammadjonov (1967), D.A.Nozilov (1997- 2001), A.Nizomov (2008), kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Ma’lumki, madaniyatning ibtidosi o’lkaning sug’orish, tarixi bilan chambarchas bog’liq. Sug’orish tarixining o’zagini esa gidrotexnik inshootlar tashkil etadi. Shu boisdan ushbu muammoni o’rganish fan uchun qiziqarli natijalar beradi [4 ].

Ushbu holat bilan bog’liq ravishda mazkur malakaviy bitiruv ishining maqsadi Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlarini tadqiq etishdan iborat.

Ushbu maqsadni yechish yo’lida quyidagi vazifalarniamalga oshirishmaqsadga muvofiqdir.

-Samarqand viloyati tabiiy geografik sharoitining qadimgi gidrotexnik inshootlarining shakllanishidagi rolini o’rganish;

-Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlarining turlari hamda ularning ahamiyatini o’rganish;

-Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlarini maktab geografiya darsligida o’rganish metodikasini ishlab chiqish;

O’rganish ob’yekti: Samarqand viloyatining tabiiy geografik sharoiti.

O’rganish predmeti: Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlari.

I BOB. SAMARQAND VILOYATINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI VA UNING QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARINING SHAKILLANISHIGA TA’SIRI
1.1. Samarqand viloyatining geologik va geomorfologik tuzilishi hamda uning qadimgi gidrotexnik inshootlarning shakllanishiga ta’siri.

Samarqand viloyatining tabiiy geografik sharoiti bilan bog’liq holda bu yerda turli ahamiyatli qadimgi gidrotexnik inshootlar tizimli vujudga kelgan. Bu holatning yuzaga kelishida ayniqsa o’rganilayotgan hududning geologik-geomorfologik , iqlimiy sharoiti , ichki suvlari, tuproq qoplami hamda organik dunyo muhim rol o’ynaydi.

Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlari hududning giologik va geomorfologik tuzilishi bilan uzviy bog’liq holda shakllangandir.

Samarqand viloyati hududi Zarafshon vodisining markaziy qismlarini egalaydi. Bu yer qadimgi geologik davrlardan buyon davom etib kelayotgan tektonik harakatlar ta’sirida cho’kkan va yirik deprissiyaga aylangandir. To’rtlamchi davrning boshlarida shakillangan Zarafshon daryosining oqimi tufayli u qisman allyuvial , yonbag’irlari esa allyuvial proiyuvial yotqiziqlar to’la brogan. Shunday bo’lsada viloyat aniq tabiiy geografik chegaralar bilan ajratib turadi. U shimol tomondan

Chumg’artog’,G’ubdintog’,Qaroqchitog’,Oqtog’, va Qoratog’ janubdan Qoratepa, Ziyoviddin va Zirabuloq tog’lari bilan o’ralgan bo’lib, chegara shu tog’larning suvayirg’ichlari orqali o’tadi.G’arbda xozar yo’lagi boshlanishi esa Navoiy viloyati bilan chegaradosh [12].

Samarqand viloyatining yer yuzasi asosan poleogen, neogen, antirapogen davriga xos cho’kindi jinslardan tashkil topgan.Bu jinslarning ustki qismini esa Zarafshon daryosi va uning irmoqlari olib kelgan allyvialyotqiziqlar qoplab olgandir. Bu yerda neogen davriga qadar dengiz bo’gan.

Neogen davrida boshlangan Al’p orogenetik jarayoni ta’sirida vodiyquruqlikka aylangan.Zarafshon daryosi esa o’z-o’zini chuqurlashtirib, qator ayirlar hosil qilgan.Viloyatning sharqiy qismi Oqtog’ etaklarida oltita qayir shakllangan. Bu qayirlar to’rtlamchi davrning allyuvial,prollyuvial , eoljarayonlari tufayli vujudga kelgan shag’al, qumoq, qum, gil va lyoss kabi jinslardan tashkil topgandir.

Viloyatning engbolqiztog’ oldi qismlarida va Zarafshon daryosining beshinchi-oltinchi qayirlarida ko’proq quyi to’rtlamchi davrning shag’al,konglomerot kabi jinslar uchrasa, uchinchi-to’rtinchi qayirlarida o’rta va yuqori to’tlamchi davrning qumoq, qumli va lyossimon yotqiziqlari joylashgan. Zarafshon daryosining birinchi-ikkinchi qayirlarida va eng yangi qayirlarida hozirgi zamon yumshoq jinslari tarqalgandir.

Viloyatning shimoliy qismida Oqtov, Qoratov, Chumqortov, G’ubdintov, Qaroqchitog’ janubidagi janubdan Qoratepa, Ziyoviddin Zirabuloq tog’lari bo’ylab eng qadimgi davirlarga xos silluriy devon davrining ohaktoshlari,marmarlashgan ohaktoshlari, vulkanik jinslari slanes,gilli slaneslari ochlib yotibdi.

Samarqand viloyatining relyefi asosan yassi tekislik bo’lib, sharqdan g’arbga tomon nishobdir. Samarqand shahri yaqinida mutloq balandlik 727 m, Kattaqo’rg’onda 450 m, Navoiyda 347 m. Ikkinchi tomondan, viloyat markaziy qismdan shimolga va janubga vodiyni o’rab turgan tog’larga tomon balqizlasha boradi. Bu qism relyefi o’nqir-cho’nqir yerlardan iborat.Tog’oldi tekisliklardir.Zarafshon vodiysi relyefining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, u goh kengayib goh torayib rivojlangandir.[ 9 ]

Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand boltig’i joylashgandir. Samarqand boltig’I ancha keng, relyefi notekis to’lqinsimon rivojlangan qirralardan iborat.Uning kengligi 50-60 km ga yetadi. Botiqning janubida uncha baland bo’lmagan Qoratepa, Ziyoviddin Zirabuloq tog’lari shimolda esa Qaroqchitog’, Oqtog’, Qoratog’lar joylashgan. Bu tog’larning yonbag’irlari soylar va mavsumiy oqar suvlar ta’sirida yemirilgan. Natijada Samarqand viloyatining adir mintaqasi bo’ylab juda ko’p jarliklar shakllangan.Jarlar viloyatning relyef xususiyatida asosiy rol o’ynovchi elementlardir.

Tog’larning yonbag’irlari birmuncha tik.Shu boisdan ona jinslar ochilib qolgan.Ammo bu yerlar ham ko’plab mavsumiy oquvchi suvlar ta’sirida kuchli yemirilib, notekis yuza hosil qilgan.Karbonatli jinslar ochilib qolgan hududlarda karst jarayoni kuchli rivojlangan.Ayrim tog’li joylarda esa qisq davom etuvchi, ammo chuqur tangi-konyonlar rivojlangan.


1.2. Samarqand viloyatining iqlimiy sharoiti va ichki suvlari bilan bog’liq holda qadimgi gidrotexnik inshoatlarning vujudga kelishi
Samarqand viloyatining iqlimi tekislik qismida va tog’liklarida bir-birlaridan birmuncha farqlanadi. Bu holat har ikkala qismlarida qadimgi gidrotexnik inshoatining turlaiga bo;lgan talabni turlicha tarzda shakillantiradi.

Samarqand viloyatining tekislik qismida yoz fasli jazirama issiq va quruq, qish esa sovuq, yog’in kam kuzatiladi. Ammo viloyatning har ikkala tarafdan tog’lar bilan o’ralganligi rufayli qishda havo haddan tashqari sovub ketmaydi.

Yanvar oyining o’rtacha harorati 00-1,30C bo’ladi. Ba’zan arktika havo massalari kirib kelganda eng past harorati -240-350C gacha pasayib ketadi.Natijada iyulning o’rtacha harorati 260-280C atrofida kuzatiladi. Eng yuqori harorat 400-440C gacha yetadi [11].

Samarqand viloyatiga bahor va kuzda ba’zan artika havo massalari kirib keladi. Shunday holatlarda havo keskin sovib ketadi va yerning yuza qatlami muzlab, ekinlarni sovuq urushi kuzatilgan. Bahorda bo’ladigan oxirgi sovuqlar esa mart oyining uchunchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Viloyatda bir yilda 213-215 kun sovuq bo’lmaydi xolos. Harorat 100C dan yuqori bo’lgan kunlar soni 212-215 vegetasiya davridagi ijobiy haroratlarning yig’indisi esa 43000-50500C ni tashkil etadi.Samarqand viloyatining tekislik qismida yog’in-sochin miqdori kam g’arbdan-sharqqatomon ortib boradi. Kattaqo’rg’onda mutoq balandlik l (465m)282mm, Samarqandda mutoq balandlik (800m) 700mm. yillik yog’inning ko’pi (44-49%) bahor va qishga to’g’ri keladi, yozda bor yo’g’i 2.0-4.0% yog’in yog’adixalos. Yog’innig bir qismi qor tarzida tushadi, lekin haroratning yuqori bo’lishi tufayli qor qoplami o’rtacha 7-15sm qalinlikda bo’lib, 15-20kun erimasdan turishi mumkin. Samrqand viloyatining hududida yil bo’yi shimoldan, shimoliy-g’arbdan va shimoliy-sharqdan shamollar esib turadi. Shamolning o’rtacha tezligi 2.0-2.2m ga teng. U bahor, yoz oylarida kuchayib qish faslida birmuncha pasayadi. Bunga asosiy sabab Samarqand viloyatining sharqiy tomonidan baland tog’lar bilan o’ralganligi va ularning shimoliy va shimoliy-sharqiy tomondan esuvchi shamollar yo’nalishi to’sib qolishligidir.

Samarqand viloyatining iqlimi tog’lik hududlarida, tekisliklariga nisbatan nisbatan birmuncha sovuq hamda siryog’inligi bilan farqlanadi. Tog’li mintaqalarda yoz saliqin, qisqa, qish esa birmuncha sovuq va davomli tarzda kechadi. Shu sababli yanvarning o’rtacha harorati viloyatning, tekislik qismida nisbatan juda past, ya’ni -11,4 0C gacha, eng past harorati esa -250-350C gacha tushib ketadi. Yoz oylarida iyul oyining o’rtacha harorati 250-350C atrofida kuzatiladi. Samarqand viloyatining tog’li qismida bahorgi sovuqlar oxirgi marotaba aprel oyining birinchi yarimiga, kuzgi birinchi sovuq tushishining o’rtacha muddati oktyabrning ikkinchi yarimiga to’g’ri keladi. Binobarin sovuq bo’lmaydigan davr 100-200-kun atrofida kuzatiladi.

Samarqand viloyatining tog’li qismlarida yillik yog’in yog’ish miqdori 250-400mm (Omonqo’tan, Qoratepa), teskari qismlarida esa 250-300mm, yong’inning bahorda (41-48%) va qishda (34-43%), kam qismi yozda (2-5%) yog’adi. Lekin tog’ yonbag’ri bo’ylab yuqoriga ko’tarilgan sari yozgi yog’in miqdori ortib boradi. Okrug tog’li o’lka bo’lganlidan yong’inlarning bir qismi qor va do’l shaklida yog’adi. Shu sababli qor qoblamining qalinligi 15-30sm ayrim joylarda 1m gacha yetadi.[ 6 ]

Qor qoplami ba’zan may oyining oxirigacha erimay turadi. Samarqand viloyatining ichki suvlari notekis bo’ladi taqsimlangan hamda turli xususiyatlarga egadir.[ 14 ]

Viloyatning asosiy suv arteriyasi Zarafshon daryosidir.U Zarafshon tog’laridagi Zarafshon muzligidan boshlanib, dastlab Mastchiopi diya ataladi.Keyin u Ayniy qishlog’ida chap irmog’i Fandaryo bilan qo’shilgach Zarafshon deb ataladi.Zarafshon daryosi tog’li qismida sekundiga 15-17m tezlikda oqadi.Bu qismida u o’ziga 200ga yaqin irmog’larni qo’shib oladi. Bu irmog’lar ichida eng muhimlari chapdan qo’shiluvchi Fandaryo va Mag’iyondaryodir.Qolgan irmog’lari kichik,Zarafshon daryosini Panjikent shahridan o’tgandankeyin, viloyat hududida birorta ham doimiy oqadigan irmog’i yo’q.Lekin sug’orish natijasida suvi kamayib, Zarafshon daryosiga quyilmaydigan 120ta soy mavjud. Shu soylarning 50tasi Nurota – Oqtog’ tizmalaridan qolganlari esa Qoratepa, Zirabuloq va Ziyovuddin tog’laridan boshlanadi. Bu soylarning eng muhimlari Zarafshon tizmasidan boshlanuvchi Urgutsoy, Omonqo’tonsoy, Og’allisoy Sazag’ansoy, Oqsoy, Nurota-Oqtog’lardan boshlanuvchi To’sinsoy, Oqtepasoy, Tasmalisoy, Langarsoy, Ko’ksaroysoy va boshqalardir.

Zarafshon daryosi Samarqand viloyati hududida sekin oqib o’tadi. Kengligi 3-4km. U Samarqand shahridan 8km o’tgach, Oqdaryo (uzunligi 130km ) va Qoradaryo (uzunligi 127km) nomi bilan ikki tarmoqqa bo’linib oqadi. Xatirchi qishlog’i yaqinida esa ular yana birlashadi. Ikkala daryo Oq va Qoradaryo oralig’ida hosil bo’lgan quruqlik Miyonqol oroli deb ataladi.Zarafshon daryosi sersuv bo’lib, Zarafshon, Turkiston, Hisor tog’laridan suv yig’adi. Uning 65% suvi muz va qorlarning erishidan, 34% qor suvidan, 1% yomg’ir suviga to’g’ri keladi. Demak Zarafshon daryosining ayni kun issig’ida (iyun-sentyabr) qishlog’ xo’jalik ekinlari uchun suv kerak bo’lgan davrda ko’payadi. Bu oylarda Zarafshon daryosi yil oqimning 61,1% oqib o’tadi. Eng kam suv sarfi (30-35m3/sek) esa qish fasliga to’g’ri keladi.

Aksincha, suv eng ko’paygan davrda yoziga to’g’ri keladi. Bu esa iyulda bazan sekundiga 930m3 gacha suv oqadi. Zarafshon daryosining o’rtacha yilik suv sarfi sekundiga 165 m3ni tashkil etadi. Zarafshon daryosi yozda loyqalanib oqqanligi sababli viloyatning sug’oriladigan har gektar maydoniga 10-20 tonnagacha loyqa kelib yotqizadi. Keltirilgan loyqa tarkibida fosfor va kaliy Amudaryo va Sirdaryo suvidagiga nisbatan 1,5-2 barobar ko’pdir. Zarafshon daryosining suvi viloyat hududida dekabr oyining oxirlaridan fevral oyining o’rtalarigacha muzlashi mumkin.

Samarqand viloyatidagi soylar past tog’lardan boshlanib, erta bahorda erigan qor va yog’gan yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Yozda esa ularning suvi juda kamayib, ba’zilari hatto qurib qolmoqda.Soylarda ko’pincha yillik oqimining 50% bahorda oqib o’tadi.Natijada xalq xo’jaligiga ziyon yetkazuvchi sellar vujudga keladi.Ma’lumotlarga ko’ra, Zarafshon vodiysining o’rta qismida so’ngi yuz yil ichida 500ga yaqin sel hodisasi qayd etilgan.Sel kelganda soylarning suvi bir necha barobar ko’payib, soylar loyqa suvga to’lib oqadi. Agar To’sinsoyning yillik o’rtacha sarfi sekundiga 1,5 m3 bo’lsa, Katta soyning sekundiga 0,3 m3 ni tashkil etadi. Lekin sel kelganda lekin To’sinsoy daryosi sekundiga 200 m3 gacha Kattasoy esa hatto 609 m3 gacha suv oqizadi.Bunday katta oqim daryo o’zanidan toshib chiqib o’z yo’lida uchragan, qishloqlar, ekin dalalari, ko’prik yo’llarni buzib, vayron qilib tuproq qatlamini yuvib jarlik hosil qiladi.[ 8 ]

Shuning uchun asosiy vazifa o’sha suv soylaridan oqilona foydalanish maqsadida qish va bahorgi sel suvlarini hovuz, kichik suv omborlar qurib to’plash, yoz faslida esa to’plangan suvni tejamkorlik bilan ekin dalalariga oqizishdan iborat. Hovuzlarda esa parandachilik, baliqchilikni rivojlantirish mumkin. Mutaxasislarning ma’lumotiga qaraganda viloyatdagi o’sha 120 soyning 50% gina o’rtacha 25mln m3 suv sig’adigan hovuzlar qurulsa, 1mlrd. 600mln m3 sel suvini to’plab qolish imkoniyati tug’iladi.Shunday imkoniyatlar qadimdan ham hisob-kitob qilingan.

O’rta asrlarda Samarqand viloyati hududida ikkita qadimgi suv ombor barpo etilga. XIV asrda Jom qishlog’i yaqinida G’ishtband va XVI asrda Oxchabsoyda Abdullaxonbandi qadimgi suv omborlari qurilgan. hozirda ularning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan xalos.

Viloyatda sel suvlaridan oqilona foydalanish uchun Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, Kamongaron, Qoratepa, To’sinsoy kabi suv omborlar barpo etilgan.Kattaqo’rg’on suv ombori Kattaqo’rg’on shahri yaqinidagi tektonik botiqda barpo etilgan.U Zarafshon vodiysining bir tarmog’i bo’lgan Oqdaryodan 28,2km uzunlikdagi kanal orqali suv oladi.Bu kanaldan sekundiga 100 m3suv oqishi mumkin. Suv omborining suv sig’imi 1mlrd m3ni tashkil etadi. Vegetatsiya davrida ekin dalalarini sug’orish uchun kanaldan sekundiga 140 m3 suv chiqadi. Natijada 65 ming gektar yangi yerni sug’orib, 384ming gektar yerning suv ta’minoti yaxshilangan, suv omboridan yiliga 240-250 sentnergacha baliq ovlanadi.

Samarqand viloyatida yer osti suvlari bo’r, poleogen, neogen, antiropogen davrining qum, shag’al, qumtosh va konglomerat kabi jinslari orasida uchraydi.

Bo’r yotqiziqlari orasida uchraydigan suvlar 400-500m gacha bo’lgan chuqurliklarda joylashgan bo’lib, qazilganda o’z bosimi tufayli yuzaga chiqadigan artizan suvlardir.[ 6 ]

Suvning tarkibida ko’proq sulfat-natriy bor. Viloyatining yer osti suvlarining bir qismi paliogen, neogen davri yotqiziqlari orasida 90-100m gacha bo’lgan chuqurliklarda mavjud.Suvning tarkibi sulfat-natriy yoki gidrokarbonatlidir.

Neogen, poleogen vaantiropogendavriga xos yotqiziqlar orasidagi uchraydigan yer osti suvlari Zarafshon darysidan, sug’orish shoxobchalaridan, zovurdan va ekin dalalaridan shimilgan suvlaridan hamda atmosfera yog’inlaridan to’yinadi. Shu sababli yer usti suvlarining sathi may – avgust oylarida ko’tarilib, oktyabr, aprel oylarida pasayadi. Chunki may-avgust oylarida ekin dalalari sug’oriladi.

Ma’lumotlarga ko’ra okro’k hududida har yili 914mln m3 yer osti suvi to’planadi. Uning asosiy qismi (52%) sug’orish shoxobchalaridan, ekin dalalaridan bo’ladigan shimilish evaziga, 26% Zarafshon vodiysining yuqori qismidan sizib kelish hisobiga, 10% viloyatning o’zida, daryo o’zanlarida kechayotgan shimilish hisobiga, 3% atmosfera yig’inlaridan 3% atrofdagi tog’laridan va 6% Kattaqo’rg’on suv omboridan sizib kelgan suv hisobiga to’g’ri keladi.

Samarqand viloyatida to’plangan yer osti suvining 50% bug’lanishga, atrofdagi qiya joylarga siljiydi, 10% Zarafshon o’zaniga siljisa, qolgan 10% Navoiyi, Buxoro viloyati tomon harakatlanadi. Samarqand viloyatidagi o’sha yer osti suvlari nisbatan chuchik bo’lib, uni kuchli nasoslar yordami tortib olib, sug’orishda va maishiy, komunal xo’jalikda foydalansa bo’ladi.[ 6 ]

Samarqand viloyati sug’oriladigan qismida tarkibi qisman turli tuzlarga to’yingan, kammenirallashgan sizot suvlari ham mavjud.Ammo yerning yuza qismida joylashgan.Aksariyat hollarda 5-6m chuqurlikda yotadi.
1.3. Samarqand viloyatining organik dunyosi va qadimgi gidrotexnik inshoatlarning shakllanishidagi uzviy birlik.

Samarqand viloyatining organik dunyosi, yani tuproq qoplami, o’simlik olami, hayvonat dunyosi o’ziga xos xususiyatlar kasb etadi va qadimgi gidrotexnik inshoatlarining shakllanishida muhim rol o’ynaydi.

Viloyatning sug’oriladigan tekislik qismida chirindisi 1-2% bo’lgan madaniy o’tloq-voha tuprog’i tarqalgan. Zarafshon daryosining yuqori qayirlarida esa qadimdan sug’oriladigan bo’z tuproq taraqqiy etgan.Daryoning quyi qayirlarida umumiy suvi yer betiga yaqin bo’lgandan botqoq- o’tloq ruproqlar rivojlangan. Ba’zi yerlarda bu tuploqlar qisman sho’rlangan.

Viloyatning tog’ oldi tekisliklari, adir mintaqasining quyi qismida och tusli bo’z tuproqlar yuqori qismilarida esa tipik bo’z tuproqlar mavjud.Tog’li mintaqalarda esa to’q tusli bo’z tuproqlar ham tarqalgan. Och bo’z tuproqlar tarkibida atiga 0,5-1,5% chirindi mavjud. Adir mintaqasi hamda tog’li qismlardagi tuproqlar sho’rlangan, birmuncha tekis joylarida bunday tuproq turlari madaniy mahalliy og’itlar bilan boyitilgan holda yuqori unimdorlikga erishish mumkin tipik va to’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan maydonlarda sug’orish uchun suv zaxiralari kam bo’lganligi sababli lalmi kor dehqonchilikda bug’doy, arpa, zig’ir, kunjut, masxar, tariq, tarvuz, qovun, yitishtiriladi. Zazur holatlarda qudiqkoriz , hovuz kabi qadimgi gidrotexnikinshoat turlaridan ham foydalaniladi.

Samarqand viloyatining tabiiy o’simliklari kishilarning xo’jalik faoliyati tufayli birmuncha o’zgartirilgan.Shu sababli madaniy voha tuprog’I tarqalgan obikor yerlarda asosan madaniy o’simliklar o’stitiriladi.

Zarafshon daryosining quyi qismlarida va eski qayirlarida hamda qadimiy o’zoularida qamish, ro’vok, jing’il, tol, terak, yovvoyi jiyda, yantoq, sho’rayiq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang yulg’un o’sadi.

Samarqand viloyatining bo’z tuproqli lalmikor rayonlarida qo’ziquloq, shuvoq, yantoq, quvray, bug’doyiq, kampirchopon, isiriq o’sadi. Shuningdek bu yerlarda bahor fasllari efemer va efemeroidlar, ayniqsa qo’ng’irbosh, lolaqizg’aldoq, chuchmoma, bo’tako’z kabilar teng tarqlgan.

Samarqand viloyatida aholi birmuncha zich joylashganligi sababli uning tabiiy faunasiga katta tasir ko’rsatgan. Bu yerlarda Turkistonga xos hayvonlarning ko’pgina turlari uchraydi: bo’ri, tulki, quyon, chiyabo’ri, jayron, jayra, to’qay mushugi, qirg’ovul, loyxo’rak, o’rdak, to’qli tuvoloq kaptar, mayna, sassiqpopishak, boyo’g’li, qirg’iy, miqqiy,chumchuq va boshqa qushlar. Sudralib yuruvchilardan gigkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkiemar, kemiruvchilardan ko’rsichqon, kichik qo’shoyoq, qumsichqon, tipratikon, kalamush, turli ilonlar uchraydi.

Samarqand viloyatiga to’qay landshafti va u yerdagi o’simliklarni hayvonlarni tabiiy holda saqlab qolish uchun 1975-yili Bulung’ur va Jomboy tumanlari hududida maydoni 2,5 mingga yaqin bo’lgan Zarafshon qo’riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo’riq xonada muhofaza ostiga olingan chakanda (jirg’anoq) o’simligining areali qisqarib borayotgani tufayli uni tiklash nazarda tutilgan.

Bu o’simlik mevasidan jirg’anoq moyi olinadi.U meditsinada katta ahamiyatga ega.

Samarqand viloyatining tog’li qismida ham o’simliklar va jonvorlar arealining ayrimlariga xos areallari qisqarganligi bois Zarafshon archasi, do’lana, pista, bodom, mevali daraxitlarini so’niy o’rmonzorlar tashkil etish ko’paytirilmoqda. [ 5 ]


Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish