«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi



Download 2,3 Mb.
bet5/5
Sana27.03.2017
Hajmi2,3 Mb.
#5423
1   2   3   4   5

3.2 O’zbekiston ichki suvlari mavzusini o’qitishda Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlariga xos ma’lumotlardan modulli texnalogiyalar asosida foydalanish.
Darsning mavzusi: Zarafshon vodiysi ichki suvlari va suv boyliklari

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga Zarafshon vodiysi ichki suvlari va daryolarining xususiyatlari, ularning hudud bo’yicha taqsimlanishi, daryolarning to’yinishi va rejimi, oqimning yil fasllari bo’yicha taqsimlanishi, asosiy daryolar va ularning xususiyatlari, Zarafshon vodiysidagi daryolarning iqtisodiyotdagi ahamiyati, muhim kanallar haqida bilimlar berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga Zarafshon vodiysining ichki suvlari va suv boyliklari o’rgatish orqali axloqiy, estetik, ekologik, vatanparvarlik tarbiyasini berish, milliy g’urur-iftixor tuyg’usini shakllantirish, ota-bobolarning o’gitlari muqaddas ekanligi va ularning bugungi kundagi ahamiyatini anglatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning Zarafshon vodiysi ichki suvlari va suv boyliklari haqidagi bilimlari, darslik, karta, atlas, yozuvsiz karta ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini , nutq va muloqat madaniyatini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: O’zbekiston tabiiy kartasi, 7-sinf atlas O’zbekiston daryo va ko’llariga oid jadvallar, slaydlar va o’quv filmlari.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan modul dasturi) . Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.

III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyati o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

IV. Yangi mavzuni o’rganish:

a) yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o’quvchilar- ni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;

b) o’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;

v) har bir o’quv faoliyati elementi (O’FE) topshiriqlarini to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;

g) har bir o’quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish.

O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli uch qismga, ya’ni, modulga ajratadi:



  1. Ichki suvlarning Zarafshon vodiysi bo’yicha taqsimlanishi.

  2. Zarafshon vodiysi daryolarning to’yinish tiplari.

  3. Zarafshon vodiysi asosiy daryolari va ularning xususiyatlari.

«O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari» mavzusi bo’yicha o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi.

Modul dasturining didaktik maqsadi:

Siz modul dasturi yordamida o’quvchilar bilan kichik guruhlarda, hamkorlikda ishlab Zarafshon vodiysi ichki suvlari va suv boyliklari, daryolarining xususiyatlari, ularning Zarafshon vodiysi hududi bo’yicha taqsimlanishi, daryolar-ning to’yinishi va rejimi, oqimning yil fasllari bo’yicha taqsimlanishi, asosiy daryolar va ularning xususiyatlari, muhim kanallar bilan tanishi-shingiz, ularning Zarafshon vodiysi iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o’rnini aniqlashingiz, darslik, karta, atlas va yozuvsiz karta ustida mustaqil ishlash, amaliy topshiriqlarni bajarish ko’nikmalaringizni rivojlantirishingiz zarur.



O’quv faoli-yati ele-menti

(O’FE)


O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialiga oid topshiriqlar

Topshiriqlarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar

B a h o

1-O’FE

1

2



3

4

2-O’FE



1

2

3



4

5

3-O’FE



1

2

3



4

4-O’FE


1

2

3



4

1-Modul. Maqsad: IchkisuvlarningZarafshonvodiysibo’yichataqsimlanishinio’rganish.

Darslikdagimatnnnidiqqatbilano’qibchiqib, quyidagisavollargajavobtopingvatopshi-riqlarnibajaring.

Atlasdan foydalanib Zarafshon vodiysidagi daryolar, ko’llar, suv omborlarini toping. Ular hudud bo’yicha qanday taqsimlangan?

Zarafshon vodiysi daryolarining notekis taqsimlanganligi qanday tabiiy omillarga bog’liq?

Tog’ daryolari bilan tekislik daryolari bir-biridan qanday farq qiladi?

Zarafshon daryosining uzunligini ho’llangan ip yordamida o’lchang.



2-Modul. Maqsad: Zarafshon vodiysi daryolarining to’yinish tiplarini o’rganish..

Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshi-riqlarni bajaring.

Muz va qor to’yinish tipiga ega bo’lgan daryolar-ni atlasdan toping. Ular qanday xususiyatlarga ega?

Atlasdan qor va muz to’yinish tipiga ega bo’lgan daryolarni toping. Ular qanday xususiyatlarga ega?

Atlasdan mavsumiy qor va muzlarning erishidan to’yinuvchi daryolarni daryolarni toping. Ular qanday xususiyatlarga ega?

Qor-yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinuvchi daryolar qanday xususiyatlarga ega? Ular yuqori-dagi to’yinish tipiga ega bo’lgan daryolardan nimasi bilan farq qiladi?

O’zlashtirgan bilimlaringiz asosida Daryolarning to’yinish tiplari nomli 1-jadvalni to’ldiring..

3-Modul.Maqsad: Zarafshon vodiysining asosiy daryolari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshi-riqlarni bajaring.

Zarafshon vodiysi asosiy daryolarni kartadan ko’rsating.

Yozuvsiz kartaga Zarafshon vodiysining yirik daryo-larini tushiring, Ularni mansabini (1 raqami bilan) va manbaini (2 raqami bilan) belgilang.



4-Modul.Modul dasturini yakunlash.

Modul dasturini didaktik maqsadini o’qib chiqing.

Siz unga qay darajada erishdingiz?

O’zingizning o’quv faoliyatingizni besh balli tizimda baholang.

O’quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo’lsangiz, Zarafshon vodiysi ichki suvlari nomlaridan foydalanib krossvord tuzing.Agar o’z o’quv faoliyatingizdan erishilgan natija sizni qanoatlantirmasa, modul dasturi yordamida mavzuni qayta o’rganing.


O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.

O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.

O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.

O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.

O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.

O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.







V. O’quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish. Har bir modul yakunida o’quvchilar jamoasi bilan savol-javob, o’quv munozarasini o’tkazish.

VI. Modul dasturini yakunlash.

VII. Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash.

VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.

IX. Uyga vazifa berish.

O’qituvchi modul dasturi yakunidan so’ng, o’quvchilarga yangi mavzu bo’-yicha test topshiriqlarini tavsiya etadi. O’quvchilar test topshiriqlarining javoblarini aniqlagandan so’ng, o’qituvchi to’g’ri javoblarni e’lon qiladi. O’quvchi o’z javoblarini o’zi tekshiradi va modul dasturini tegishli grafasiga o’z bahosini qo’yadi. Shu tariqa o’quvchilar o’z-o’zini nazorat qiladi.

Modul dasturini bajarilishini nazorat qilishda o’quvchilar o’rtasida o’zaro nazoratni qo’llash ham yaxshi natija beradi.

Xulosa


Samarqand viloyatining qulay tabiiy geografik sharoiti, bu yerda qadimgi davrlardan buyon sug’orma dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo’la oldi. Ayniqsa hududning geologik va geomorfologik tuzilishi, iqlim va ichki suvlari, organik dunyosining geografik tarqalishi asosida turli sug’orish inshoatlari, sun’iy chuchuk suv manbalari yuzaga keldi. Ularning bajaradigan vazifalariga ko’ra to’sish, to’plash va saqlash, yuzalatish, ochish, yo’naltirish, o’tkazish, himoya qilish, suv ayirg’ich, sanitariya-gigiyena ahamiyatiga ega bo’lgan guruhlarga bo’lib o’rganish mumkin. Ular bajaradigan vazifalariga ko’ra Samarqand viloyati bo’ylab turlicha zichlikda tarqalgandir. To’sish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar gidrologik oqim mavjud bo’lgan, ammo birmuncha tanqisroq Nurota tog’larining etaklarida tashkil etilgan. To’plash va saqlash ahamiyatiga ega bo’lgan hovuz, kulfakli vovuz, doshqoq, sardoba kabi qadimgi gidrotexnik inshootlar vaSamarqand viloyatining barcha hududlarida shakillangan yuzalatish ahamiyatiga ega bo’lgan koriz kabi ishootlar esa yer osti birmuncha yuzada yotuvchi tog’ etaklarida mavjud. Ochish ahamiyatiga ega bo’lgan gidrotexnik inshootlar asosan quduqlar tarzida viloyatning barcha hudularida qazilgan va ularning birqancha turlari vujudga kelgan. Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlarinig ayrim turlari davrlar o’tishi bilan, o’z faoliyatini to’xtatib, arxaik ahamiyat kasb eta boshlaydi. Ayrimlari esa zamonamizda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Maktab geografik darslarida Zarafshon vodiysi mavzusini o’tishda bu yerda movjud bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlarning turlari va ularning ilmiy amaliy ahamiyati to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish yuksak tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning bajaradigan vazifalari xususida ham to’liq tushuncha berish, asrimizning gilobal geoekalogik masalalaridan biriga aylangan va buni o’rganish davrimizning talablaridan biridir.

Adabiyotlar

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch”. –T. ,,Ma’naviyat”. 2008.

2. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning farovonligini yanada oshirishdir”. T- ,,O’zbekiston”.2010.

3. Karimov I.A. ”O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T- ,,O’zbekiston”. 1997.

4. G’ulomov Y.”Xorazimni sug’orilish tarixi” T- ” Fan”. 1957.

5. Muhammadjonov A.R. “Shaharning suv bilan taminlanishi” (Samarqand tarixi).-T.: ” Fan”. 1971.

6. Muhammadjonov A.R. “Quyi Zarafshon vodiysining sug’orilish tarixi” T.: ” Fan”. 1972.

7. Muhammadjonov A.R.”Shayboniyxon suv ayirg’ich ko’prigi”-T.: ,,O’zbekiston”. 1969.

8. Baratov P.”O’zbekiston tabiiy geografiyasi” T.: “O’qituvchi” 2001.

9. Nizomov A. .”O’zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshootlari geografiyasi” T.: 2008

10.“Samarqand tarixi”-T.: ” Fan”. 1971.-T.I.

11. Tohirxo’ja Samarqandiy. “Samariya”-T.:”Kamajal” 1991.

12. Jo’raqulov O ”Asrga tengdosh sardoba ” “Fan va turmush”.-1996.

13. Karimov Sh “O’zbekiston tarixi va madaniyati”. T.: ” Fan”. 1992.

14. Karovkin F.P. “Qadimgi dunyo tarixi” T.: “O’qituvchi” 1992.

15. Leonov N.I. ”Daryolarimiz o’tmishidan” T.: ” Fan”. 1968.

16www.ziyonet.uz

17. www.edu.uz

18..www.tdpu-internet.ped.



19. www.tdpu.uz.


Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish